Boliviya klubi raqib darvozasiga 54ta zarba yo'llab, 0:1 hisobida mag'lub bo'ldi
21 mar 2019 10:20
Yangiliklar


Boliviya klubi raqib darvozasiga 54ta zarba yo'llab, 0:1 hisobida mag'lub bo'ldi
Boliviyaning "Nasonal Potosi" klubi Suamerikana Kubogi (Evropa ligasi analogi)da Venesuelaning "Suliya" klubidan sensacion mag'lubiyatni qabul qilib oldi.
Boliviyada bo'lib o'tgan uchrashuv 0:1 hisobida yakuniga etdi.
"Nasonal" uchrashuv davomida raqibdan ustun ekanligini ko'rsatdi. Mezbonlar ushbu o'yinda 54ta zarba berishdi (aniq zarbalar 15ta). "Suliya" esa boliviyaliklar darvozasi tomon 2ta aniq zarba yo'llashdi (umumiy 6ta zarba). Mezbonlar o'yinning 79% vaqtida to'pga egalik qilishdi, to'pni 13 marta burchakdan o'yinga kiritishdi. "Nasonal" futbolchilari uch marta darvoza to'sinini nishonga olishdi. SHunga qaramay "Suliya" forvardi Brayan Moyya qo'shib berilgan vaqtda boliviyaliklar darvozasini ishg'ol qilib, o'z jamoasiga g'alabani olib berdi.
Ushbu jamoalar o'rtasidagi javob o'yini 17 aprel kuni bo'lib o'tadi.
O’xshash yangiliklar

Fikrlar