"Bolonya" futbolchisiga bo'lgan qiziqishlarni so'ndirmoqchi
08 noy 2022 14:04
Yangiliklar
"Bolonya" futbolchisiga bo'lgan qiziqishlarni so'ndirmoqchi
Italiya klubi bir qator jamoalarning qiziqishlari doirasida bo'lgan Rikkardo Orsolinining kelajagini kafolatlab ko'ymoqchi.
Vingerni o'z safida ko'rishni istayotgan davogarlar ichida "Atalanta", "Fiorentina", "Torino" va "Sevilya" bor. Ularning urinishlarini cheklab qo'yish uchun "Bolonya" 25 yoshli o'yinchiga yangi shartnoma taklif qiladi. Amaldagi bitim 2024 yilning yozida yakun topishi ko'zda tutilgan. Yozgi transferlar oynasi paytida italiyalik futbolchiga mamlakat jamoalaridan qiziqishlar bo'lgan edi.
Orsolini ushbu mavsum 11 ta o'yinda maydonda harakatlandi va 2 ta gol urishga muvaffaq bo'ldi.
Fikrlar