So’nggi yangiliklar

11:00Шомуродовнинг триумфи: А Серияда 26-тур якунлари  0 10:53«Рома»ни янги мавсумда бошқаришга асосий даъвогар маълум  6 10:22"Манчестер Сити" ҳимоячиси расман қанча муддатга сафдан чиққани маълум қилинди  2 09:56Sofascore. Шукуров энг катта баҳолардан бирини олди  2 08:53ЦСКА аргентиналик футболчини сотиб олишга яқин  1 08:22Артём Довбикнинг ҳолати ҳақида маълумот берилди  3 07:47Раньери энди Шомуродов асосий ҳужумчими деган саволга жавоб берди  7 07:23Sofascore. Ҳусанов ва унинг шериклари «Тоттенхэм»га қарши учрашувда қандай баҳо олишди?  8 04:01Пеп Гвардиола "Тоттенхэм"га қарши ўйиндан кейин Ҳусанов ҳақида жуда илиқ фикрлар билдирди  27 03:50Яқиндагина ЕЧЛни тарк этган "Ювентус" энди Италия кубоги билан ҳам хайрлашди  6 03:25Испания кубоги. "Реал Мадрид" ярим финалнинг илк баҳсида "Реал Сосьедад"ни кичик ҳисобда мағлуб қилди   21 03:20АПЛ. "Ливерпуль" ўз уйида "Ньюкасл"ни мағлуб этди ва жадвалдаги етакчилигини янада мустаҳкамлади  13 02:50АПЛ. "Арсенал" яна очко йўқотди, "Манчестер Юнайтед" иродали ғалаба қайд этди  19 02:30АПЛ. "Манчестер Сити" меҳмонда "Тоттенхэм"ни мағлубиятга учратди. Ҳусанов тўлиқ ўйин ўтказди  57 00:17Винисиус илк марта "Реал"ни сардор сифатида майдонга бошлаб тушади  2

Bolalikni eslaymiz. Ko'cha futboli qoidalari Yangiliklar

Bolalikni eslaymiz. Ko'cha futboli qoidalari

Teglar :  Ko'cha futboli
Murg'ak chog'ida quyosh kundalik ishini poyoniga etkazgunga qadar koptok ortidan yugurib, ota-onasidan gap eshitmagan kishi sanoqli bo'lsa kerak.

Qoidalar jihatdan professional futboldan biroz farqlanadigan ushbu o'yin turi ko'pgina mashhur charm to'p ustalarining shakllanishiga xizmat qilgan. Qolaversa, bugun boshqa kasbning etagini tutgan aka-ukalarimiz ham maroqli davrlarni boshdan kechirgan. Albatta, bizning zumrasha davrimizda smartfonning "s" harfi ham mavjud emasdi. Qolaversa, suniy maydonlar haqida tasavvurimiz ham mavjud emasdi. SHu bois, asosiy vaqtimizni latta to'pni tepish bilan o'tkazardik. Keling, Superliga tanaffusidan foydalangan holda o'yinqarorq davrimizdagi ko'cha futboli qoidalarini yodga olamiz.


Darvoza vazifasini tosh yoki g'isht bajarib bergan

Yuqorida takidlaganimdek, avvallari maydonlarga bo'lgan ehtiyoj yuqori edi. Yagona arena maktabning har o'n metrda chimning tuki ko'rinadigan stadioni bo'lishi mumkin edi, unda ham boshqa sinflar jismoniy tarbiya darsini o'tmayotgan bo'lsa. Albatta, biz derbilarni kechroqqa, darslar tugagandan keyinga mo'ljallardik. SHunga qaramay, stadionda doim "shug'ullanuvchilar" topilardi, yani maktab qorovulining kamida uchta-to'rtta sigiri bo'lardi, ular ko'pincha qanot va zaxira hakamlari vazifasini bajarardi. Stadion chorasi bo'lmaganda esa, ko'chadan tayyor arena bunyod etardik. Bu "Bunyodkor" stadionini qurganchalik ko'p mablag' talab etmasdi, bor-yo'g'i to'rtta g'isht yoki tosh darvozalar uchun etardi. Yomon tomoni, o'yin davomida darvoza oralig'ida o'lchangan qadamlar soni o'zgarib qolishi mumkin edi, buning sababchisi darvozabon bo'lardi, albatta. O'yinda to'xtalish ko'p bo'lardi, chunki mashina yoki traktor ora-orada o'zbek futbolini barbod qilishga harakat qilardi. Ammo o'yin baribir davom etaverardi.


Hech kim hakam — hamma hakam


Odatda, uchrashuv uchun hakamlar brigadasi tayinlanmaydi. Biroq o'yin davomida bahsli vaziyat yuzaga kelgan taqdirda barcha Perluídji Kollínaga aylanib olardi. Vaziyat esa odatda, yoshi kattaroq yoki kuchi ko'proq taraf foydasiga hal bo'lardi. To'p futbolchining qo'liga tegsa, uning badaniga tekkan loy VAR vazifasini bajargan.


Tasavvur qilib bo'lmas hisob

Ko'cha futbolida "millionlar o'yini" tarixidagi eng yirik hisob, eng sermahsul hisoblar doimiy qayd etilib turadi, biroq na tablodan, na protokoldan o'rin oladi. Diego Maradona ham bolalik damlarini xotirlay turib, "O'sha davrdagi gollarimni hisobga olishganda, Peledan o'zib ketgan bo'lardim", deya hazil qilgan. Hisobdan adashmaslik maqsadida jamoalar matematikaga murojaat qilishib, uni kichiklashtirgan, yani o'yinda 11:8 natijasi qayd etilayotgan bo'lsa, 3:0 deyilgan.


"Bo'g'irsoq" o'yinchi darvoza yoki himoyaga turadi

Bunday pozicion joylashuv maqsadli ravishda amalga oshirilardi. Vazni yuqori o'yinchi darvozaning ko'proq qismini yopishi mumkin edi, raqib o'yinchisi esa uning ochiq nuqtasini poylashiga to'g'ri kelardi. SHuningdek, himoyada ham ko'p yugurish talab etilmasdi. Odatda, ularning oyog'iga to'p ko'p ham tegavermasdi, biroq raqib azosi bilan to'qnashib ketgan taqdirda, uni bir hafta uyda jimgina o'tirishga majbur qilishi mumkin edi.


To'p egasi darvozaga turmaydi va zaxiraga olinmaydi


Bolalikda har kimning ham to'p olishga qurbi etmasdi yoki ota-onasi koptokni ko'chada tepishga ruxsat bermasdi. SHu bois, to'pi bor bolakay oyog'ini tagiga kelgan koptokni to'xtata olmagan taqdirda ham ezozlangan. Albatta, uning to'pi ham Adidas yoki Molten emas, bir necha marta yamalib, regbi to'pi shakliga kelib qolgan latta koptok bo'lardi. Agarda to'p yangi bo'lsa, qattiq tepig mumkin emasdi. SHunga qaramay, to'p egasida ko'plab imtiyozlar bo'lishi mumkin bo'lgan: masalan, birinchi tanlash, darvozaga turmaslik va zaxiraga olinmaslik kabi.


O'yin 90 daqiqa davom etmaydi


Uchrashuv yakunlanishi bir necha sabablar bilan bog'liq edi. Birinchisi, qorong'i tushib, to'p va o'yinchilar ko'rinmay qolsa, barcha lash-lushini yig'ishtirardi. Ikkinchisi, bahsli vaziyat qurboni bo'lgan yoki jarohat etkazilgan to'p egasi arazlab ketib qolsa, dabdurustdan bahs poyoniga etishi mumkin edi. Yana bir sababi esa, o'yin qizib turgan lahzada "komissar"ning "CHu, chu jonivor, manavi go'rsuxta erimni payhon qildi, tiling osilib to'p tepguncha, molingga qarasang o'lasanmi?! Qani, quri hammang bu erdan" degunga qadar davom etardi.


Offsayd qoidasi mavjud emas

Ko'cha futboli bunday qoidalar bilan o'z jozibasini yo'qotishi mumkin. Jamoa hujumchisi, odatda, raqib jarima maydonchasidan ortga qaytmaydi va jamoadoshlaridan to'p kelishini kutib o'tiradi. 


Darvozabon istagancha almashishi mumkin

Ko'pincha, jamoalarda darvozabon bo'lmaydi, shu bois ular bir goldan almashgan holda o'z qo'rg'onini qo'riqlaydi. Yoki ushbu poziciyadan o'yini yaxshi bo'lmagan bolakaylar o'rin egallaydi.


Maxsus liboslar bo'lmaydi


Ko'cha futboli diqqatni talab etadi, chunki jujuqvoylar turli liboslarda bo'lardi. Birida Mikki-mausning surati tushirilgan futbolka, birida Ronaldu, birida Messining libosi va hokazo. Bazan jamoalar bir-biridan farqlanishi uchun bir taraf futbolkasiz o'ynashiga to'g'ri kelardi.


Eng kuchli o'yinchilar bir jamoaga yig'ilmaydi


Jamoalarning saralanishi tanlov asosida amalga oshirilgan. SHu bois, barcha kuchli o'yinchilar bir jamoaga yig'ila olmasdi. Aks holda, o'yinning qizig'i ham qolmasdi. Birinchi tanlaydigan futbolchi "tosh-qaychi-qog'oz" o'yinida raqib jamoa sardorlaridan ustun kelishi talab etilardi.


Ko'cha futboliga oid yana qaysi qoidalarni bilasiz va bolalikdan qanday qiziqarli xotiralar qolgan?

Reyting: +9   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика