So’nggi yangiliklar

00:50"Бавария" "Ливерпуль"га Диас учун 70 миллион евро ва бонуслар таклиф қилади  0 00:15"Аталанта" Ретегини 65 млн. еврога сотди  2 00:12МЮ "Брентфорд"нинг энг яхши тўпурари Мбемони 65+6 миллион фунтга сотиб олди  3 23:48Сауль Туркияга кўчиб ўтиш фикридан қайтди. Нега?  0 23:13As ўқувчиларининг 72% "Реал" Винисиус билан шартнома узайтиришини хоҳламайди  2 22:45"Реал" ва яна бир қатор жамоалар клублар ўртасидаги ЖЧ ҳар 2 йилда ўтказилишини хоҳлашмоқда, ФИФА эса...  2 22:15Луиджи Ди Бияджо: "Мусобақага қийин ҳолатда тайёргарлик кўрмоқдамиз"  3 21:47"Барселона" 2025 йилда "Камп Ноу"да ўйнай олмаслиги мумкин  3 21:36Дмитрий Плетнёв - "Динамо" футболчиси  4 20:45Назорат учрашуви. "Қизилқум" Про лига жамоасига йирик ҳисобда мағлуб бўлди  0 20:18"Манчестер Сити" "Ньюкасл"нинг 22 ёшли ҳимоячиси учун 65 миллион фунт таклиф қилишга тайёр  6 20:00"Арсенал" ҳимоячиси Саудия Арабистони клублари қизиқишини инкор этди  1 19:38"Манчестер Сити" футболчисини 40 млн еврога сотмоқчи  1 19:16"Сурхон" тажрибали дарвозабонини "Хоразм"га ижарага берди  7 18:55Оливер Кан телевидениега қайтмоқда  3

Bobur Zuhriddinov: "O'ylagan rejalarimiz qisman amalga oshdi" Yangiliklar

Bobur Zuhriddinov: "O'ylagan rejalarimiz qisman amalga oshdi"

Pro liga 19-turidan o'rin olgan “Mashal” – “Andijon (0:0) o'rtasidagi o'yindan keyingi matbuot anjumanida mezbonlar murabbiyi Bobur Zuhriddinov ishtirok etdi.

O'yin haqida

- Bugun jamoamiz futbolchilari 200 foiz kuch bilan harakat qilishdi. Aytaylik, birinchi bo'limda  bizda xato va kamchiliklar kuzatildi. Tanaffusdan keyin tashabbus biz tomonga o'tdi. Zaxiradan maydonga tushgan futbolchilar o'yinni kuchaytirdi. Gol urishimiz bo'lgan vaziyatlardan foydalana olmadik. Birinchi bo'limda bizga, ikkinchi taymda mehmonlarga omad kulib boqdi.

- Mikola Agapov o'yin davomida ko'p xatoga yo'l qo'ydi. Bunga fikringiz qanday?

- Biz aynan shu masalada ishlayapmiz. Aslida Mikola ajoyib futbolchi va potenciyali yuqori. Biroq unga sovuqqonlik etishmayapti. SHu sababli mashg'ulotlarda u bilan ishlamoqdamiz.

- Molochko zaxira olindi. Unga oxirigacha imkoniyat berilsa yaxshi bo'larmidi...

-  Molochkoni zaxirga olishimizga sababi bu o'yin rejamizda bor edi. Biz unga 60 daqiqalik reja qilgan edik. Molochkodan tashqari bizda Said G'ulomov ham bor. u o'yinni kuchaytirishi kerak edi. 

- Xudoyorxon Sagdullaev mavsum boshidan beri o'yinida o'sish kuzatilmoqda. SHunga qaramay, u zaxiradan maydonga tushmoqda.

-  Unda ham xuddi Agapovdagi holat mavjud. Biz murabbiylar shtabi uning ham potencialini yuqori baholaymiz. Zaxiradan maydonga tushayotganiga kelsak, bu o'yinga bo'lgan rejaga bog'liq. Bugun ham u ikkinchi bo'limda o'yinni kuchaytirishi kerak edi va shu sababli zaxiradan maydonga tushdi.

-  Aytingchi, bugun jamoa xato qildimi yoki siz?

-  Bugun men yoki jamoa xato qildi demayman. Jamoada butun murabbiylar shtabi ishlaydi. Qarorni birgina o'zim qabul qilmayman.  Bugun murabbiylar xato qildi demayman. O'ylagan rejalarimiz qisman amalga oshdi. Futbolchilar ham xato qildi demayman.

-  Ko'rinib turibdiki, bugun asosan siz maydon chetida futbolchilarga ko'rsatma berdingiz. Jamoada murabbiy o'zgardimi?

-  Dilyaver akani ozgina mazasi yo'q edi. Natijada, o'yinga 3 kun qolganida qo'shildi. Bunga qadar men yordam berib turgandim. Hozir biz birgalikda ish olib bormoqdamiz.

-  "Mashal" birinchi va ikkinchi davra bahslarida "Andijon"ga yutqazgandi. Bugun jamoa o'yinida o'zgarish ko'zga tashlandimi?

-  Bundan avvalgi o'yinda ham “Mashal” yomon o'ynamagan. Unda men U-19 jamoasida ishlayotgandim. Aytaylik, avvalgi bahsda “Mashal” qaysidir jabhada raqibga yutqazdi, demagan bo'lardim. “Andijon” ham avvalgi bellashuvda yaxshi o'ynagandi.

Reyting:    

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика