So’nggi yangiliklar

02:00ЖЧ саралаши. Италия Исроил дарвозасига 5та гол урди, Швеция кутилмаганда мағлубиятга учради  7 00:42CAFA Nations Cup-2025. Энг яхшилар аниқланди ва ғолибга соврин топширилди  30 00:30Муҳаммадрасул Абдумажидов Бельгия клубига ўтмайди  4 00:14Славен Билич Ўзбекистон терма жамоаси бош мураббийига айланиши мумкин  43 00:05Тимур Кападзе: "Эрон терма жамоаси қачон рози бўлган ўзи?"  110 23:00Қозоғистон Президенти Тоқаев: "Футбол клубларини хусусийлаштириш бўйича ишларни тезлаштириш керак. Бусиз футбол ривожланмайди"  4 21:50"CAFA Nations Cup-2025". Ўзбекистон терма жамоаси 13 йилдан сўнг Эронни ютди ва турнир ғолибига айланди  1029 20:32Шавкат Мирзиёев Жанни Инфантинога “Дўстлик” орденини топширди  17 20:26Португалиялик мураббий Озарбайжон терма жамоаси бош мураббийлигидан кетди  11 19:52CAFA Nations Cup турнирида сенсация! Ҳиндистон пенальтилар сериясига кўра Ўмондан устун келиб, 3-ўринни қўлга киритди!  16 19:13Гвардиола Абдуқодир Хусанов учун янги режа ишлаб чиқди  11 18:32ЎФА раҳбарияти Ўзбекистон МТЖга таклиф этишни хоҳламаган мураббий "Байер"ни бошқаради  11 18:04Амирҳуссайн Ҳуссайнзода: "Ҳакамлар Ўзбекистон фойдасига қарор қабул қилмоқда"  21 17:42Ахбор Имомхўжаев хотира турнири-2025. Мусобақа, жамоалар, гуруҳлар ва яшил майдонга қайтаётган юлдузлар  5 17:30Омид Нурафкан: "Ўзбекистонни икки-уч гол фарқи билан мағлуб эта оламиз"  10

Bolqonlik o'yinchilar – ular qanchalik foydali? Nikolay Egorichevdan tahlil Yangiliklar

Bolqonlik o'yinchilar – ular qanchalik foydali? Nikolay Egorichevdan tahlil

Superliganing transferlari tahlilining ikkinchi qismi.

Kecha Superliga klublariga o'tayotgan gruzin futbolchilari qanchalik foydali ekanligini tahlil qilgandik. Malum bo'lishicha, 12tadan 3ta transfer foydali, 4 o'yinchi o'rta darajada, qolgan 5 transfer esa muvaffaqiyatsiz bo'lgan.


Bugun Bolqon mamlakatlaridan kelgan katta o'yinchilar guruhini olamiz. Ularga quyidagilar kiradi:

1) Albaniya;

2) Bolgariya;

3) Bosniya va Gercegovina;

4) Greciya;

5) Kosovo;

6) Ruminiya;

7) SHimoliy Makedoniya;

8) Serbiya;

9) Sloveniya;

10) Xorvatiya;

11) CHernogoriya.


Bundan tashqari, Bolqon yarim oroliga Turkiyaning bir qismi ham kiradi.

2023 yilgi mavsum yuqorida sanab o'tilgan mamlakatlardan Superliga klublarida Serbiya, CHernogoriya, Bosniya va Gercegovina, SHimoliy Makedoniya va albaniyalik futbolchilar harakat qilishdi. Biz chempionatimizga faqatgina o'tga yili kelgan o'yinchilarni tahlil qilamiz. Masalan, ro'yxatda Superligada anchadan beri o'ynayotgan Dragan CHeran bo'lmaydi, shuningdek uni o'zimizniki deb aytsa ham bo'ladi, transferining muvaffaqiyatliligi esa muhokama qilinmaydi ham.


Transferning muvaffaqiyatlik mezonlarini eslatib o'tamiz:

• O'ynalgan o'yinlar soni (asosiy tarkibda maydonga tushgan o'yinlarning 2/3 qismi);

• Darvozabon – "quruq" o'yinlar soni (o'yinlarning teng yarmi atrofida) va o'tkazib yuborilgan to'plar soni (o'rtacha o'yinda bittadan ortiq to'p o'tkazib yuborilmagani);

• Himoyachi – jamoadagi quruq o'yinlar soni;

• Hujumkor yarim himoyachilar, vingerlar va forvardlar – samarali harakatlar soni (hech bo'lmasa uchta o'yinda bitta gol yoki assist).

Markaziy yarim himoyachilar uchun qo'shimcha muvaffaqiyat mezonlarini aniqlash biroz qiyin. Ular kam gol urishadi va assistlar berishadi. Bunda bizga yuqori darajadagi statistika yordam berishi mumkin edi, ammo afsuski O'zPFLda WyScout platformasi bilan kelishuv yo'q.


Serbiya:

1) ✅ Markaziy himoyachi Filip Ivanovich ("Navbahor") – 17 o'yin (16tasi asosiyda), 1ta gol, 6ta "quruq" o'yin;

2) ? Tayanch yarim himoyachisi Milan Marchich ("Bunyodkor") – 8ta o'yin (6tasi asosiy tarkibda), 1ta gol;

3) ❌ Vinger Dushan Stoilkovich ("Turon") – 10ta o'yin (9tasi asosiy tarkibda), 1ta gol;

4) ❌ Markaziy hujumchi Milan Bojovich ("Turon") – 9ta o'yin (4tasi asosiy tarkibda), 2ta gol;

5) ❌ Markaziy himoyachi Filip Stamenkovich ("Metallurg") – 5ta o'yin (3tasi asosiy tarkibda), 1ta "quruq" o'yin.


CHernogoriya:

1) ✅ Markaziy himoyachi Milosh Milovich ("Navbaxor") – 33ta o'yin (32tasi asosiy tarkibda), 3ta gol, 1ta assist, 13ta "quruq" o'yin;

2) ✅ Vinger Igor Ivanovich ("Bunyodkor") – 21ta o'yin (16tasi asosiy tarkibda), 2ta gol, 6ta assist;

3) ? Vinger Armin Boshnyak ("Andijan") – 12ta o'yin (9tasi asosiy tarkibda), 2ta gol;

4) ❌ Markaziy himoyachi Nikola Kumburovich ("Turon") – 13ta o'yin (11tasi asosiy tarkibda), 1ta gol, 1ta "quruq" o'yin;

5) ❌ Markaziy hujumchi Marko Obradovich ("Metallurg") – 13ta o'yin (10tasi asosiy tarkibda), 1ta assist.


Bosniya va Gercegovina:

1) ✅ Markaziy hujumchi Zenan Zaymovich ("So'g'diyona") – 17ta o'yin (12tasi asosiy tarkibda), 9ta gol, 1ta assist;

2) ✅ Markaziy himoyachi Tarik Isich ("So'g'diyona") – 25ta o'yin, 2ta gol, 1ta assist, 7ta "quruq" o'yin;

3) ❌ Darvozabon Luka Kukich ("Buxoro") – 11ta o'yin, 16ta to'p o'tkazib yubordi, ikkita "quruq" o'yin.


SHimoliy Makedoniya:

1) ✅ Vinger Lyupcho Doriev ("So'g'diyona") – 10ta o'yin (barchasi asosiy tarkibda), 3ta gol, 3ta assist;

2) ❌ Markaziy hujumchi Marko Simonovski ("Qizilqum") – 8ta o'yin (5tasi asosiy tarkibda), birorta samarali harakat yo'q.


Albaniya:

1) ✅ Markaziy hujumchi Rubin Xebay ("Andijan") – 27ta o'yin (24tasi asosiy tarkibda), 14ta gol, 3ta assist.


Yakun:

✅ 7ta muvaffaqiyatli transferlar (44%);

2ta o'rta sifatdagi transferlar (12%);

❌ 7ta muvaffaqiyatli transferlar (44%).


Taqqoslash uchun gruziyalik futbolchilarda holat quyidagicha edi:

✅ 3ta muvaffaqiyatli transferlar (25%);

? 4ta o'rta darajadagi transferlar (33%);

❌ 5ta muvaffaqiyatsiz transferlar (42%).


Bolqon mamlakatlari bozori umuman olganda biroz muvaffaqiyatliroq chiqmoqda. Ammo, muvaffaqiyatli transferlar va "o'rta sifatdagilar"ning hisobini olsak, unda ikki bozor ham deyarli bir xil – 56% Bolqon mamlakatlarida va 58% Gruziyada. SHu bilan birga, muvaffaqiyatsiz transferlar foizi juda katta – 44% Bolqonda va 42% Gruziyada.


Bularning barchasi Superliga klublarining ko'pida selekciya ishlari yaxshi yo'lga qo'yilmaganidan dalolat beradi. Deyarli yarim transferlar shunchaki "bekorga": o'yinchilar kelishadi, maosh olishadi, hech narsa ko'rsatishmaydi va yarim yil yoki bir yildan so'ng ketishadi.

O'yinchi bilan shartnoma imzolash qarori eng ko'p Yutubdagi xaylaytlar (eng yaxshi vaziyatlar) asosida qabul qilinadi. O'yinchini sifatli baholash uchun kamida 2-3ta to'liq o'yinni ko'rish kerak. Bunda shuningdek WyScout yordam berishi mumkin edi, ammo oldin aytganimdek, O'zPFLda ushbu analitik platforma bilan kelishuv yo'q. Klublarning o'zlariga obuna bo'lishga majbur bo'lishmoqda, ulardan ko'pida esa WyScout'ga umuman kirish imkoniyati yo'q. Masalan, bu haqda "Neftchi" bosh murabbiyi Vitaliy Levchenko Championat.Asia bilan intervyuda aytib o'tdi:

– Selekciyaga asosan murabbiylar shtabimiz javob beradi. Tahlil qilamiz, malumotlar yig'amiz. Ko'plab tanish  agentlar bor, ular juda ko'p o'yinchilarni taklif qilishadi. Ammo, ko'pincha agentlar o'zlari ham bilmaydigan, darajasini to'liq tushunmaydigan o'yinchilarni ko'rsatishadi. Bu bilan o'zimiz shug'ullanishimizga to'g'ri keladi. Albatta, WyScout bilan muammo bor. Yutubdagi video o'yinchi haqida to'liq malumot bermaydi, unda ko'proq faqatgina eng yaxshi harakatlari aks etadi. Barcha yashirin kamchiliklarini esa faqatgina maxsus platformada ko'rish mumkin. Baxtimizga bugungi kunda WyScout'ga kirish imkoniyatimiz bor, shunday ekan obdon ko'rib chiqamiz va tanlovda adashmaslikka harakat qilamiz.

Sizga Nikolay Egorichevning telegram kanaliga obuna bo'lishni maslahat beramiz. U u erda jumladan skauting haqida ham malumotlar beradi.


→ Superliga klublari gruziyalik o'yinchilarga ko'z tikmoqda. Ammo, bu qanchalik foydali?


Nikolay Egorichev tayyorladi

Reyting: +6   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика