So’nggi yangiliklar

02:02Валижон Раҳимов: "Андижон" ўз ўйинини топиб олади"  1 01:50Жавоҳир Сиддиқов: "Насаф" доимий соврин ютмоқда, бу ҳам ёқимли ҳолат"  0 01:32Илҳом Абдуғаниев: "Биргина пенальти барчасини ҳал қилди"  0 01:10Максим Шацких: "Насаф"дан қўрққанимиз йўқ. Истасангиз мени Хави деб атанг, менга фарқи йўқ"  1 00:42Усмонали Исмоналиев: "Иккинчи бўлимда ҳакамлар қандай ишлаганини тушунмадик. Пенальти йўқ эди"  14 00:27Рўзиқул Бердиев: "Биз Суперкубок ва Кубокда хет-трик қилибмиз-ку. Роналду катта эҳтимол билан бизни сотиб олса керак, биз уни эмас"  2 00:14Расман: "Барселона" ва Ямал шартномани узайтирди  1 23:44Абдувоҳид Неъматов: "Кимдир имконият берганида балки, пенальтини тепган бўлардим"  1 23:30Ўзбекистон Суперкубоги. "Насаф" - "Андижон" 1:0  0 23:15Бектемир Абдуманнонов: "Омад биз томонда бўлмади"  7 22:55Шерзод Насруллаев: "Бу ҳали бошланиши, бундай ғалабалар кўпроқ бўлишига ҳаракат қиламиз"  12 22:24Ҳусайн Норчаев: "Совринни ота-онамга бағишлайман"  8 21:55Иско финал олдидан қандай фикрда?  0 21:38"Насаф" - 2025 йилги Ўзбекистон Суперкубоги соҳиби!  239 20:51Симоне Инзаги "Олтин тўп"ни ким олиши кераклигини айтди  10

Bolalar futbolidagi "NOMER ODIN" muammomiz, bu - yoshni kichraytirish! Ishni bugundan boshlashimiz kerak. Yangiliklar

Bolalar futbolidagi "NOMER ODIN" muammomiz, bu - yoshni kichraytirish! Ishni bugundan boshlashimiz kerak.

SHu kungacha hech qaysi mutaxassis ko'tarmagan mavzuni ko'tardim va bu borada, O'FAdagi hamkasblarimga iltimos bilan chiqdim.

Bular:

1. Bolalar va o'smirlar o'rtasida musobaqalarga masul bo'lim.

2. Hududiy associaciyalar bilan ishlash bo'limi.

3. Halol o'yin bo'limi (Davlat organlari bilan hamkorlikda ishlaydi).


Har yili kuz faslida «nodbavka» degan turnir bor. Bu turnirni asl nomi - O'zbekiston Kubogi. 2020 yil unda 2003, 2004, 2005, 2006, 2007 va 2008 yillarda tavallud topgan 14ta hudud (Qoraqalpog'iston Respublikasi, Toshkent shahar va viloyatlar) terma jamoalari g'oliblik uchun bahs olib boradilar.


Yarim finalga qadar etib borgan 4ta jamoa murabbiylari, 2010 yil qabul qilingan 211-qaror asosida, tarkibdagi har bir futbolchisi uchun 10%dan ustama oladi. futbol mahorat maktabi, IBO'SM va Olimpiya zaxiralari kolleji vakillari esa har bir bola uchun 100% ustama haqqi. Yani, 1.5 mln so'm maosh olayotgan bo'lsa, 300% gacha oshirib olish imkoniyatiga ega. Buning uchun 18 kishilik qaydnomada imkon qadar uning tarbiyalanuvchisi ko'p bo'lishi kerak.


Aynan shu narsa murabbiylarni korrupciyaga qo'l urishlari va o'zbek futbolini bugungi ahvoliga kelib qolishlariga sabab bo'lgan salbiy qarorlarni qabul qilganlar. SHu kungacha:


1. «Nodbavka» olish uchun soxta hujjat tayyorlagan futbolchilarning xizmatidan foydalanish;

2. Musobaqa bosh hakami orqali o'zlariga mos qurani tashkil qilish va ularni rag'batlantirish;

3. Viloyat associaciyasi orqali o'zini bosh murabbiylikka tayinlab, qolgan BO'SMlardan futbolchi olmaslik.


Kabi harakatlar amalga oshirib kelingan. 2020 yilgi musobaqada bu kabi illatlarni oldini olish ancha ishlar bajarilganligini aytib o'tishim kerak.


1. Avvalo bosh hakamlikka endi O'FA tomonidan maxsus tekshiruvchi qo'yiladi.

2. Deyarli barcha viloyatlarda vice-prezidentlar o'zgardi (ularning aksariyati nafaqaga chiqdi, aksariyati o'z lavozimidan ozod etildi. Yaxshi ishlaganlar ham yo'q emas). Natijada har bir viloyatda imkon qadar murabbiylarni tayinlashda shaffoflikka etibor qaratilyapti. Lekin buni bir deganda yo'q qilib bo'lmaydi. SHu kungacha viloyat associaciyalari deyarli moliyalashtirilmagan. Prezidentning 5887-qarori asosida chiqarilgan, VMning 311-farmonida hududiy associaciyalarni moliyalashtirish bo'yicha katta topshiriq berilgan bo'lib. Bugungi kunda, 10ga yaqin viloyat FA o'z mablag'iga ega bo'ldi.

3. Va nihoyat yoshni kichraytirish bo'yicha mening taklifimga ko'ra, nasib qilsa quyidagi ishlar amalga oshiriladi.


- Iyul va avgust oylari davomida 2003-2008 yillarda tavallud topgan barcha viloyat terma jamoalarining 30 kishidan iborat kengaytirilgan tarkibi shakllantiriladi va O'FAga taqdim qilinadi.

- O'FAning halol o'yin bo'limi organ xodimlari bilan hamkorlikda 3000 nafarga yaqin bolalarni tug'ilganlik guvohnomalari asosida tekshiruv olib boradi va yakuniy ro'yxat asosida, kimning tarkibida yoshi kichraytirilgan futbolchi chiqsa, o'sha futbolchini barcha musobaqalardan chetlatadi.


Bu bilan biz nimaga erishamiz?


- Tarkib o'z yoshidan iborat terma jamoalardan tuzilganidan keyin, o'z-o'zidan murabbiy oldida g'alaba qozonish uchun bitta yo'l qoladi - mashg'ulotni sifatli o'tish.

- O'smirlar terma jamoalarida raqobat kuchayadi. Hammaning imkoniyati tenglashgach, bizda sifatli futbolchilar soni 5 nafar emas, 50 nafar ekanligini ko'ramiz. Agar 2006 yil tarkibida, 4 nafar 2003 yil bo'lsa, tabiiyki, qolgan 2006ni biz o'zimiz bilmagan holda 2003 yildan kelib chiqib baho beramiz. 2004 yillar terma jamoasida aynan shu holat kuzatildi. 1.5 yil davomida mashg'ulot qilingan bolalar aslida ancha katta bo'lib chiqdi. Musobaqaga yaqin ularga jismoniy jihatdan haqiqiy 2004lar etib oldi. Natijada, biz 4 nafar bolaga aldanib, bu erdagi 50 nafarga yaqin bolani chetda qoldirdik.


- Har bir terma jamoada 50 nafarga yaqin bola ko'rilavergach, tabiiyki, MTJ bazasi kengayib boradi va bizni 2028 yilgi JCHga chiqish imkoniyatimiz Janubiy Koreyaniki bilan bir xil bo'ladi.


Undan tashqari PFL bu yil 2007 va 2005 yillar uchun tayyorlov guruhi musobaqasini tashkil qiladi. Mazkur musobaqaga allaqachon tarkiblarni topshirib bo'lishdi. Endi Diyor bilan hamkorlikda, ularni ham bir tekshirib olsak, ishonchim komil, o'smirlar o'rtasida katta natijalarga erishmaymiz, ammo OTJ va MTJ muvaffaqiyat qozona boshlaydi. Aslida ham shunday bo'lishi kerak. Xuddi «DUBL»dan Superliga jamoalari natija talab qilmaganidek, O'FA ham «dubl» bo'lgan U-16 va U-19 jamoalaridan natija talab qilishi kerak emas. Lekin har bir yoshdagi terma jamoaga sifatli murabbiy qo'yish, bu eng asosiy ish sanaladi.

Reyting: +7   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика