So’nggi yangiliklar

10:45"Ливерпуль" марказий ҳимоячи учун 90 миллион евро тўлаши мумкин  1 10:18Семеньонинг янги жамоаси маълум (Романо)  1 09:52Рўзиқул Бердиев: "Йигитлар майдонда бор кучларини ишга солишди"  8 09:22"Челси" ва "Манчестер Юнайтед" "Барселона"нинг собиқ ҳужумчиси учун курашмоқда  2 08:55"Манчестер Сити"нинг марказий ҳимоячиси қишда жамоадан кетиши мумкин  3 08:30Элит ОЧЛ. "Ал Иттиҳод" – "Насаф" 1:0  2 08:27Вадим Абрамов: "Таркиб асосини деярли сақлаб қолдик, кетганлар ўрнига янги ўйинчиларни таклиф қиламиз"  3 07:59ОЧЛ 2. Бугун "Андижон" плей-офф йўлланмасини қўлга киритиши мумкин  8 07:30Sofascore. Саудиядаги мағлубиятдан сўнг "Насаф" футболчилари неча баҳо олишди?  1 03:25Англия лига кубоги. "Арсенал" "Кристал Пэлас"ни пенальтилар сериясида мағлубиятга учратди. Ярим финалдаги рақиб – “Челси”  8 01:28Самвел Бабаян: “Бизда бир қатор йўқотишлар бор. Гуруҳдан чиқиш вазифасини бажаришимиз керак”  8 01:10Элит ОЧЛ. "Насаф" "Ал Иттиҳод"га кичик ҳисобда ютқазиб, плей-оффга чиқиш имкониятини йўқотди  66 00:55“Ал Аҳли” бош мураббийи: “Андижон” мусобақа давомида кучли жамоалигини кўрсатди”  1 00:25"Челси" Семеньо трансферидан воз кечди  1 23:55"Милан" Ориги билан шартномани бекор қилганини эълон қилди  1

Bobur Zuhriddinov: "Obod" tez orada "Lester"dek o'ynashni boshlaydi" Yangiliklar

Bobur Zuhriddinov: "Obod" tez orada "Lester"dek o'ynashni boshlaydi"

Oliy liganing 10-tur doirasidagi "Obod" - "So'g'diyona" (2:1) uchrashuvidan so'ng tashkil etilgan matbuot anjumaning ikkinchi qismida mezbonlar murabbiyi Bobur Zuhriddinov ishtirok etdi.


- Bugun "So'g'diyona" jamoasi juda kuchli o'ynadi. Bu jihatni alohida takidlagan bo'lardim. Ular yakka-kurashlarda juda yaxshi o'ynashdi. Biz esa kuchli ishtiyoq evaziga g'alaba qozondik. Tarixiy g'alabani qo'lga kiritganimiz xursand qiladi albatta. Tez orada jamoamizga darvozabonlar murabbiyi keladi. Bu borada ishlar olib borilmoqda. Nomzodlar shunchalik ko'pki, shu sabab hozir aynan kimnidir ajratib ko'rsatolmayman. Dilshod Hamroevni maydonga tushmayotgani hech qanday shaxsiy g'arazim bilan bog'liq emas. Unga g'arazim yo'q. Davronbek Jo'raqulovni ko'rsatayotgan o'yini bizni qoniqtirmoqda. Xatolar bor va busiz iloji yo'q. Agarda Dilshod Hamroev o'yinga to'liq tayyorligini bilsak, o'shanda Dilshodga ham yana imkoniyat beramiz. Alisher Azizov yaqin orada gollar urishni boshlashiga ishonaman. Uni nega maydonga tushiryapman? CHunki Azizov juda yuqori texnikaga ega futbolchi. Uni ko'magi bizga kerak. Tez orada Azizov gollar urishni boshlab yuboradi. Jamoamiz dastlabki turlardagi hujumkor o'yinidan voz kechgani yo'q. Biz shunchaki nafaqat tezkor hujumlar orqali, balki o'z o'yinimizga pozicion hujumlarni ham kiritib boryapmiz. Endi “Obod” nafaqat shunchaki hujum uyushtiradi, balki hujumda to'pni saqlagan holda ikkinchi temp orqali ham oldinga borishga, raqibni to'psiz charchatishga  urinadi. CHunki biz avvalgi o'yinlarda katta kuch bilan hujumga o'tib, to'pni yo'qotgach orqaga qaytishga ulgurmay qolardik. Raqib esa oldingi chiziqda bemalol bo'sh hududlarga ega bo'lardi va bu narsa ularga qo'l kelayotgandi. Bu borada ishlayapmiz. O'yiinimizni yanada sayqallashtirishga urinyapmiz. Buning uchun bizga vaqt kerak. Jamoamiz yana ozgina vaqtdan so'ng, ko'pchilik nazarda tutayotgan “Lester”dek o'ynashni boshlaydi. Buning uchun bizga biroz vaqt lozim.

Reyting: +29   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика