Bobur Zuhriddinov: "Ravshan Ermatov penalti belgiladimi, demak, bor"
09 apr 2016 18:40
Yangiliklar
![](https://championat.asia/upload/storage/204259_original.jpg)
![](/upload/storage/204259_220.jpg)
Bobur Zuhriddinov: "Ravshan Ermatov penalti belgiladimi, demak, bor"
"Ko'rganlaringdek, yaxshi o'yin bo'ldi. Muxlislarga yoqadigan uchrashuv guvohiga aylandik. G'alaba uchun chiqqandik, ammo durangga erishdik. Bizni faqat shu xafa qildi. Tajribasizligimiz tufayli ochkolar yo'qotyapmiz. Lekin o'z o'yinimizni topish uchun murabbiylar shtabi bilan mehnat qilyapmiz. Nasib qilsa, oliy ligada o'rnimizni topamiz. Bugungi o'yinda shogirdlarimning harakatlaridan 200 foiz qoniqdim.
Penalti haqida fikr bildira olmayman. Sababi, o'sha vaziyatda men penalti bo'lgan joydan 80 metr uzoqlikda edim. Ravshan Ermatov penalti belgiladimi, demak, bor. G'alabani ushlab qolish uchun ertaroq himoyani o'ylay boshlaganimizni xato demagan bo'lardim. Boisi, “Qizilqum”dek tajribali raqibga qarshi ochiq o'yin namoyish qilish xato deb bilaman", - deydi murabbiy.
O’xshash yangiliklar
![AMP Logo](https://championat.asia/image/logo-amp.png)
Fikrlar