So’nggi yangiliklar

17:23"Мальорка" "Барселона"дан ярим ҳимоячи сотиб олди  0 16:56"Бунёдкор" ҳужумчиси жамоани тарк этди  3 16:35"Реал" футболчиси Вальверде жаҳон рекордини ўрнатди  3 16:07Расман: "Брентфорд" "Ливерпуль" собиқ аъзосини бепул қўлга киритди  1 15:40Тер Штеген уни асосий дарвозабон сифатида кўрмайдиган Фликдан хафа  3 15:12"Манчестер Сити" 1 миллиард фунтлик келишувга эришди!  2 14:50"Навбаҳор" хорижда йиғин олиб боради  0 14:38Гарначо Саудия Арабистони клубига ўтишдан бош тортди  1 14:15"Манчестер Юнайтед" Италия терма жамоаси ҳимоячисини нишонга олди  0 13:48Беннасер ва Адли фаолиятини Саудия Арабистонида давом эттириши мумкин  0 13:21"Нефтчи" кениялик форвардга қизиқмоқда  8 12:58Буну, Кукурелья, Витинья, Палмер... КЖЧ рамзий терма жамоаси  2 12:30"Хоразм" ярим ҳимоячиси жамоадан кетди  1 12:08Расман: Ҳожимат Эркинов "Пахтакор"га қайтди  6 11:50"Атлетико" Аргентина терма жамоасининг яна бир вакилини харид қилмоқчи  0

Bolalar sporti. Qamashi tumanida sohil futboli maydonchasi foydalanishga topshirildi Yangiliklar

Bolalar sporti. Qamashi tumanida sohil futboli maydonchasi foydalanishga topshirildi

Qamashi tumanida sohil futboli maydonchasi foydalanishga topshirildi.

Maydonning tantanali ochilish marosimida Qashqadaryo viloyat Futbol Federaciyasi Qamashi tuman bo'limi ijrochi direktori Nuriddin Poyanov, Tuman xotin-qizlar qo'mitasi raisi Fotima Karamatova, ”Bolalar va O'smirlar” sport maktabi direktori Muzaffar Sodiqov, XTMFMTvaTE bo'limi uslubchisi Xurshida Ziyodullaeva, tuman bolalar polikinikasi shifokori Rano Almardanova, “Yoshlik” JTSJ raisi Abduvoit Xoliqov. 7-sonli “Guldasta” maktabgacha talim muassasi mudirasi O'lug'oy Xolboeva va tumandagi barcha MTMlarining mudiralari ishtirok etishdi.

Tuman hokimligi xotin-qizlar qo'mitasi raisi Fotima Karamatova tumanda bolalar uchun qilinayotgan ishlar yuzasidan qisqacha axborot berdi.

-Yurtimiz mustaqillikga erishgach, boshqa sohalar kabi sportimiz ham davlat siyosati darajasiga ko'tarildi. Bunga javoban, bugungi kunda yosh sportchilarimiz ham jahon sport arenalarida o'zlarini nimalarga qodir ekanligini ko'p bora isbotlab kelayapti. Ayniqsa, bolalar sportiga bo'lgan etibor tahsinga loyiqdir. Tumanimiz sportida ham yildan-yilga yuksalish bo'layapti, tuman “Bolalar va o'smirlar” sport maktabida etishib chiqayotgan o'smir va yosh sportchi bolalarimiz nafaqat Respublika balki jahonda bo'layotgan yoshlar o'rtasidagi sport musobaqalarida, xalqora turnirlarda musobaqaning yuqori shohsupalridan o'rinlar egallashib, yurtimiz bayrog'ini yanada yuqoriga ko'tarishmoqda. Masalan: og'ir atletikachi sportchi qizlarimiz Kamila Abdullaeva, Zilola Bo'rieva, Bibioysha Bo'rievalar hozirgi kunda Andijonda tahsil olayotgan Davron Kenjaev, futbol bo'yicha O'zbekiston o'smirlar terma jamoasi azosi Asliddin Abdiev, “Nasaf” futbol akademiyasida o'qiyotgan yosh iqtidorli futbolchi o'smirlarimiz Jahongir To'ychiev, Xurshid Berdimurodovlar ana shular jumlasidandir.

SHundan so'ng,tuman Bolalar polikinikasi vrachi Rano Almardanova ham o'z fikrlarini bildirdi.

-Sohil futbol maydoni qumida ochiq oyoqda yurish, yugurish, hakarakatlanish inson organizmiga nechog'li foydali ekanligini ko'pchiligimiz bilmaymiz unda organizmidagi turli ko'rinmas kichik kasalliklari chiqib ketadi va issiq qum o'ziga kasalliklarni tortib oladi. Yassi oyoqlar uchun ham qumda harakatlanish qo'laydir, ayniqsa jajji bolajonlarimizni oyoq mushaklari judayam kengayib baquvvat bo'ladi. Nafaqat bolajonlar balki katta yoshdagi insonlar uchun ham qumda yurish foydalidir.

“Bolalar va O'smirlar” sport maktabi direktori Muzaffar Sodiqov:

 Tumanimizda 87 ta Umum talim maktablar, 2 ta BO'SM va 14 ta maktabgacha talim muasssalari bor. Endilikda qolgan muassasalarda ham katta-kichik hajmda sohil futboli maydoni qurilish ishlari jadallik bilan olib boriladi. Tumanda sohil futbolini yanada rivojlantirish uchun talim muassasalarida keng targ'ib etishni yo'lga qo'yamiz va buning uchun XTMFMTva TE bo'limi tomonidan barcha qulayliklar yaratiladi. BO'SMlar va umum talim maktablari uchun sohil futboli maydoni 22x34 hajmda quriladi. Maktabgacha talim muassasalari uchun 4x6 hajmda barpo etiladi.



Tadbir so'nggida 7-sonli maktabgacha talim muassasasi mudirasi Ulug'oy opa Xolboeva muassasada bolalar uchun qilinayotgan ishlar yuzasidan qo'yidagilarni aytib o'tdi.


-Bizning muassasamizda bolajonlar ikki mahaldan sport mashg'ulotlari bilan muntazam shug'ullanishadi. Ertalabki badan tarbiya va soat 11 larda boshlang'ich va tayyorlov guruhlari o'rtasida sport musobaqalari va quvnoq startlar bellashuvlari o'tkazilib kelinmoqda. Bolajonlarimiz sport bilan shug'ulanishni maromiga etkazadi. Ulardagi intilishlar va zehn meni lol qoldiradi. O'ylaymanki, bu jajjigina bolajonlardan kelajakda yurtimizga xizmat qiladigan etuk insonlar etishib chiqadi. Sohil futboli maydonini jadallik bilan barpo etilishida mussasa tarbiyachilarining samarali mehnatlari ham maqtovga loyiqdir.







Reyting:    

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика