So’nggi yangiliklar

07:50Суперлига қайтмоқда. Бугун иккинчи даврага старт берилади  0 07:00Бугун Баҳодир, Ҳасанбой ва яна бир неча спортчимиз Париж Олимпиадасида иштирок этади  3 01:45Галлас: "Челси"нинг таркиби ЕЧЛ учун курашадиган даражада эмас"  1 01:21"Лестер"нинг собиқ бош мураббийи вафот этди  1 00:43Элдор Шомуродов "Рома" машғулотларига қайтди  7 00:24"Бордо" янада қуйироққа "жўнатилди"  1 23:59Неймар жароҳатидан тикланиши ҳақида: "Барчасини ташлаб юборгим келади"  0 23:23"Барселона" президентлигига собиқ даъвогар: "Лапорта ёлғон гапирди"  1 22:58Конференциялар лигаси. "Астана" ва "Ордабаси" навбатдаги босқичда!  2 22:19Анчелотти - Роналду ҳақида: "У билан барчаси осон"  3 21:55"Фенербахче" "Фиорентина" футболчисини 10 млн еврога сотиб олмоқчи  1 21:33"Интер"нинг собиқ эгалари Португалия клубини сотиб олмоқчи  0 21:02Арнаутович ҳам Фабрегаснинг шогирдига айланиши мумкин  1 20:40"Челси" Лукаку борасида АПЛ клуби билан келишиб олди  4 20:18"Локомотив" янги футболчиларни таништирди ГАЛЕРЕЯ  0

Bobur Yo'ldoshev: Guruhdan chiqishga ishonmaganimizda bu erga kelmasdik Yangiliklar

Bobur Yo'ldoshev: Guruhdan chiqishga ishonmaganimizda bu erga kelmasdik

O'tgan kuni O'zbekiston olimpiya (U-23) terma jamoasi Osiyo chempionati saralash bosqichidagi ishtirokini boshladi.
27-31 mart kunlari Bangladesh poytaxti Dakka shahrida bo'lib o'tadigan saralash bahslari bir vaqtning o'zida 2016 yili Braziliyaning Rio-de-Janeyro shahrida o'tkaziladigan yozgi Olimpiada o'yinlariga ham saralash vazifasini o'tab beradi. Baxtiyor Ashurmatov jamoasi mazkur saralash bahslarida Suriya, Hindiston hamda mezbon Bangladesh terma jamoalariga qarshi bahs olib boradi.

Dakkaga kelish oldidan olimpiyachilarimiz Vetnam terma jamoasi bilan o'rtoqlik uchrashuvida maydonga tushishdi va bu o'yinda hisob ochilmadi. Bangladeshga ertaroq kelgan terma jamoamiz futbolchilari mahalliy iqlimga moslashish bilan birga tayyorgarlikni ham maromiga etkazishdi. Biz saralash bahslari boshlanishi arafasida terma jamoamizning etakchi himoyachisi Bobur Yo'ldoshevdan intervyu oldik.

- Bobur, tayyorgarliklar qanday bo'lyapti?

- Hammasi joyida. Dakka shahri markazidagi Fars deb nomlangan mehmonxonaga joylashganmiz. Mashg'ulot maydonchamiz ham unchalik uzoqda emas.

- Lekin ijtimoiy tarmoqlarda joylashtirilgan suratlarda mashg'ulot maydonining achinarli darajada ekanligini ko'rish mumkin. Bu haqda qanday fikrdasiz?

- Haqiqatdanam maydonning holati yaxshi emas. Lekin mashg'ulot o'tkazsa bo'ladi (kuladi).

- Boz ustiga suniy maydonda shug'ullanibsizlarmi?

- Mashg'ulotning dastlabki kuni suniy maydonda shug'ullandik. Keyingi ikki kun tabiiy maydon bilan taminlashdi. Bugun (suhbat 24 mart kuni uyushtirilgan, - mual.) esa guruh o'yinlari o'tkaziluvchi markaziy maydonda mashg'ulot o'tkazdik.

- Uchrashuv o'tkaziluvchi maydonning holati yaxshimi?

- Nisbatan yaxshi. Bizning birinchi liga jamoalarining maydoniga o'xshaydi.

- Dakkada ob-havo qanday? Iqlimga moslashish jarayoni yaxshi o'tyaptimi?

- Vetnamdagi havodan ko'ra yaxshiroq. Vetnamda namgarchilik juda yuqori, o'ta dim havo edi. Bu erda ham issiq havo hukmron, lekin u darajada emas. Iqlimga moslashib oldik hisob.

- Suriya bilan Hindiston terma jamoalari ham sizlar turgan mehmonxonaga joylashishganmi?

- Yo'q. Menimcha, bu jamoalar hali Dakkaga etib kelishmadi. Lekin Bangladesh termasi mashg'ulotlarga zo'r bergan.

- Yigitlarning kayfiyatlari qanday? Guruhdan chiqishga ishonyapsizlarmi?

- Kayfiyatlar alo darajada. O'ylaymanki, guruh bahslari yakunlanganidan keyin ham shunday kayfiyat saqlanib qoladi. Albatta, maqsadimiz ham guruh g'olibi sifatida Osiyo chempionatining final bosqichiga yo'llanma olish. Agar guruhdan chiqishimizga ishonmaganimizda, bu erga kelmagan bo'lardik.  

- Nima deb o'ylaysiz, asosiy raqib Suriyami yoki Hindiston?


- Biz uchun Bangladesh ham asosiy raqib hisoblanadi. To'g'ri, tashqaridan qaraganda biz guruhda favoritmiz. Lekin bu bilan xotirjamlikka berilmasligimiz kerak. Kichik xato ham katta ko'ngilsizliklarga olib kelishi mumkin. SHu bois, uchala o'yinga ham xuddi final uchrashuviga chiqqandek tayyorgarlik ko'ramiz va shu ruhiyatda etibor qaratamiz. Asosiy raqibning qaysi jamoa ekanligini esa vaqt ko'rsatadi.

- Bangladeshda futbolga etibor qanday ekan? Oliy liga o'yinlarini ko'rmadinglarmi?


- Bilishimcha, futbolga bo'lgan qiziqish unchalik emas. Buni maydonlarning holatidan ham bilib olsa bo'ladi. Futbolga etibor maydondan boshlanadi. Lekin ishqibozlarning stadionlarga tashrifi chakki emas ekan. Bangladesh terma jamoasining guruh o'yinlariga ko'p tomoshabin kelsa kerak.

- Darvoqe, Vetnam bilan o'yin haqida. O'sha uchrashuvda g'alaba qozonishinglar mumkinmidi? Yoki durang o'yinga xos hisob bo'ldimi?

- Ha, uchrashuvni g'alaba bilan yakunlashimiz mumkin edi. Lekin hamisha ham o'ylagan narsangiz bo'lavermas ekan.

- Bunga nima xalal berdi?

- Endi bu o'yin. Hech narsa xalal bergani yo'q. To'p darvozaga kirmasa qiyin ekan. To'p dumaloq, maydon esa tekis. Futbolda hamma narsa bo'lishi mumkinligi o'z isbotini topdi.

- SHarqiy Osiyo, xususan Vetnamning futbol salohiyati o'sganmi yoki bizga shunday tuyulyaptimi?


- O'zimiz ham g'alaba qozona olmaganimizdan hayratdamiz. Bir tomondan ushbu uchrashuv orqali murabbiylar tarkibni ko'zdan kechirib olishdi. Bu jihatdan Vetnam bilan o'tkazilgan uchrashuv biz uchun foydali bo'ldi, deyish mumkin. Eng asosiysi, Osiyo chempionatining saralash bahslarini muvaffaqiyatli yakunlab olishimiz kerak. Qita chempionatining final bosqichiga chiqib olsak, xatolar ustida ishlashga va ularni to'g'rilashga vaqtimiz bo'ladi. Oldimizda turgan eng oliy maqsad - Rio Olimpiadasiga yo'llanma olishdir. O'ylashimcha, bugunga kelib shakllangan tarkib bilan bu vazifani uddalasa bo'ladi. SHu paytgacha davom etib kelayotgan noxush ananaga chek qo'yishimiz shart.


Reyting:    

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика