So’nggi yangiliklar

11:52Расман: "Пахтакор" Қувватов қайтганини эълон қилди  0 11:33Артета: "Мен учун Деклан Райс — дунёдаги энг яхши ярим ҳимоячи"  0 10:58Кечаги учрашувда ғалабани қўлдан чиқарган Гвардиола нималар деди?  2 10:32"Шўртан"нинг икки нафар асосий футболчиси "Хоразм" йиғинида  1 10:06"Сурхон" яна бир футболчиси билан хайрлашди  0 09:40Sofascore. Ҳусанов кечаги учрашувдаги ҳаракатлари учун неча баҳога лойиқ кўрилди?  1 09:18Чет эллик мутахассис Суперлига жамоасининг бош мураббийи бўлади  4 08:48Ҳусниддин Алиқулов фаолиятини бошқа жамоада давом эттириши мумкин  4 08:22Алижонов "Пахтакор"да қолиш учун йирик битимни рад этди  23 02:59Ла Лига. "Атлетико" меҳмонда "Реал Сосьедад"га қарши ўйинда очко йўқотди  3 02:51А Серия. "Интер" ўз майдонида "Болонья"ни мағлуб этди  1 02:44Лига 1. ПСЖ дербида "Париж"ни мағлуб этди  2 02:10Африка кубоги. 1/8 финал. Камерун ЖАРни мағлуб этди, Марокаш Танзаниядан устун келди  1 00:58Тео Эрнандес А Серияга қайтиши мумкин  0 00:30АПЛ. "Ман Сити" "Челси"га қарши ўйинда 90+4 дақиқада тўп ўтказиб юборди ва ғалабани бой берди, Ҳусанов 51-дақиқада захирадан ўйинга қўшилди  45

Boku kundaligi, 2-kun. Boshladik! Yangiliklar

Boku kundaligi, 2-kun. Boshladik!

Kecha kunning ikkinchi qismida sportchilar shaharchasida Ozarbayjon bayrog'inii ko'tarish marosimi bo'lib o'tdi.

Bunday holatni barcha katta turnirlarda ko'rishimiz mumkin. Tadbirda mamlakatning sport ishlari vaziri Azad Ragimov va tashkiliy qo'mita rahbari Elchin Safarov qatnashdilar. O'zbekiston nomidan, O'zbekiston Respublikasi Jismoniy tarbiya va sport davlat qo'mitasining, Oliy sport yutuqlari boshqarmasi boshlig'i Nazirjon Xudoyqulov, MOQ bosh kotibi Oybek Kasimov ishtirok etishdi.

Agar musobaqaning TV huquqlarini katta-katta kompaniyalar, katta miqdordagi summaga sotib olishganida bunday bo'lmasdi. Eng qizig'i tennis o'yinlari taqvim asosida, aslida 13 may kuni boshlanishi kerak edi. Ammo kutilmaganda uni 12 may sanasiga ko'chirishdi. Yaxshiyam-ki, vakillarimiz ikki kun avval Bokuga tashrif buyurgan ekanlar. Ular uchun ham bu kutilmagan "sovg'a" bo'ldi.



4 yilda bir marotaba o'tkaziladigan turnirlarda har doim sportchilar uchun maxsus shaharcha quriladi. Musobaqa yakuniga etgach ular mahalliy aholiga sotib yuboriladi. Bu bilan musobaqa mezboni mehmonxona muammosidan xolis etilgan holda, yangi mavzeni yaratib olgani qoladi. Ayni paytda biz uchun xizmat qilayotgan shaharcha 2015 yil Evropa o'yinlariga mezbonlik qilgan edi. Qizig'i, bu Evropa o'yinlarining birinchisi bo'lgan. Unda jami 50ta davlatdan, 6067 nafar sportchi ishtirok etgandi. Bugun davom etayotan musobaqalar yakuniga etganidan keyin, bu erdagi xonadonlar mahalliy aholining ixtiyoriga o'tadi. Ammo uylarning narxi biroz baland bo'lganligi uchun, talab katta bo'lmayapti. 4 xonalik kvartiralarning o'rtacha narxi 100 000 AQSH dollaridan kam bo'lmayapti.

12 may kuni badiiy gimnastika, tennis va boks sport turlarida ishtirok etadigan sportchilarimiz o'z yurishlarini boshlashlari lozim edi. SHuning uchun bir kun avval barcha sport turlarining murabbiylari bilan yig'ilish bo'lib o'tdi. Unda, MOQ bosh kotibi Oybek Kasimov barchaga omad tiladi.

Ishtaha ovqat paytida keladi deb bejizga aytishmaydi. Rio Olimpiadasidagi natijalardan keyin, keyingi musobaqalarga bo'lgan etiborni hukumat tomonidan ham ortishi quvonarli hol. O'zbekiston Respublikasi Jismoniy tarbiya va sport davlat qo'mitasining bu boradagi harakatlari tahsinga loyiq.



Delegaciya rahbari, Oliy sport yutuqlari boshqarmasi boshlig'i Nazirjon Xudoyqulov boshchiligidagi guruh azolari, Rio Olimpiadasida bo'lgani kabi, barcha sport turlarida sportchilarimizning ishtiroklarini kuzatib bordilar.

Boks arenasiga ketar ekanmiz, 23-25 iyun kunlari bo'lib o'tadigan "Formula-1"ning "Azerbaijan Grand Prix" trassasidan o'tdik. Ravon yo'llari bo'yida maxsus tribunalar qurilayapti. Yaqin kunlar ichida ozarbayjonlik muxlislar, dunyoning birinchi raqamli poygasidan bahra oladilar.


Nodirxo'ja Yuldashev.

Ozarbayjon, Boku.


Reyting: +4   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика