So’nggi yangiliklar

10:43МЮ “Реал“ футболчисига расмий таклиф билан чиқди  0 10:10“Челси“ “Боруссия Д“ футболчисини сотиб олишга яқин  1 09:38Нико Уильямс “Барселона“га талаб қўйди  5 09:05Суперлига. Бугун 14-тур давом эттирилади  1 08:34"Нефтчи" собиқ футболчисини ортга қайтармоқчи  3 08:03Бугун аёллар терма жамоамиз Осиё кубоги саралашдаги юришини бошлайди  3 07:40Клублар ўртасидаги ЖЧ. "Челси" "Бенфика"ни йирик ҳисобда мағлуб этиб, чорак финалга йўл олди  5 01:50"Ал Ҳилол"нинг собиқ бош мураббийи "Ал Насср"ни бошқаришга рози бўлди  4 00:54Расман: Поль Погба - "Монако" футболчиси!  3 00:36Акмал Рустамов: "Йигитларнинг барчасига раҳмат айтаман, улар бор кучи билан ҳаракат қилишмоқда"  3 00:12Клублар ўртасидаги ЖЧ. "Бенфика" - "Челси" баҳси асосий таркиблари маълум!  5 00:10Мирко Йеличич: "Биз 60 дақиқа яхши ўйнадик"  0 23:55Суперлига. Алибоев супергол урган баҳсда "Нефтчи" "Қизилқум" билан дуранг ўйнади, "Навбаҳор" эса "Машъал"ни йирик ҳисобда енгди  0 23:51Клублар ўртасидаги ЖЧнинг биринчи чорак финалчиси маълум!  0 23:38Виталий Левченко: "Агар реализация яхшироқ бўлганида, ўйин натижасини ҳал қилиб бўлган бўлар эдик"  22

Bo'lajak yulduzlari bor Norvegiya Yangiliklar

Bo'lajak yulduzlari bor Norvegiya

Futbol olamiga oshno bo'lib boraverar ekansiz biror jamoaga muxlis bo'lib olgandan ko'ra, holis bo'lgan holda “millionlar o'yini”ga oshno bo'liish eng maquli, menimcha.

Faqat ayni bir jamoani kuzatib, undagi futbolchilarni nomma-nom sanab beradigan muxlislarimiz yo'q emas oramizda, lekin boshqa mintaqadan chiqayotgan yangi nomlarni bilib, ularni kuzatib, o'yinlarini tahlil qila olish kam. Yosh iqtidorlarni juda ham tez kashf qilinishini ko'proq Braziliyada uchratamiz. Biroq shunday futbolchilar borki, iqtidorli, saviyali, endi-endi ko'zga ko'rinib kelyapti, lekin ularning tug'ilgan mamlakatidagi hamma ham ulardek faoliyat olib bora olmaydi, shu bois terma jamoadagi natijalari maqtanarli emas.

Akam bilan yoshligimizdan bir narsani ko'p o'ylardik, nega MEGA TOP darajadagi futbolchilarning terma jamoasidagi futbolchilar ular kabi emas, jamoa jihatdan super emas deya. Lionel Messi, Krishtianu Ronaldu kabi futbolchilar Ispaniya, Germaniya sharafini himoya qilganida ular Jahon chempioni bo'lishlari mumkin edi. Rayan Giggzning o'sha Jahon chempionatida qatnasholmagani o'ziga ham alam qilsa kerak. Hozirgi kunda ham shunday futbolchilar borki, ularning mamlakati terma jamoasi natija etibori bilan shuhrat qozona olmagan. Ammo ular hali yosh, tarixni o'zgartirsa bo'ladi.



Saytimiz vakili Fahriddin Ro'ziev Yens Petter Xauge haqida yozganini o'qib bir fikrga keldim, Norvegiyada yangi va yaxshi avlod o'sib kelyapti. O'zingiz bir etibor berib ko'ring, Martin Edegor, Erling Xoland, Aleksander Syorlot, Yens Petter Xauge va boshqalar. Ha, nomlar juda ham ko'p emas, biroq Argentina, Urugvay, Portugaliya kabi terma jamoalarning ham butun tarkibi nomdor futbolchilardan iborat bo'lmasada, biri Evropa chempionati, Millatlar ligasini yutyapti, yana biri o'z vaqtida Jahon chempionatida finalgacha etib bora olgan.

Xauge haqida yozilgan maqolada etiborimni tortgan jihati Xauge haqida aytilgan “evrofutbolni titratayotgan Erling Xolandning qanotda o'ynaydigan varianti” jumlasi bo'ldi. Erling Xolandni U-20 Jahon chempionatida Gonduras darvozasiga bir o'yinda kiritgan 9 ta goli bilan eslab qolganman. Aslida bu erda Xolandning to'p kiritishi uning individual ishi emas, unga albatta butun jamoa yordam bergan. O'sha o'yin 12:1 hisobida yakunlangan. Hech qanday ahamiyat kasb etmaydigan, qaysi manodaki mazkur o'yindagi g'alaba ikki jamoani ham pley-offga olib chiqmasligi aniq edi, lekin 12:1 bu shunchaki hazilakam hisob emas, ayniqsa futbolchilarni o'zini ko'rsatishi mumkin bo'lgan Yoshlar o'rtasidagi Jahon chempionatida.



Bu voqealar 5-6 yil emas, o'tgan yili bo'lgan musobaqada sodir bo'lgan. Bir o'yinda 12 ta to'p kiritishi mumkin bo'lgan avlod o'sib kelmoqda. Xoland kabi o'sha davrdayoq qay darajada ekanligini ommaga ko'rsatib qo'yganlar esa mana bugun darvozabonlarning “dushmani” bo'lib ulgurgan. Martin Edegor bir necha yil ijarada o'ynab yurib bu yildan etiboran “Real Madrid”da va shunchaki mashg'ulotga qatnashib yurgani yo'q. Zinedin Zidan unga etibor beryapti, asosiy tarkibda maydonga tushiryapti. Bugun o'zim uchun kashf qilganim Petter Xauge ham ishoning Norvergiya millatining umidi.

Millatlar ligasida dastlabki yil o'tkazilgan musobaqada S ligada ishtirok etib, bu mavsum B ligaga ko'tarilishga erishdi. Ha, aslida 2020 yilda o'tkazilishi kerak bo'lgan, lekin pandemiya sabab 2021 yilga qoldirilgan Evropa chempionatida Norvegiya terma jamoasi ishtirok eta olmas, biroq Lars Lagerbakning qo'l ostida yaxshi masalliq bor, ular hali rivojlanyapti va to'xtab qolmoqchi ham emas.



Messi etakchiligidagi Argentina JCH-2014 da finalgacha borgani, Krishtianu bilan Evro-2016 da finalga chiqqan Portugaliya va aynan o'sha finalda Ronaldu jarohat olgani sabab, balki ayni u uchun ko'proq shijoat bilan o'ynab yutgan Portugaliyani eslaylik. Ular ham biri Figudan keyin, biri Maradonadan keyin bir muddat o'ziga kelolmay yurdi. Norvegiyada avval ham TOP darajadagi futbolchi bo'lmagandir, lekin endi o'sib chiqayotgan avlod bilan oldinda turgan musobaqalarga chiqishi va natija ko'rsatishi mumkin, yashasak ko'raveramiz bunisini. Millatlar ligasida yaxshi ishtirok etolmagani yoki Evropa chempionatida o'ynamasligi fojea emas, oldinda Qatardagi JCH turibdi. Axir “Golden boy”ni qo'lga kiritgan Xoland, “Milan”, “Real Madrid”ning asosiy futbolchisi bo'lishga intilayotgan futbolchilar termasi bilan natijaga erishishni xohlashadi-ku, shunday emasmi?! Bularning barchasi IMXO.

P.S.: Fahriddin Ro'ziev Xauge haqidagi maqolasini “Bir futbolchi tarixi”dan o'tkazib yozibdi, Norvegiya haqida gapirib o'ylab qoldim, Xauge haqida-ku yozildi, endi norvegiyalik boshqa futbolchining tarixini o'rganishga harakat qilamiz. Menimcha keyingi sonda qaysi futbolchi ochib berilishini bildingiz…

Og'abek Samisov

Reyting: +12   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика