So’nggi yangiliklar

23:03"Бир соат ичида бир оғиз ҳам гапирмади" – Хабиб Нурмагомедов Абдуқодир Ҳусанов билан учрашув ҳақида  4 22:32Ўзбекистон U-18 терма жамоаси машғулотидан ГАЛЕРЕЯ  0 22:14Расман: Неъматуллоҳ Рустамжонов "Андижон" клуби аъзосига айланди  1 21:32Расман: Асилбек Алиев "Андижон" футболчисига айланди!  6 21:25"Ювентус" Кьезани "Ливерпул"дан қайтариши мумкин  0 21:05"Навбаҳор" клуби янги мавсум учун тайёргарликни давом эттирмоқда  1 21:00"Реал" 70 млн евролик хавбекка кўз тикди  1 20:37Ҳумоюнмирзо Иминов: "Мен рақобатга тайёрман"  2 20:15Гвардиола "Манчестер Сити" ҳимоячиларининг жароҳатлари билан боғлиқ вазиятни изоҳлади  10 19:51"Динамо" БААда ЦСКАга қарши майдонга тушади  4 19:34"Навбаҳор" машғулотлари Championat.asia объективида  4 19:172025 йил давомида Ўзбекистоннинг энг кўп нархи ошган футболчилари  8 18:55"Қизилқум"ни яна 2 нафар футболчи тарк этди  1 18:41Расман: Пўлатхўжа Холдорхонов энди "Андижон" футболчиси!  14 18:27"Манчестер Сити" яна бир ҳимоячисини йўқотди  19

Bolalar futboli. Qashqadaryolik yosh futbolchilar taqdirlanishdi Yangiliklar

Bolalar futboli. Qashqadaryolik yosh futbolchilar taqdirlanishdi

Xabaringiz bor, yaqinda mamlakatimizning turli hududlarida “Professional futbol maktablari ligasi”sining O'zbekiston chempionati va kubok bellashuvlari bo'lib o'tdi.

Mazkur musobaqalarda Qashqadaryo viloyati futbol mahorat maktabi tarbiyalanuvchilari ham munosib ishtirok etib,  64 nafari medallarga ega chiqishgan edi.

Ushbu munosabat bilan joriy yilning 4 dekbar kuni Qarshi shahridagi Yoshlar ishlari agentligi Qashqadaryo viloyat boshqarmasida  sovrindor bo'lgan yosh futbolchilar va ularning trenerlarini taqdirlash marosimi o'tkazildi.

Marosimda ishtirok etgan O'zbekiston Respublikasi Jismoniy tarbiya va sport vazirligi boshqarma boshlig'i Jamshid Hasanov, viloyat jismoniy tarbiya va sport  boshqarmasi boshlig'i Komil Xolmatov, “O'zbekiston Qaxramoni” unvoni sohibasi, O'zbekiston “Adolat” SDPning Qashqadaryo viloyat kengashi deputati  Muhabbat SHarapova, Qashqadaryo viloyat futbol mahorat maktabi direktori, “O'zbekiston Respublikasida  xizmat ko'rsatgan yoshlar murabbiyi” unvoni sohibi  Nurali Sultonovlar kumush va bronza medallarini qo'lga kiritgan istedodli yosh futbolchi – o'quvchilar va ularning ustozlarini qutlab, keyingi yilda bo'lib o'tadigan chempionat bellashuvlarida ham muvaffaqiyat tilashdi. Tadbir doirasida shuningdek, viloyat futbol mahorat maktabining 24 nafar sportchi-o'quvchilari O'zbekiston Respublikasi  Prezidentining PF – 5924 – sonli Farmoniga asosan 2020 – 2021 yilda oliy o'quv yurtlariga qo'shimcha davlat granti asosida imtihonlarga sinovsiz qabul qilinishi malum qilindi. Tadbir so'nggida barcha sportchi - o'quvchilar va ularning trenerlari qimmatbaho esdalik sovg'alari bilan mukofotlanishdi.


Qashqadaryo viloyat futbol mahorat maktabining manaviyat-marifat ishlari bo'yicha direktor o'rinbosari SHavkat Ro'ziev hamda o'z muxbirimiz Ilhom Rahmonov tayyorladi     

Reyting: +2   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика