So’nggi yangiliklar

02:44Клублар ўртасидаги ЖЧ. “Боруссия Д” “Ульсан” устидан ғалаба қозониб, гуруҳ пешқадами сифатида кейинги босқичга йўл олди  0 00:45"Арсенал" Партининг ўрнига "Брентфорд" футболчисин сотиб олади  0 00:26"Атлетик" Испания футбол федерацияси ва Ла Лигадан Уильямснинг "Барса"га ўтишига йўл қўймасликни сўрамоқчи  1 23:46Михаил Еремчук: "Футболда ҳар доим ютиш яхши"  3 23:24"Андижон" ОЧЛ 2да кимлар билан ўйнайди?  6 23:01Миржалол Қосимов: "Яна ёш болаларча хатога йўл қўйдик"  8 22:26Роналду "Ал Насср" билан шартномасини узайтиради (Фабрицио Романо)  2 22:01Мбаппе умумий гуруҳ машғулотларига қайтди. У "Зальцбург"га қарши ўйнаши мумкин  0 21:35Ўзбекистон Кубоги. "Бухоро" Олмалиқда ОКМКни мағлубиятга учратиб, чорак финалга йўл олди!  27 21:05"Арсенал" Гёкереш бўйича янги таклиф тайёрламоқда. "Спортинг" камида 80 миллион евро сўрамоқда  7 20:37Альваро Мората Италияга қайтади  2 19:53Де ла Фуэнте тақвим ҳақида: "Иккиюзламачилик бўлмаслиги керак"  5 19:38"Андижон"га қарши ўйинда "Қизилқум"нинг голи ўғирландими? Суперлиганинг 13-туридаги ҳакамлик фаолияти таҳлили  4 19:13Шота Арвеладзе собиқ клубига қайтди  0 18:38"Олтин тўп" эгаси КЧЖни кузатмаяпти: "Барселона" ўйнамаяпти. Шундай экан... нимага уни кўриш керак?  6

Bolalar futboli. “Paxtakor” tarbiyalanuvchilarida bir g'alaba va ikki mag'lubiyat Yangiliklar

Bolalar futboli. “Paxtakor” tarbiyalanuvchilarida bir g'alaba va ikki mag'lubiyat

Futbol bo'yicha bolalar-o'smirlar o'rtasida Toshkent shahar chempionatining ikkinchi davrasidan o'rin olgan 17-tur bahslari bo'lib o'tdi. “Paxtakor” futbol maktabining uchta yoshdagi guruhi bugun “Bunyodkor” tarbiyalanuvchilariga qarshi maydonga tushdi.
Dmitriy An boshqarayotgan “Paxtakor-2003” 0:1 hisobida imkoniyatni boy bergan bo'lsa, “Paxtakor-2001” 2:0 hisobida zafar quchdi. Bu guruhni ayni paytda Stanislav Kudryashov boshqarmoqda. Yana bir o'yin “Paxtakor-2000” va “Bunyodkor-2000” o'rtasida o'tkazildi va bunda Temur Olimxo'jaev shogirdlari 0:2 hisobida mag'lub bo'lishdi.

“Paxtakor-2002” Bahodir Ibrohimov xotirasiga bag'ishlangan turnirda ishtirok etayotgani bois mazkur guruh o'yinlari biroz kechroq muddatga qoldirilgan. Rustam Qurbonboev boshqarayotgan “Paxtakor-1999”ning o'yinlari ham boshqa kunga qoldirildi, chunki ular kecha Qozog'istondagi turnirdan qaytib kelishdi.

SHuningdek, Anvar Hafizov boshqaruvidagi “Paxtakor-1998” ishtirokidagi bahslar o'smirlar terma jamoamizning Osiyo chempionatiga borib kelganidan keyin bo'lib o'tadi. CHunki O'zbekiston U-16 o'smirlar terma jamoasiga “Paxtakor-98”dan 8 nafar futbolchi jalb etilgan. “Paxtakor” tarbiyalanuvchilari navbatdagi tur bellashuvlarini 26 avgust kuni o'tkazishadi. SHu kuni “Spartak”ka qarshi o'yinlar bo'lib o'tadi.

Bolalar-o'smirlar o'rtasida Toshkent shahar chempionati.

17-tur, 24 avgust
“Bunyodkor-2003” - “Paxtakor-2003” - 1:0
“Bunyodkor-2001” - “Paxtakor-2001” - 0:2
“Bunyodkor-2000” - “Paxtakor-2000” - 2:0
Reyting:    

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика