Bonuchchi jarohati sabab kamida bir haftaga safdan chiqdi
05 mar 2022 11:02
Yangiliklar
Bonuchchi jarohati sabab kamida bir haftaga safdan chiqdi
"Yuventus" himoyachisi Leonardo Bonuchchi jarohat oldi.
Italiyalik futbolchi "Empoli"ga qarshi o'yinda noqulaylik his qilgan edi va shu sabab "Fiorentina" bilan bahsni o'tkazib yubordi. Bonuchchi tibbiy ko'rikdan o'tdi va Leonardoning chap oyoq mushagida muammo borligi malum bo'ldi.
Qayd etish kerakki, himoyachi kamida 7 kunni o'tkazib yuboradi va jamoasiga yaqin o'yinda yordam bera olmaydi.
34 yoshli italyan joriy mavsum barcha musobaqalarda "Yuventus" tarkibida 25ta o'yinda maydonga tushib, 3ta gol urishga erishdi.
Fikrlar