Bonuchchi: "Yuventus" yana formaga kirib olishi zarur"
14 fev 2020 15:28
Yangiliklar
Bonuchchi: "Yuventus" yana formaga kirib olishi zarur"
"Yuventus" himoyachisi Leonardo Bonuchchi Italiya kubogi yarim final birinchi uchrashuvi doirasida "Milan" bilan bahs (1:1)dan keyin jamoasining o'yini haqida gapirdi.
"Safarda gol ura olganimiz juda yaxshi bo'ldi. Lekin, "Yuventus"dek jamoa "Milan"ga hisobni ochishga imkon bergani va g'alabani xavf ostida qoldirganidan mamnun bo'lishi kerak emas. Formaga kirib olish, qo'shish va yaxshiroq o'ynash kerak. O'yin yomon o'tmadi, lekin "Milan" yuqori pressing uyushtirdi va bizga etarlicha muammolar tug'dirdi. Bu haftada ko'rsatgan o'yinlarimiz biz uchun etarli daraja emas.
Biz uchta frontda kurashyapmiz, lekin ortiqcha fintlarsiz va tezroq o'ynashimiz zarur. SHukrki, bizda uchrashuv borishini o'zgartirib yubora oladigan o'yinchilar bor", - dedi Bonuchchi.

"Yuventus" va "Milan" o'rtasidagi javob uchrashuvi 4 mart kuni bo'lib o'tadi.
O’xshash yangiliklar
championat.asia
Ла Лига. "Реал Мадрид" ўз уйида "Реал Бетис"га 5 та гол урди
АПЛ. "Ман Сити" "Челси"га қарши ўйинда 90+4 дақиқада тўп ўтказиб юборди ва ғалабани бой берди, Ҳусанов 51-дақиқада захирадан ўйинга қўшилди
Алижонов "Пахтакор"да қолиш учун йирик битимни рад этди
Ла Лига. "Барселона" сўнгги дақиқалардаги иккита гол эвазига "Эспаньол"ни мағлуб этди
Fikrlar