So’nggi yangiliklar

12:13Игорь Сергеев: "Ҳакамларга ўйин борасида жиддий саволлар бор. "Пахтакор-79" билан боғлиқ фожиани унутмаслик лозим"  0 11:58Улуғбек Ҳошимов: "Пахтакор"га қарши биринчи марта ўйнаётганим йўқ"  0 11:27Бобир Абдихолиқов: "Ҳар қандай футболчи асосий таркибда ўйнашни хоҳлайди"  1 11:24Камолиддин Мурзоев: "Навбаҳор" янги футболчиларининг лицензиясини қайтариб олиниши ва очко олиб ташланиши мумкин"  8 11:10Жуд Беллингемнинг қачон сафга қайтиши маълум   0 10:51"Манчестер Юнайтед" яна бир 60 миллион евролик трансферни амалга оширмоқчи  0 10:20Ричард Фрайдей: "Пахтакор" дарвозабонига босим ўтказишга ҳаракат қилдим ва нимадир содир бўлиши мумкинлигини сездим"  2 09:46Жанлуиджи Доннаруммага асосий даъвогар жамоа маълум  6 09:18"Краснодар" сардори фаолиятини АПЛда давом эттиришга яқин  2 08:50Суперкомпьютер Ла лига фаворитлари номини эълон қилди  4 08:24Гарначо МЮ раҳбариятига ультиматум қўйди  9 08:01Пролига. Бугун Қорақалпоғистон дербиси бор  2 07:27Суперлига. Бугун учта учрашув бор  8 07:15Суперлига. "Нефтчи" бир киши кам бўлиб, "Насаф" устидан ғалаба қозонди. "Динамо" эса "Пахтакор" билан дуранг ўйнади  4 01:58"Ман Сити" Макатини 20+ млн фунтга сотиши мумкин. "Ноттингем" билан келишув сўнгги босқичда  0

Boburjon Akbarov: "Ular La Ligada ishlagan katta tajribaga ega murabbiylar" Yangiliklar

Boburjon Akbarov: "Ular La Ligada ishlagan katta tajribaga ega murabbiylar"

"Surxon" sardori Boburjon Akbarov klub matbuot xizmatiga intervyu berdi.

- Bobur, Anxel Peres Lopes boshchiligidagi ispaniyalik murabbiylar shtabi bilan ishlash qanday?

- Ispaniyalik mutaxassislarning tayinlanishi haqidagi xabar menda katta qiziqish uyg'otdi. SHaxsan bu mening faoliyatimdagi ikkinchi holat. Albatta, mashg'ulotlarda shunday kuchli mutaxassislar bilan ishlash futbolchi uchun qanchalik foydali ekanini qayd etgan bo'lardim. Murabbiylar shtabi Ispaniya La Ligasi va boshqa mamlakatlarda ishlagan katta tajribaga ega. Klubda ham, mashg'ulotlar jarayonida ham o'zgarishlar sezilarli bo'ldi. Bu yaqin kelajakda o'z samarasini berishiga ishonaman

- Futbolchilar va murabbiylar shtabi turli tillarda gaplashishi mashg'ulotlar jarayoniga to'siq bo'lmaydimi?

- Men uchun bu qandaydir to'siq emas. Ammo boshqa futbolchilar murabbiylar talablariga tezda moslashib ketishdi. Til to'sig'i haqida gap bo'lishi mumkin emas. Bizga Nodir aka (Yusupjonov – tarjimon), Elyor aka (Uzoqov – klub menedjeri) faol yordam berishmoqda

- Oldinda jamoani AGMKga qarshi Superliganing 4-tur uchrashuvi kutib turibdi. Jamoa chempionat favoritlaridan biri, ammo startda bu jamoa ko'p ochko yo'qotdi. Bunday «g'azablangan» raqib bilan o'ynash qanchalik qiyin bo'ladi?

- Ayni damda ayrim jamoalarning kuchsizligi haqida gapirib o'tirish yaramaydi. Endi barcha jamoalar yangi futbolchilar bilan kuchayib, mavsumga jiddiy tayyorgarlik ko'rishdi. Har bir klub o'ziga xos tarzda kuchli va hozir favorit va autsayderlar reytingi yo'q. AGMK milliy chempionatimiz peshqadamlaridan biri ekanligini hamma biladi. Biz har bir jamoaga qarshi yuqori tempda o'ynashga va maydonda borimizni berishga tayyorlanamiz

- Siz jamoa sardorisiz. Sardorlik bog'ichini taqish sizga bosim o'tkazadimi?

- Sardorlik bog'ichini taqish hatto tajribali futbolchidan ham katta masuliyat talab qiladi. Men allaqachon boshqa jamoalarda sardor bo'lganman va bu qanchalik muhim va masuliyatli ekanini tushunaman. Futbol maydonida va undan tashqarida siz yosh yigitlarga o'rnak bo'lishingiz kerak. Sardor bo'lish xuddi maydonda murabbiy bo'lishdek. Uchrashuv davomida murabbiyning fikrlarini yigitlarga to'g'ri etkazish kerak. Ayni paytda sardorlik bog'ichini taqish men uchun juda sharaf va «Surxon»dek jamoa sardori ekanligimdan faxrlanaman.

Reyting: +2   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика