O'zbekiston U-17 Chili va Boliviyaga qarshi o'yinlar uchun tarkibni elon qildi Yangiliklar

O'zbekiston U-17 Chili va Boliviyaga qarshi o'yinlar uchun tarkibni elon qildi

FIFA U-17 Jahon chempionatiga tayyorgarlikni davom ettirayotgan O'zbekiston o'smirlar terma jamoasi 2 iyundan Toshkent shahrida o'quv-mashg'ulot yig'iniga kirishadi.

6 iyundan boshlab yig'inning ikkinchi qismi Janubiy Amerikada davom etadi. Islombek Ismoilov boshqaruvidagi jamoa yig'in doirasida Chili va Boliviya o'smirlar terma jamoalariga qarshi o'rtoqlik uchrashuvlarida maydonga tushadi.


Darvozabonlar: Rustamjonov ("Odil Junior"), Shokirov ("Paxtakor")

Himoyachilar: Saidmurodov ("Paxtakor"), Hakimov ("Paxtakor"), Shuhratov ("Paxtakor"), Abdukarimov ("Paxtakor"), Mamurjonov ("Paxtakor"), Musaxanov ("Odil Junior"), Baxodirxonov ("Odil Junior"), Muradov ("Paxtakor")

Yarim himoyachilar: Shukurullaev ("Paxtakor"), Hasanov ("Bunyodkor"), Sodiqov ("Odil Junior"), Erimbetov ("Jayxun"), Abdumo'minov ("Mashal"), Fazliddinov (OKMK), Saidov ("Paxtakor"), Habibullaev ("Lokomotiv"), Rustamov ("Odil Junior")

Hujumchilar: Aliev ("Odil Junior"), Fayzullaev ("Olimpik")


11, 13 iyun. Chili — O'zbekiston

17, 19 iyun. Boliviya — O'zbekiston


Reyting: +13   

Fikrlar

+1   
02 iyu 15:27:22
Odilbek Abdushukurov
Бахтиёр Ашуров foydalanuvchining fikriga javob berish
Балки Ж/Чдан олдин қизилдан бекор қилинар. Лекин қизил бекор қилинмасаям. Мураббий уни бари бир мусобақага олиб кетади. Мен шунчаки бирор сабаби бордир - демоқчиман. Серсенбаев жамоада ўз ўрнига эга футболчи!
Ha tushundim.
   
02 iyu 09:56:32
Бахтиёр Ашуров
Odilbek Abdushukurov foydalanuvchining fikriga javob berish
Qizil kartochka jahon chempionati birinchi o‘yiniga ta‘sir qilishi bor gap lekin. Boshqa sababi bordir baribir.
Балки Ж/Чдан олдин қизилдан бекор қилинар. Лекин қизил бекор қилинмасаям. Мураббий уни бари бир мусобақага олиб кетади. Мен шунчаки бирор сабаби бордир - демоқчиман. Серсенбаев жамоада ўз ўрнига эга футболчи!
   
02 iyu 08:23:41
Odilbek Abdushukurov
Бахтиёр Ашуров foydalanuvchining fikriga javob berish
Қизилни нима алоқаси бор? Серсенбаев финалда четлатилгани билан. Бутун мусобақада яхши таъсурот қолдирди. Бу сафар бўлмаса бошқа сафар чақирар. Бирор сабаби бордирда. Футболчи жамоада ўз ўрнига эга бўлса. Мураббийлар ундан воз келмайди!
Qizil kartochka jahon chempionati birinchi o‘yiniga ta‘sir qilishi bor gap lekin. Boshqa sababi bordir baribir.
   
02 iyu 07:50:56
always win!
JCH qachon bo‘ladi? o‘tkaziladigan sanasini yozib ketinglar
championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика