Boliviya futbol federaciyasi prezidenti koronavirusdan vafot etdi
20 iyu 2020 12:05
Yangiliklar
Boliviya futbol federaciyasi prezidenti koronavirusdan vafot etdi
Seser Luis Salinas COVID-19 asoratlari bilan vafot etdi.
Boliviya futbol federaciyasi matbuot xizmatining xabariga ko'ra, Salinas 19 iyul kuni vafot etdi.
58 yoshli Salinas 9 iyul kuni og'ir gripp bilan Boliviya poytaxti La-Pasdagi kasalxonaga joylashtirilgan. Ikki kun o'tgach, unda koronavirus borligi aniqlandi va ko'p o'tmay Seser Luisning ahvoli yomonlashdi va suniy nafas olish apparatiga ulandi.
Koronavirus Salinasning rafiqasida ham aniqlangan, ammo kasallik unda simptomlarsiz o'tgan.
Fikrlar