So’nggi yangiliklar

00:51"Комо" Рафаэль Вараннинг трансферини эълон қилди  2 00:48"Ал Шабаб" "Милан" футболчисини 14 млн евро эвазига харид қилишга тайёр, аммо...  1 00:22"Жирона" "Тоттенхэм" форвардини ижарага олиш бўйича келишувга эришди  0 00:21"Милан" сардори "Галатасарой"ни рад этди. Турк клуби ҳимоячига "Милан"дагидан кўпроқ маош таклиф қилганди  0 23:51"Манчестер Юнайтед" яқин вақтларда Санчонинг тақдирини ҳал қилади  0 23:21"Барселона" собиқ футболчиси "Ювентус"га ўтишга яқин  0 22:55Мбаппесиз: "Реал" АҚШдаги турне учун таркибини эълон қилди  2 22:31"Реал" 2025 йилда Трент ва Дэвис билан текинга шартнома имзолаш устида ишламоқда  4 22:06"Галатасарой" 22 млн еврога РПЛдан ўйинчи харид қилади?  0 21:23"Челси" "Реал" посбони билан шартнома имзоламайди  5 20:56Сержи Роберто "Аякс"га ўтиши мумкин. У "Барса"дан эркин агент мақомида кетади  0 20:31МЮ 25 млн евро эвазига Мазрауининг ўтиши борасида "Бавария" билан келишувга эришди  1 20:04"Атлетико" "Вильярреал" форвардига қизиқмоқда  0 19:32"Тоттенхэм" кореялик ўйинчини трансфер қилди  3 19:07Расман: "Шабаб Ал Аҳли" Азмуннинг трансферини эълон қилди  14

Boks. Sanjar Tursunov Olimpiadaga munosib sportchimi? Yangiliklar

Boks. Sanjar Tursunov Olimpiadaga munosib sportchimi?

Teglar :  Olimpiada-2020Boks
Boks bilan solishtirilsa, muxlislar har doim futbolga nisbatan adolatsizlik qilishadi.

Undagi yutuqlarni inkor qilmoqchimasman, hech kim qilolmaydi. Faqat shuni tushunish kerakki, ikkalasining OAVda yoritilishi orasida er bilan osmoncha farq bor (o'zi bu borada sportning hech qaysi turi o'zbek futboli bilan bahslasholmaydi). Futbolda barcha tanqid qilinadi, undagi kamchiliklar (PFL reglamentidan tortib terma jamoagacha) doimiy ravishda tilga olinadi. Boks jurnalistikasida esa tanqidiy janr yo'q, bo'lsa-da uchratmagan ekanman. 

Qiziq voqea: Boksni yoritadigan do'stim bir hamyurtimizning mag'lubiyati to'g'risida xabar chop qilganida ringga raqibini "g'ajiydigan" kayfiyatda chiqadigan sportchi yangilikni oldirib tashlashga harakat qilgandi. Ochig'i, mag'lubiyatini ommadan yashirishga uringan bokschini ko'rib, kulgim qistadi va tanqidlar bilan yashaydigan futbol ahliga yana bir bor qoyil qoldim.

Xullas, sportning istalgan turida kamchiliklar futbolnikidan ortiq bo'lsa borki, kam emas. SHunchaki, auditoriyaga qiziq emasligi uchun yoritilmasa kerak. 

"Screenshot"da Bektemir Meliqo'ziev nokautga uchragan jangning videolavhasiga yozilgan izohlar aks etgan

Xabaringiz bor, evrofutbolda ham Coca Cola Superligasida tanaffus yuzaga kelgan. Fursatdan foydalanib, barchaning etiborida turgan Tokio Olimpiadasiga to'xtalishga qaror qildim.

O'zbek boksi Rio Olimpiadasida furor ko'targach (3 ta oltin, 2 tadan kumush va bronza), bo'lajak turnirlar favoritiga aylandi. Bu keyin jahon va qita chempionatlarida o'z tasdig'ini topdi. Tokioga yo'l olgan delegaciyamiz tarkibida ham asosiy umid charm qo'lqop ustalariga bog'landi. Yozgi olimpiya o'yinlariga yo'l olgan Marat Qurbonov shogirdlari ro'yxati bilan tanishing:

-52 kg: SHahobiddin Zoirov

-57 kg: Mirazizbek Mirzaxalilov

-63 kg: Elnur Abduraimov

-69 kg: Bobousmon Baturov

-75 kg: Fanat Qahramonov

-81 kg: Dilshod Ro'zmetov

-91 kg: Sanjar Tursunov

+91 kg: Bahodir Jalolov

Afsuski, erkaklar orasida bokschilarimiz ishtirokini boshlab bergan Sanjar Tursunov ilk urinishidayoq musobaqani tark etdi. Terma jamoamizning zafarli yurishlariga o'rganib qolgan ekanman. Yaqinda 23 yoshga to'ladigan atletning mag'lubiyati qattiq tasir qildi va muvaffaqiyatsizlik sababini o'rganishga harakat qildim. 

Biroz qiyin bo'ldi. Yuqorida futboldan boshqa sport turlarida etarli bilimga ega emasligimni tan olgandim. SHu tufayli 3 yillik arxivni o'rganib chiqishga majbur bo'ldim. Va yakuniy xulosa og'ir bo'ldi. Bildimki, Sanjar Tursunov o'z vaznida yurtimizning eng kuchli sportchisi emasmish, hatto hech qachon eng zo'ri bo'lmagan.

Diqqat qiling! O'tgan yilning noyabr oyida o'tkazilgan mamlakat chempionatida 91 kilogrammgacha bo'lgan vazn toifasida Madiyor Saidrahimov tengsiz deb topilgandi. Tursunov final bahsida imkoniyatni boy bergan. Saidrahimov finaldan keyin shunday degandi: 

"Maqsadim g'olib bo'lish edi. Mana erishdim. Tursunovni engdim. O'zimni birinchi ekanligimni his etdim. Bu o'zgacha tuyg'u ekan. Olimpiadaga borib, yurt bayrog'ini baland ko'tarish har bir sportchini orzusi. Agar murabbiylarim menga ham imkoniyat berishsa, ishonchlarini oqlayman".

Biroq, Tursunov bu mag'lubiyatga qadar Olimpiada licenziyasini naqd qilib bo'lgandi. Aniqroq aytsak, u yo'llanmani 2020 yilning mart oyida Iordaniyaning Amman shahrida o'tkazilgan Osiyo/Okeaniya bokschilari uchun Tokio-2020 Olimpiadasiga licenziya taqdim etuvchi musobaqada yutib olgan. Bir qarashda barchasi to'g'ridek. Lekin...

Lekin, shu o'rinda haqli savol tug'iladi. Tursunov licenzion turnirga borish uchun haqli edimi? Murabbiylar shtabi uni qaysi kriteriyalar asosida tanlagan? 

Keling, o'zimiz uchun javob olishga harakat qilib ko'raylik: Ammandagi musobaqaga qadar o'tkazilgan turnirlarga nazar solamiz. 2019 yilning oktyabr oyida o'tkazilgan O'zbekiston chempionatida farg'onalik Jamshidjon Abdullaev tengsiz bo'lgan. U yarim finalda aynan Tursunovdan kuchliroqligini isbotlagandi. Biroq, murabbiylar licenzion musobaqa Abdullaevni yoki finalning 2-ishtirokchisini emas, Sanjarni olib ketishgan.

To'g'ri, Tursunovning xalqaro maydondagi natijalarini inkor qilolmaymiz. Lekin, yuqorida aytganimdek, Sanjar licenzion musobaqa oldidan ham, hozir ham O'zbekistonda eng kuchli emasdi. Har holda, mamlakat chempionatida qayd etilgan natijalar shuni ko'rsatyapti. Bugun Marat Qurbonov boshchiligidagi murabbiylar shtabi Ammandagi turnir uchun Tursunov tanlanganiga uning xalqaro maydondagi yutuqlarini ko'rsatishi mumkin. Ammo, jahon va qita chempionatlariga Sanjarni ringda enggan Madiyor yoki Jamshid olib ketilsa, natija yanada yaxshiroq bo'lishi mumkin edi. Buni hech kim inkor qilolmaydi...

So'zimiz oxirida mazkur holatni futbol misolida tasavvur qilib ko'ramiz. Xabaringiz bor, "Paxtakor" mamlakatning amaldagi chempioni. SHunga qaramay, futbol rahbarlari OCHLda "sherlar" o'rniga "Qizilqum"ning ishtirokini istab qolsa... Bo'ldi, to'xtaymiz. Men bunaqa maynavozchilikni tasavvur ham qilolmas ekanman. Omon bo'ling!

P.s. Yuqoridagi fikrlarning barchasi shaxsiy. Qo'shilmaganlarning qo'shilmaslikka haqqi bor. 

Olimpiada. Startdan oldingi mag'lubiyat yoxud MOQning mantiqni "yig'latgan" qarori (FR blogi)

Muallif :
Reyting: +94   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика