So’nggi yangiliklar

13:16Расман: "Андижон" ярим ҳимоячиси жамоада қолди  0 12:53"Локомотив"га сербиялик ярим ҳимоячи келади  0 12:25"Сурхон" Ҳамиджоновни "Хоразм"га ижарага берди  2 12:07Бугунги ўйинлар: U-23 Осиё Кубоги очилиш ўйинлари, “Ювентус” сафарда ва бошқалар  3 11:55"Насаф" бор-йўғи 4 ўйинда қатнашган легионер дарвозабони билан хайрлашди  2 11:40"Нефтчи" Анталияда "Шахтёр", "Динамо" Батуми ва "Қорабоғ" билан тўқнаш келади  8 11:22Мбаппе — 2025 йилнинг энг яхши пенальтичиси  5 10:45Раҳимжон Давронов: “Ажойиб муҳит бўлади. Шу томонлама менга қизиқ ва ёқимли бўляпти”  1 10:18"Манчестер Сити" АПЛнинг энг қиммат ҳимоячиларидан бирини сотиб олмоқчи  7 09:51"Локомотив" яна бир собиқ футболчисини ортга қайтаришга яқин  2 09:23"Сурхон" U-21 чемпионати тўпурари билан шартнома имзолади  4 08:57Виталий Левченконинг навбатдаги жамоаси деярли аниқ  13 08:30Расман. Гвардиол узоқ муддатга сафдан чиқди  10 08:04Алижоновнинг трансфери нима учун барбод бўлди?  12 07:45Суперлигадаги трансферлар бир саҳифада  37

Bobur Zuhriddinov: "Petrovning o'zi shu haqida iltimos qilgan" Yangiliklar

Bobur Zuhriddinov: "Petrovning o'zi shu haqida iltimos qilgan"

O'zbekiston kubogi 2-turidan o'rin olgan "Mashal" - "Qo'qon-1912" (3:2) uchrashuvidan so'ng mezbonlar murabbiyi Bobur Zuhriddinov matbuot anjumanida ishtirok etdi.


O'yin haqida

- Avvalambor, "Mashal" jamoasi muxlislarini qiyin g'alaba bilan tabriklayman. Murabbiylar shtabi nomidan yigitlarga minnatdorchilik bildiramiz. Bu haqida kiyinish xonasida ham aytdik, biz bugun g'alabaga 99,9 foiz g'alabaga ishongandik.

- Ikkinchi bo'limda birdaniga ikkita o'zgarish bo'yicha qanday izox berasiz?

- O'tkazib yuborilgan golda 3 ta futbolchi aybdor deb sanamayman. Biz ikkinchi bo'limda o'yinni kuchaytirishimiz kerak edi. Bu rejada bor bo'lgan jarayon va ayni reja ish berdi.

- O'tgan matbuot anjumanlaridan birida Xudoyorxon Sagdullaev borasida keskin fikrlar bildirgandingiz. Ko'rinishidan ushbu futbolchi ancha vaqtgacha maydonga tushmasligi kerakdek edi. Biroq, u keyingi o'yindayoq maydonga tushdi. Buni qanday izoxlaysiz?

- Bilasizlarmi, men jurnalistlarni nega yaxshi ko'raman? CHunki sizlar bizga o'yin borasida bizga o'z fikrlaringizni bildirasizlar. Bu bizga qaysidir manoda tahlil uchun yordam bo'ladi. Bu savolni avvalgi o'yinda ham kutgandim. Menga bu borada uydagi gapni ko'chaga olib chiqilishi qabilida etirozlar bo'ldi. Agar futbolchi o'ynasa, yaxshi o'ynasa, men har qanday etirozga tayyorman. Masalan, Saidmahmudxon G'ulomov gol ura olmayotgani, bugun urdi. Yana Sobit Sindarov ham bor. Siz aytgan Xudoyorxon Sagdullaev bilan biz har uslubda gaplashib ko'rdik. Eng oxirgi yo'l uni ommaga olib chiqish edi, shunday qildik. Xudoyorxon iqtidorli futbolchi, bu borada tegishli xulosa chiqardi. Bugun u golli uzatma berdi, biz undan ayni shunaqa, jamoa uchun foydali o'yin kutayapmiz. Xudoyorxon qanday imkoniyatga ega ekanligini yaxshi bilamiz.

- Zafar Akromov bugun o'yin qaydnomasidan o'rin oldi. Lekin maydonga tushgani yo'q...

- "Navbahor-farm"ga qarshi o'yinda Zafar Akromov engil jarohat olgandi. SHu bois uni zaxiraga olgandik. To'liq tayyor bo'lmagani bois, bugun uni zaruriy vaziyat bo'lish ehtimoli yuzasidan qaydnomaga kiritdik.

- Legioner futbolchi Petrov 5 ta gol urdi. To'purarlik salohiyati bor futbolchi nega zaxirada qoldi? Keyin nega uning goliga stadionda boshqalardan farqli musiqa qo'yiladi?

- Petrov o'tgan o'yinda o'zini yomon his qildi. Ikki kunlik mashg'ulotlarni o'tkazib yubordi. SHu sababdan ham biz uni bugun asosiy tarkibga kiritmadik.

Musiqa borasida, futbolchining o'zi matbuot kotibi bilan gaplashgan. Gol ursa ayni shu musiqa qo'yilishini iltimos qilgan.

Reyting:    

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика