So’nggi yangiliklar

22:31Виктор Гёкереш Лондонга етиб борди  0 22:11"Сўғдиёна" ва "Шўртан" ўртоқлик учрашувида жанговар дуранг қайд этди  0 21:59"Мираброр Усмонов хотира турнири". Саудия Арабистони иккинчи ўйинда ҳам мағлуб бўлди  1 21:26"Хоразм" Аббос Отахоновни таркибига қўшиб олди  1 20:51Диёр Ортиқбоев: "Япониянинг бугунги ўйини бизга қизиқ эмас"  1 20:34Ўртоқлик ўйини. "Динамо" "Витебск"ни мағлубиятга учратди  1 20:12Антонио Конте Стерлингни "Наполи"да кўришни истамоқда  1 19:47"Андижон" тарихда илк бор ОЧЛ 2 да: тайёргарлик, қуръа ва учрашувлар санаси  11 19:23ПФЛ ОФКга мурожаат қилиб, халқаро талаблар ҳимоя қилинишини сўради   4 19:05"Юве" "Челси"нинг 68 млн евролик таклифини рад этди – Йилдиз сотилмайди  2 18:36"Бавария" Гарначога қизиқмоқда, футболчи АПЛда қолишни истамоқда  1 18:07"Барселона" Япония бўйлаб тур тақвимини эълон қилди  3 17:39МЮ ҳимоячиси Саудия Арабистонига йўл олиши мумкин  0 17:16Рио Фердинанд Николас Жексонни Дрогбага қиёслайди  3 16:45Сонга Америкадан таклиф тушди  0

Bolalar futboli bo'yicha Respublika musobaqalariga endi O'FA homiylik qiladi Yangiliklar

Bolalar futboli bo'yicha Respublika musobaqalariga endi O'FA homiylik qiladi

Teglar :  Bolalar futboliO'FA
SHu paytga qadar bolalar futboli bo'yicha har yili 5ta yosh toifasida Respublika musobaqasi o'tkazib kelingan bo'lib, ular yurtimizning turli burchaklarida tashkil qilingan.

Natijada hamma viloyat jamoasi ham kerakli manzilga moliyaviy imkoniyati tufayli etib bora olmagan. Poytaxt esa transport tomonidan barchaga qulay.
 
SHu boisdan O'FA 1-vice-prezidenti Umid Ahmadjonov O'FA Futbolni rivojlantirish boshqarmasi taklifini ko'rib chiqdi va uni maqulladi. Unga ko'ra 2001-2005 yillar oralig'ida tavallud topgan futbolchilar o'rtasidagi Respublika musobaqasining barchasi poytaxtda bo'lib o'tadi.
 
O'zbekiston yoshlar va o'smirlar terma jamoalari uchun selekciya ishlarini sifatli olib borish maqsadida, 2001 va 2004 yillarda tavallud topgan futbolchilar o'rtasidagi jamoalarning poytaxtdagi barcha xarajatlari O'FA tomonidan qoplanadi. Bu bilan Associaciya musobaqada eng sara futbolchilarni ishtirok etishini taminlagan holda, eng yaxshi futbolchilarni saralab olish imkoniyatiga ega bo'ladi.
 
SHu bilan birga, Respublika musobaqasida ishtirok etadigan barcha futbolchilar endi jiddiy nazoratdan o'tadilar. Agar biron futbolchining yoshi kichraytirilgani to'g'risidagi malumot aniqlanadigan bo'lsa, shu ish bilan shug'ullangan murabbiy va mazkur ishni tepasida bo'lgan xodimlar haqida maxsus idoraga xabar beriladi.

Reyting: +4   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика