Boburjon Akbarov Malayziya klubi bilan shartnoma tuzdi
04 jan 2017 13:39
Yangiliklar
Boburjon Akbarov Malayziya klubi bilan shartnoma tuzdi
O'zbekistonlik himoyachi Boburjon Akbarov faoliyatini xorijda davom ettiradi.
2016 yil oliy ligada "Andijon" sharafini himoya qilgan himoyachi Malayziyaning "Kuala-Lumpur" klubi bilan shartnoma tuzdi. Futbolchi premer-liga klubi bilan bir yillik shartnomaga imzo qo'ydi. Boburjon Akbarov o'tgan mavsum oliy ligada 24ta o'yinda maydonga tushib 4ta sariq kartochka olgandi.
O'tgan mavsum "Kuala-Lumpur" Malayziya premer-ligasida (birinchi divizion) 5-o'rinni egallagandi.
Fikrlar