So’nggi yangiliklar

01:56АПЛ. "Челси" дербида "Вест Хэм"ни аямади  5 01:39Франция. ПСЖ яна кичик ҳисобда ғалабага эришди  0 01:29Бундеслига старт олди: мавсумнинг илк ўйинида "Бавария" "Лейпциг"ни янчиб ташлади, Кейндан хет-трик!  5 00:49Бошланғич таркибдаги Палмер нима сабабдан дербида қатнашмаяпти?  0 00:30ЖЧ-2026га қуръа қачон ва қаерда ташланиши маълум!  2 00:10Суперлига. "Андижон" – "Пахтакор" 2:6  0 00:02Акмал Рустамов: "Юзага келган вазиятлардан фойдаланганимизда 3-4та тўп фарқи билан ютишимиз мумкин эди"  2 23:46Илёс Зейтуллаев: "Бунёдкор" ПФЛ тақдим этаётган тақвимни ҳурмат қилади"  0 23:28Байиндирнинг хатосидан кейин МЮнинг режалари ўзгарди  4 22:59Абдурауф Бўриев: "Мураббийлар берган тактикани яхши бажардик"  4 22:30Ҳожимат Эркинов: "Андижонлик мухлисларга раҳмат, яхши атмосфера яратиб беришди"  6 22:08Максим Шацких: "Жамоамизда "Андижон" даражасига мос бўлмаган футболчилар бор"  53 21:58Суперлига. Қизил карточка кўрсатилган ва гол инобатга олинмаган ўйинда "Қизилқум" ва "Бунёдкор" муросага келди  23 21:47Камолиддин Тожиев: "Майдонда ўн киши қолиб ҳам ўзимизни кўрсата олдик"  11 21:03Суперлига. "Бобур Арена"да дарвозаларга 8 та гол урилган оқшомда "Пахтакор" "Андижон" устидан ғалаба қозонди  255

Bobur Zuhriddinov: “Mashal"ni ro'yxatdan chiqarishga shoshmay turing" Yangiliklar

Bobur Zuhriddinov: “Mashal"ni ro'yxatdan chiqarishga shoshmay turing"

Pro-liganing 2-turidan o'rin olgan "Qo'qon-1912" - "Mashal" (1:0) uchrashuvidan so'ng mehmonlar murabbiyi Bobur Zuhriddinov matbuot anjumanida ishtirok etdi.

O'yin haqida

- "Qo'qon-1912" jamoasini g'alaba bilan tabriklaymiz. Jangovor o'yin bo'ldi. Bazi vaziyatlarda mezbonlar, ayrim xolatlarda biz ustunlikka ega bo'ldik. Bu o'yinda durang bo'lishi yoki biz ham yutishimiz mumkin edi. "Qo'qon-1912"da Sanat SHixov "Sehrli tayoqcha" rolida bo'ldi, biz buni hisobga olmagan ekanmiz. 

- O'yin boshlanishidagi majburiy o'zgarish rejalaringizga tasir ko'rsatdimi?

- Albatta, tasir ko'rsatdi. Biz "Qo'qon-1912"ga qarshi jiddiy hozirlik ko'rgandik. Ularning "SHo'rtan"ga qarshi o'yinini ko'rib, ojiz nuqtalarini aniqlashga uringandik. Majburiy o'zgarish qisman bo'lsa ham rejamizga tasir ko'rsatdi.

- Mashhur Muhammadjonovning o'yiniga etirozingiz bormi?

- Mashhur Muhammadjonov o'yinga tayyor emasdi deb ayta olmayman. Botir Nosirov darvozabonlar bilan juda yaxshi ish olib boradi. Biz bugun darvozabonning xatosi evaziga mag'lub bo'lganimiz yo'q. 

- "Dinamo"ga qarshi o'yin bilan solishtirsak, tarkibda 5 ta o'zgarish bo'lgan. Hozirda jamoaning optimal tarkibi tanlab olingani yo'qmi?

- O'tgan o'yinda biz 3 ta to'p o'tkazdik. SHu boisdan ham o'z darajasida o'ynay olmaganlarni almashtirdik. Hozir 80 foiz optimal tarkib aniq. Kichik o'zgarishlar bo'lib turibdi.

Bu yil hech bir jamoani Superliga yo'lida favorit deb ayta olmayman. Kurash qizg'in kechadi. Ishtirokchi jamoalardan 70 foizini asosiy raqib sifatida bilaman. 

Qizil kartochkadan keyin himoyaviy futbol o'ynamadik. Aksincha, hujumkorlikni oshirdik. CHunki 1:0 hisobida yutqazayotgandik, yo'qotadiganimiz yo'q edi, shu bois oldinga bordik.

Alohida aytib qo'yish joiz, siz "Mashal"ni hozir ro'yxatdan chiqarib qo'ymang turing. CHunki oldinda o'yinlar ko'p, kurash endigina boshlandi.

Reyting: +3   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика