So’nggi yangiliklar

10:48Жаҳоннинг энг яхши ҳужумчилар рейтинги тузилди (топ-10)  1 10:03ПСЖ «Бавария» етакчисини текинга қўлга киритиши мумкин  2 09:25Sofascore. Ҳожимат Эркинов ва унинг шериклари «Ал Айн»га қарши учрашувда қандай баҳо олишди?  1 08:47Салоҳ Италия клуби билан музокара олиб бормоқда  8 08:10Жаҳоннинг энг яхши марказий ярим ҳимоячилари рейтинги тузилди (топ-10)  8 07:35«Милан» ҳимоячиси ёзда «Манчестер Сити»га ўтиши мумкин  0 02:50АПЛ. "Лестер" сўнгги 12 ўйиндаги 11-мағлубиятини қайд этди  2 02:40А Серия. "Милан" ғалабани мағлубиятга айлантирди  3 00:59БАА. "Ал Ваҳда" 6 очколик ўйинда ғалабага эришди, Эркинов асосий таркибда майдонга тушди  0 00:36Моуринью дисквалификация қилинди  5 23:40Тарихга назар. Ўзбекистон терма жамоаси мағлуб бўлган пенальтилар сериясини ёдга оламиз  13 23:13Саудия Арабистони ЖЧда ярим финални мақсад қилади  6 22:51Озарбайжон. Ўзбек футболчилари дербисида Раҳмоналиев жамоаси йирик ғалаба қайд этди  3 22:16Гюлер "Реал"дан кетмоқчи эмас  14 21:51Қозоғистон клуби ўзбекистонлик футболчилар трансферини эълон қилди  2

Bobur Zuhriddinov: "Obod"ning o'rtacha yoshi 26ni tashkil etmoqda" Yangiliklar

Bobur Zuhriddinov: "Obod"ning o'rtacha yoshi 26ni tashkil etmoqda"

Teglar :  Bobur Zuhriddinov
"Obod" klubining jismoniy tayyorgarlik bo'yicha murabbiyi Bobur Zuhriddinovning fikrlari bilan qiziqdik.

“Hozirgi kunda futbolchilarimizning jismoniy holati 60-70 foizga mavsumga tayyor holatga kelgan. Lekin bu hali kam. Futbolchilarning bundan uch hafta avvalgi holati yaxshi emas edi. Sekin-asta ularning jismoniy holatini talab darajasiga etkazib olyapmiz. Jismoniy tayyorgarlik birinchi o'rinda bo'lishi kerak. Futbolchining 90 daqiqa bir maromda o'ynay olishi aynan jismoniy tayyorgarlikka bog'liq bo'ladi. Hozir shu ustida ishlayapmiz. Maydonda ham, trenajer zalida ham mashg'ulotlar o'tkazilyapti. Zamonaviy futbol tezkor hujumlarga qurilgan. Hujumga qo'shilgan himoyachining himoyaga tezda qaytishi talab qilinyapti. Ana shu tezkor futbolga mos bo'lish uchun mashg'ulotlar kuchaytirilgan rejimda olib borilmoqda. Tarkibimiz yosh futbolchilardan iborat. Jamoamizning o'rtacha yoshi 26 yoshni tashkil qilmoqda. O'ylaymanki, mavsum boshlanguniga qadar tayyorgarligimiz maromiga etkaziladi”.

Kamoliddin Alimov

Reyting: +3   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика