So’nggi yangiliklar

14:47Париж-2024. Ўзбекистон эртага Доминикан Республикасига қарши кўк либосда ўйнайди  14 14:29Эндрик "Реал" 9-рақамда тўп тепмоқчи. Мбаппе 10-рақамни олгач, у ниятига етишига ишонмоқда  1 14:03Пеп "Милан"га имконият бой берилгач: "Ман Сити" бугун яхшироқ ўйнади"  1 13:36Рожерио Микале: "Мисрликларнинг жанговар руҳи Ўзбекистонни мағлуб этишда ҳал қилувчи роль ўйнади"   23 13:14"Барселона" араблардан максимал равишда кўпроқ пул ишлаб олмоқчи  2 12:46"Севилья" "Интер" ярим ҳимоячисини сотиб олмоқчи  1 12:19Тадич ҳам Саудия Арабистонига кўчиб ўтадими? Унда "Ал Қодисия"дан таклиф бор  1 11:55Ўзбекистон футзал терма жамоаси Тошкентда йиғин бошламоқда — Даврон Чориев сафга қайтди   2 11:34МЮ ҳимоячиси "Вест Хэм"га ўтишга яқин турибди  3 11:09Доминикан Республикаси ОТЖ сардори Ўзбекистонга қарши ўйинни ўтказиб юборади  14 10:44Даврон Ҳошимов иккинчи даврани Суперлигада ўтказади  8 10:10«Сурхон» ўтган йилги легионерини ортга қайтарди  5 09:37«Барселона» «отмен»! Нико Уильямс келажаги борасида бир қарорга келди  7 09:05«Бухоро» «Андижон» футболчиси билан шартнома тузди  2 08:32Ўзбекистон ўсмирлар терма жамоаси Япония билан жанговар дуранг ўйнади  7

Bobur Yo'ldoshev: “Futbolga qaytganimdan juda ham xursandman” Yangiliklar

Bobur Yo'ldoshev: “Futbolga qaytganimdan juda ham xursandman”

Deyarli barcha yosh toifasidagi terma jamoalarda to'p tepgan Bobur Yo'ldoshev ayni damda Toshkentning “Lokomotiv” klubida o'ynamoqda.

Xabaringiz bor, Bobur sog'lig'idagi muammolar tufayli biroz muddat futboldan chetda qoldi. “Temiryo'lchilar”ning himoyachisi hisoblangan Yo'ldoshev sog'lig'idagi muammolaridan halos bo'lib, yana katta maydonda harakat qilmoqda. Biz futbolchi bilan bog'lanib undan faoliyati va oldindagi musobaqalar haqida intervyu oldik.

-  Bilamizki sizning sog'lig'ingiz bilan bog'liq bo'lgan muammolar bor edi. Bunda tushkunlikka tushib qolmaganmidingiz?

-  To'g'ri, yuragim bilan bog'liq biroz muammo bor edi. Toshkentda ko'rikdan o'tgach, Germaniyaga borib butunlay davolanib qaytdim. Futbolchi jarohat olganidan so'ng biroz tushkunlikka tushib qoladi. SHunga qaramay, menga dalda berib, qo'llab-quvvatlab turgani uchun “Lokomotiv” klub raxbariyatiga katta raxmat aytmoqchiman. Jamoaga kerakli futbolchi ekanman, degan fikr xayolimdan o'tdi. SHuning uchun ham tezroq sog'ayib, maydonga qaytdim. Men hech qachon o'z ustimda ishlashdan to'xtab qolmayman. Terma jamoada o'ynashni orzu qilmaydigan futbolchi bo'lmasa kerak. SHifokorlar yozda to'p tepishimga ruxsat berishgandi. Sport formamga kirish olish uchun ham ko'p vaqt sarfladim. Mashg'ulotlar jarayonida kichik jarohatlar ham oldim. Butkul sog'ayib ketishim biroz muddat cho'zilib ketdi. Mavsum so'ngiga kelib murabbiylarmiz menga ishonch bildira boshlashdi. Avvalgi darajamdan ham yuqoriroq bo'lishga va milliy terma jamoadan chaqiruv olish uchun bor kuchim bilan harakat qilaman. Bilasiz, “Lokomotiv”ning darajasi ham past emas. Ushbu jamoada raqobat juda ham kuchli.

-  Andrey Miklyaev va Mirko Yelichich qanday murabbiy?
-  Ko'p murabbiylar bilan birga ishlagan bo'lsam, shu kungacha yomonini uchratmaganman. Mirko Yelichich xorijlik murabbiy bo'lgani uchun ko'proq bizdan natija talab qiladi. Ikkala murabbiyimiz ham talabchan. Jamoaning bu darajaga chiqishida ularning hissasi katta bo'ladi. Har bir o'yinda va mashg'ulotlarda jon kuydirmaydigan murabbiyning o'zi bo'lmasa kerak.

-  O'tgan yili jamoangiz chempion bo'lishi uchun 1 ochko etmagandi. Bu yil esa “Lokomotiv” hozircha  chempionat tugashiga uch tur qolganda jadvalda tshonch bilan karvonboshilik qilmoqda...
-  CHempionatimiz o'tgan yilgiga qaraganda bu yil ancha saviyaliroq o'tmoqda, deb o'ylayman. Kuchli jamoalar ham kerakli ochkolarni yo'qotishmoqda. “Nasaf” bilan bo'lgan o'yinda ham qimmatli bo'lgan 3 ochkoni qo'ldan chiqarishimizga bir baxya qoldi. Bu safar oson o'yin bo'lmayapti. Navbatdagi turda “Qizilqum” jamoasi mehmoni bo'lamiz. Ularning tarkibi ham ancha yaxshi. Nasib qilsa g'alaba qozonib qaytib kelamiz.


-  Bilamizki barcha futbolchilar siz kabi yoshlikdan shug'ullanib, keyin katta futbolga qadam qo'yishgan. Murabbiylarning yosh futbolchilardan natija talab qilishi to'g'rimi?
-  Birinchi navbatda bolalar futbolida ishlayotgan murabbiylarni malakasini oshirish kerak. Evropada bolalar futboli umuman boshqacha. O'rtoqlik o'yinimi yoki rasmiy uchrashuvmi, mag'lubiyatga uchragan jamoa umuman tushkunlikka tushib qolmaydi. Esimda, bolaligimda yomg'ir yog'ayotgan paytda ham o'yin o'tkazardik. Maydonning ahvoli yomon holatga kelib qolardi. To'p tepishning ilojisi bo'lmasdi. Qishki mavsumda yaxshi maydon yo'qligidan faqat jismoniy mashqlar o'tkazardik. Hozir esa suniy maydonlar, zallar bor. Futbol o'ynash uchun barcha sharoit muhayyo qilingan. Bolaligimizda murabbiylar faqat g'alaba uchun maydonga tushamiz, derdi. Bizdan natija talab qilishardi. SHuning orqasidan yosh bolada qanaqadir qo'rquv paydo bo'ladi. Bolalarda agar g'alaba qozonmasak murabbiyimiz bizni koyishi, mumki degan xavotir bo'ladi. SHuning uchun ham o'z o'yinini ko'rsata olmasligi mumkin. O'ylaymanki, yosh boladan natija talab qilib bo'lmaydi. O'sib kelayotgshan yosh futbolchilar uchun ko'proq o'yin amaliyoti kerak. SHunda natija o'z o'zidan ijobiy bo'ladi. Yoshligimda futbol maktabida tahsil olganimda birinchi, ikkinchi va uchinchi tarkib degan narsalar bo'lardi. Menda ham shunaqa vazifyat bo'lgan. Ikkinchi yoki uchinchi tarkibga tushib qolganman. SHundan so'ng biroz tushkunlikka tushganman. O'qishga ham biroz muddat bormaganman. Keyinchalik futbol maktabiga qaytib borganimda, murabbiylardan biri menga “Sendan futbolchi chiqmaydi, boshqa kasbni tanla”, degandi. SHu insonning “bashorati” amalga oshmasligi uchun ham futbolchi bo'lishga qatiy kirishganman, yanada oldinga intilganman. Yanada oldinga intilganman. Inson har qanday to'siqni sabr-qanoat, chidam bilan oxirigacha engib o'tish lozim bo'larkan. Barchasi insonning o'ziga bog'liq. Futbol maktabiga borganimda murabbiyimiz: “Barchangdan futbolchi chiqmasligi mumkin, o'ntadan bittang professional futbolchi bo'lasan”, degandi. Sen yomon o'ynaysan deb bir biringni kamsitmagin, deyishardi.

-  Milliy terma jamoamiz JCH saralash bahslarida yaxshi natija qayd etib, o'z guruhida ikkinchi pog'onada turibdi. Keyingi turda Janubiy Koreya terma jamoasi bilan o'yin o'tkazamiz. Terma jakmoamizning qayd etayotgan natijasi haqida nima deya olasiz?
-  Har bir murabbiyning o'z uslubi bor. Terma jamoa bosh murabbiyi Samvel Babayanning ham o'ziga yarasha uslubi bor. Natija ko'ngildagidekmi, demak,  terma jamoa to'g'ri yo'ldan ketmoqda. Biz ham chetdan turib terma jamoamizga muxlislik qilamiz. Nasib qilsa mundial yo'llanmasini qo'lga kiritamiz. Hozir barcha terma jamoalar bir xil. Ularning orasida katta farq yo'q. O'sha Janubiy Koreyani ham mag'lub etsa bo'ladi. Hamma futbol o'ynashni o'rganib olgan. Yigitlarimiz safardan g'alaba bilan qaytib kelishadi, degan umiddaman. Janubiya Koreyani bemalol mag'lubiyatga uchratsa bo'ladi. Buning uchun barchamiz bunga ishonishimiz kerak.

Jahongir Sotvoldiev suhbatlashdi

Reyting: +1   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика