So’nggi yangiliklar

20:05Суперлига. "Андижон" — "Қўқон-1912" 1:0 (матнли трансляция)  9 19:53Суперлига. "Шўртан" - "Хоразм" (матнли трансляция)  2 19:46МЮ Хейлундни 30 млн фунтга сотишга тайёр  1 18:40Моуринью "Реал" футболчисини нишонга олди  0 17:37Дарвозаларга 4 та гол урилган, футбол шоуга айланган, "Динамо" ғалабани бой берган учрашувдан галерея  0 17:10Икки клуби "Ман Сити" хавбекига кўз тиккан  0 16:44Азизбек Тўлқинбеков: "Нефтчи" кучли эди, лекин бизда ирода ва иштиёқ устунлик қилди"  0 16:21"Арсенал" Жакени ўз сафига қўшиб олмоқчи  0 15:55Амир Тўрақулов: "Жамоа бўлиб ҳаракат қилдик ва шу туфайли ғалабага эриша олдик"  0 15:12"Бунёдкор" "Нефтчи"ни Фарғонада мағлуб этган ўйиндан ФОТОГАЛЕРЕЯ  2 14:32"Реал" испаниялик ярим ҳимоячисини 10 миллионга сотишга қарор қилди  0 14:01Сульшер "Бешиктош"дан кетган тақдирда, унинг ўрнига ким келиши мумкинлиги маълум  1 13:36Муҳим голлар панорамаси: Сардор Абдунабиев яна "Нефтчи"ни жазолади  3 13:03"Лос-Анжелес" Сонга йилига 20 млн доллар таклиф қилди. МЛСда фақат Месси кўпроқ маош олади - 20,45 млн  1 12:35Бруну Фернандеш "Манчестер Юнайтед"да қолади  0

Bobur Yo'ldoshev: "O'yindan o'yinga jismoniy holatimiz yanada yaxshilanib boradi" Yangiliklar

Bobur Yo'ldoshev: "O'yindan o'yinga jismoniy holatimiz yanada yaxshilanib boradi"

AGMK jamoasi Coca Cola Superliganing navbatdagi turida qiyinchilik bilan g'alabani o'ziniki qildi.

Olmaliq shahrida o'tkazilgan "Surxon"ga qarshi uchrashuvda AGMK futbolchilari tartibli harakat qilgan holda o'zi yaratgan vaziyatlarning bittasidan unumli foydalandi. Aniqrog'i, turkmanistonlik Arslanmirad Amonovning so'ngi daqiqalarda jarima zarbasidan kiritgan to'pi o'yin masalasini hal qildi. Bellashuvdan so'ng mezbonlarning tajribali himoyachisi Bobur Yo'ldoshev qisqacha fikrlarini bildirdi.

"Karantindan keyingi ikkinchi uchrashuvimizni o'tkazdik. "Surxon" bilan o'yin oson bo'lmasligini bilardik. Boisi, raqibimiz o'ziga hos xarakterga ega va irodali jamoa hisoblanardi. Ular avvalgi turda hisobda ortda borayotib durang natijani qayd etishgandi. Raqib futbolchilari himoyada zich harakat qilishdi va bizning hujumchilarga imkon berishmadi. SHunday bo'lsada oxirgi daqiqalarda gol urib maqsadimizga erisha oldik. O'yindan o'yinga jismoniy holatimiz yaxshilanib boradi. Bunga shubha yo'q. Bundan buyon qolgan turlarda ham tomoshabinbop futbol ko'rsatishga harakat qilamiz",- deydi Bobur Yo'ldoshev.

Reyting: +2   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика