So’nggi yangiliklar

12:50"Бенфика" Туркия терма жамоаси етакчиларидан бирини сотиб олди  0 12:22Водий дербиси қачон ўтказилади? Суперлиганинг октябрь ойи тақвими  0 12:05Иброҳимҳалил Йўлдошев тўп тепаётган "Қайрат"да бош мураббий ўзгарди  1 11:42Саудия Арабистони клуби яна бир бразилияликни ўз сафига қўшиб олди  0 11:17Роналду: "Португалия терма жамоасидаги фаолиятимни якунлаш? Мен асосий таркибда ўйнашим керак"  11 10:45Расман. Шукуровнинг янги жамоаси навбатдаги трансферни эълон қилди  0 10:17"Ал Иттиҳод" "Аякс" етакчиларидан бирини сотиб олди  0 09:50Германия терма жамоасининг янги сардори маълум  1 09:21"Ал Насср" "Челси" футболчисини 23 миллион еврога сотиб олди  2 08:52Легионеримиз жароҳат сабабли Ўзбекистон МТЖнинг сентябрь ойидаги ўйинларини ўтказиб юборади  6 08:24ПСЖ футболчиси "Ал Иттиҳод"га кўчиб ўтди  0 07:55Расман. Осимхен "Наполи"ни тарк этди  6 07:37Расман. Ўзбекистон терма жамоаси етакчиларидан бири фаолиятини Саудия Арабистонида давом эттиради  8 23:30Ильдар Маматказин: "Навбаҳор" билан зўр финал бўлади. Мухлислар? Яхшиси "Бобур Арена"га келинг"   14 23:08Умар Эшмуродов: "Ҳеч ким уч очкони осонгина бериб қўймайди. Суперлигамиз Малайзия чемпионатидан анча кучлироқ экан"  23

Boltning rekordini yangilashni orzu qilgan Gnabri haqida Yangiliklar

Boltning rekordini yangilashni orzu qilgan Gnabri haqida

Serj Gnabri – "Bavariya" forvardi va CHempionlar Ligasi ikkinchi turida pokerga erishgan qahramondir.

Serjning otasi Jan-Xermann nemis tilini mukammal o'rganish uchun Kot-d’Ivuardan Germaniyaga ko'chib borgan. U vataniga qaytib, nemis tilidan dars bermoqchi bo'lgan. Ammo ortga qaytmadi – o'sha erda oila qurdi va iqtidorli futbolchini voyaga etkazdi. Serj "Verder"ga o'tganida uning biografiyasi bilan jiddiyroq qiziqa boshlashdi. SHunda otasi Kot-d’Ivuar termasi sharafini himoya qilgani haqidagi malumot ayon bo'ldi.

Serj avval boshidan yugurishda qolganlardan ustunligi borligi sezilgandi. U bolaligidan Useyn Boltga havas qilardi va kun kelib u bilan biror musobaqada bellashib ko'rishni orzu qilardi. Aytishlaricha, Bolt tinimsiz ravishda rekordini yangilab borgani Gnabri futbolga katta etibor qaratishiga sabab bo'lgan. "Bir kuni bitta narsani tanlashimga to'g'ri keldi va men futbolni tanladim", – deydi o'yinchi.

Gnabri Ozil bilan tanishganini kulib eslaydi. Serj o'shanda 10 yoshda edi (Mesut undan olti yosh katta): "U mening shahrimdan uncha uzoq bo'lmagan joyda bo'layotgan turnirda ishtirok etdi, shu sababli uni tomosha qilishga bordim. U turnirning eng yaxshi o'yinchisi bo'ldi va u bilan suratga tushdim. Ammo yaxshisi buni undan so'ramang – mag'rurlanib ketadi".

Gnabri bolaligida klubini ko'p o'zgartirgan – yo har yili, yo ikki yilda bir marta. 11 yoshida va nihoyat "SHtutgart"ga o'tdi va u erda 5 yil davomida to'p tepdi. Keyingi jamoasi esa "Arsenal" bo'ldi. U erda o'yinchiga 100 ming funt to'lashdi: Gnabri otasi bilan borgandi – otasi ingliz tilidan dars bergan, vaqti-vaqti bilan Germaniyaga borib turishgan. "Bilaman, bazilar uyini juda sog'inadi, – degan edi Gnabri. – Biroq bu narsa men uchun muammo emas – "Arsenal"da ko'pchilik nemis tilida gaplashardi. SHu sababli unchalik ham qiynalmaganman".

Iqtidorli o'yinchi Per Mertezaker unga katta tasir ko'rsatgan: "Men "Arsenal"ga undan oldinroq kelgan bo'lsam ham, u menga ko'proq yordam berdi". Bundan tashqari, Gnabriga "Barselona" ham yoqardi, ammo ko'proq Zidanni kuzatardi. Hayotidagi eng muhim, faoliyatiga katta tasir ko'rsatgan inson esa — otasi edi.

"Arsenal"ning eng yosh debyutantlari orasida Jek Uilsherdan keyingi ikkinchi o'rinni Gnabri egallagandi. U 17 yoshida 2012/13 yilgi mavsum payti "Arsenal" safida ilk bor maydonga tushgan. Kelasi yil esa barcha turnirlarda 14 bahsda ishtirok etgan.

Buning ortidan jiddiy sinovlar boshlandi. Gnabri tizzasidan jarohat oldi va bir yilga safdan chiqdi. Keyin esa "Vest Bromvich"ga ijaraga berib yuborildi va omadi chopmadi. Toni Pyulis futbolchi o'ynashni chin dildan xohlashi, ammo APL darajasiga chiqa olmaydi deb aytgandi.

"Juda qiyin davr bo'lgan. Bir yil umrim bekorga sarflandi, qaytganimda esa "Vest Bromvich"ga ijaraga berib yuborishdi", – yodga oladi Gnabri. Barchasi uchun kurashish kerakmi yo hammasini tashlab ketgan maqulmi... U ikkilanib qoldi. – "Ammo otam menga o'zimga ishonishim, mening o'rnimda bo'lganida g'olib chiqmaguncha kurashishini takidladi. Mertezaker ham katta yordam berdi va menga g'amxo'rlik qildi".

Oradan bir necha yil o'tdi va Gnabri "Bavariya" yulduziga aylandi. "Bosim, hissiyotlar va aslida nimani o'ylayotganimiz haqida aytganimizda ko'pchilik bizni kuchsiz deb hisoblaydi. Qo'rquv va kamchilik har bir insonda bor. Ammo buni unutib qo'yishadi. Agar biz his-tuyg'ularimiz haqida gapirganimizda, ko'p narsa o'zgargan bo'lardi.

Biz ham oddiy insonmiz. Biz ham xato qilamiz. Hamma narsa ham ideal emas. Jamoadagilarning kayfiyati o'zgarganida, siz bir-biringizni yanada yaxshiroq bilib olardingiz. Balki bu o'zingizga bo'lgan ishonchni shakllantirishda, bosimlarni engib o'ta olish, barcha narsaga yangicha yondashish uchun bir yo'ldir.", — deydi Gnabri.

Gnabri o'shanda faqatgina 2016/17 yilgi mavsumni kutishi kerak edi. "Arsenal" uni "Verder"ga sotib yubordi. Gnabri Bremen klubi safida 11ta gol urishga erishdi, jamoa esa chempionatda 8-pog'onani egalladi. SHundan so'ng – "Bavariya" uni sotib oldi va "Xoffenxaym"ga ijaraga berdi. Zinsxaym klubidagi omadli mavsumdan so'ng, qahramonimiz Myunxen superklubining etakchisiga aylandi. Gnabri birinchi mavsumdayoq "Bavariya"ning eng yaxshi o'yinchisiga aylandi (muxlislar tomonidan). Mukofotlar, termadagi gollar, dunyoga tanilish — Gnabri bularning bariga 2019 yilda erishdi.

Gnabrining golni nishonlash usuli tanilib ulgurdi. Futbolchi uni basketboldan ko'chirib olgan. Serj basketbolni juda yaxshi ko'radi. Tahminimizcha, "Leykers"ga muxlislik qiladi, lekin golni nishonlashni va taom tayyorlash usullarini "Xyuston" vakili Jeyms Xardenda ko'rib olgan. 

"Men bir video ko'rganman. Unda Xarden g'alaba to'pini nishonlayotganda huddi taom pishirayotgandek harakatlarni amalga oshiradi" - tushuntiradi Gnabri. 

Gnabrining golni qanday nishonlashini Londonda to'rt bor guvohi bo'lishdi. Oxirlariga kelib qaxramonimiz taom tayyorlashdan charchadi va faqat tabriklarni qabul qildi. Londondagi poker - o'ziga xos ahamiyatga ega. Axir aynan shu erda futbolchi faoliyatining eng qiyin davrini boshidan o'tqizgandi.


 


Bu bir futbolchi hayotidagi malum davr edi. SHunday ekan, qanchalik qiyin vaziyatda bo'lmang, umidsizlikka tushmang, bir joyda to'xtab qolmang, umidingizni uzmay, harakat qilishda davom eting. Ana shunda albatta mehnatingiz rohatini ko'rasiz!


Nozima Zaripova tarjimasi

Reyting: +12   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика