So’nggi yangiliklar

10:07"Манчестер Юнайтед" "Барселона" футболчисига 70 миллион евро таклиф қилди  0 09:30Русланбек Жиянов: "Иккинчи таймда ўйинимиз очилди"  1 09:02Жиззахдаги стадион "ёнган" учрашувдан ГАЛEРEЯ  0 08:33Ўртоқлик учрашуви. Ҳусанов майдонга тушган баҳсда "Манчестер Сити" ғалаба қозонди  1 08:04Суперлига. Бугун 16-тур якунланади  1 07:35Лионель Месси жароҳат олди  1 07:05Суперлига. "Бунёдкор" ва "Насаф" сафарда ғалаба қозонди, "Навбаҳор" эса "Динамо" билан дуранг ўйнади  0 06:30Сергей Лушчан: "Омадимиз келиб мағлубиятдан қутулиб қолдик. Жамоанинг 40% йиғиннинг сўнгги кунларида сафимизга келиб қўшилди"  2 03:00Вадим Абрамов: "Агар ўйин натижасини биринчи бўлимдаёқ ҳал қилиб қўйганимизда бундай савол бермаган бўлардингиз"  2 00:26Манише Феликс ҳақида: "Футбол лойиҳаси бўлиб қолди. Шундай клубларда имкониятлар, аммо у ишлашни хоҳламайди"  3 00:06"Интер" ва Нкункунинг агентлари трансфер шартларини муҳокама қилишмоқда  0 23:41Иван Бошкович: "Бугун нимадир ўхшамади"  0 23:14Суперлига. Пенальтидан тўп киритилмаган ва гол ҳисобга олинмаган ўйинда "Динамо" "Навбаҳор" билан жанговар дурангга имзо чекди  112 23:05Рўзиқул Бердиев: "Қарши ҳужум режасини туздик ва бу ўз мевасини берди"  8 22:50Виталий Левченко: "Катта устунликка эришиб якунда мағлуб бўлиш жуда аламли"  18

Bobur Yo'ldoshev: “Yangi mavsumni “Qizilqum”da boshlayman” Yangiliklar

Bobur Yo'ldoshev: “Yangi mavsumni “Qizilqum”da boshlayman”

Bir necha yillardan buyon AGMK safida o'ynab kelgan tajribali himoyachi Bobur Yo'ldoshev yaqinda jamoani tark etdi.

 Unga bir nechta jamoalardan taklif kelib tushgandi. Yakunda markaziy himoyachi “Qizilqum”ga o'tishga qaror qildi. SHu munosabat bilan Boburni qisqacha suhbatga chorladik.

- Bobur, AGMK jamoasining etakchi o'yinchilaridan biri edingiz. Ammo yaqinda “konchilar” jamoasidan ketishga qaror qildingiz. Bu jarayon o'zingizning istagingiz bilan amalga oshdimi yoki sizga klub tomonidan yangi shartnoma taklif etilmadimi?

-O'zimning xohishim bilan AGMK dan ketdim. Klubda qolib yana faoliyatimni davom ettirish bo'yicha taklif bo'lgandi. Ammo men muhitni o'zgartirishga qaror qildim. Fursatdan foydalanib, AGMK jamoasi rahbariyati, bosh murabbiy Mirjalol aka Qosimov, qolaversa jamoaning barcha ishchi xodimlaridan minnatdorman va ularga kelgusida omad tilayman. 


- “Qizilqum” variantini tanlashingizga ko'proq nima sabab bo'ldi?

- Jamoada katta o'zgarishlar yuz berish arafasida. “Qizilqum” bu yil o'z oldiga yuqori maqsadlarni qo'ymoqda. Aynan shu omillar meni Navoiy jamoasiga o'tishimga turtki berdi. 


-AGMKda har yili medallarga ega bo'ldingiz. “Qizilqum” esa Superliganing o'rtamiyona jamoasi hisoblanadi. SHunday ekan, bu jamoaga o'tishingiz ortga tashlangan qadam bo'lmaydimi?

- Buni albatta vaqt ko'rsatadi. Qaerda bo'lsam ham o'z ustimda ishlashdan to'xtamayman. Faqat oldinga intilaman.


- “Qizilqum”da yangi bosh murabbiy ish boshlash arafasida degan xabarlar quloqqa chalinmoqda. Bu klubga sizni kim taklif qildi?

- Hamidjon Aktamovning taklifiga binoan “Qizilqum”ga o'tdim. Ochig'i, men uchun kimning bosh murabbiy bo'lib ishlashi muhim emas. Asosiysi maydonga chiqib, o'z vazifamni bekamu-ko'st bajarib, klub ravnaqiga o'z hissamni qo'shishdir. 

- SHartnoma muddati nechchi yilga mo'ljallandi?

- Hozircha shartnoma shartlarini og'zaki kelishib qo'yganmiz. Tez kunlarda rahbariyat bilan uchrashib, amalda rasman  bir yillik shartnoma tuziladi.


 - Ilgari “Lokomotiv”da tarjribali Islom To'xtaxo'jaev bilan tandem bo'lib o'ynagansiz. “Qizilqum”ga o'tish oldidan u kishining ham maslahatiga quloq tutgan bo'lsangiz kerak?

- Albatta, Islom aka “Qizilqum”da o'ynab kelmoqda. Jamoani ichidan juda yaxshi biladi. SHu sababli u kishining ham maslahatlarini olib, yakunda ushbu jamoaga o'tishga rozilik berdim. 


- “Qizilqum” yangi mavsumga tayyorgarlik bosqichining birinchi qismini qachonday boshlaydi? Umuman olganda, jamoaning rejalaridan xabaringiz bormi?

- Yo'q, hozircha bu bo'yicha batafsil malumotga ega emasman.


- U xolda yangi jamoangiz ixtiyoriga qachon borib qo'shilasiz?

- Yaqin 3-4 kun ichida “Qizilqum” lageriga etib boraman.


Reyting: +2   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика