Bobur Akbarov: “Andijon”ga bugun g'alaba juda ham kerak”
19 mar 2016 12:04
Yangiliklar
Bobur Akbarov: “Andijon”ga bugun g'alaba juda ham kerak”
Baxtiyor Ashurmatov boshqaruvidagi “Andijon” Jizzaxda “Zomin” bilan kuch sinashadi. Mazkur uchrashuv oldidan “burgutlar” himoyachisi Bobur Akbarov o'z fikrlarini bildirib o'tdi.
-Bugun jamoamiz uchun g'alaba suv va havodek zarur. Negaki bu yilgi chempionatda hozircha g'alaba qozona olmay turibmiz. Ortda qolgan ikki uchrashuvda ham muxlislarimizni xursand qila olmadik. Bugun Kubok bahsi bo'lganligi sabab birinchi liga vakili “Zomin” bilan o'yinda g'alaba kozonib, bu bilan oldinga bir qadam tashlashimiz kerak deb o'ylayman. Yani g'alaba o'zimizga bo'lgan ishonchni yanada mustahkamlab olishda yordam beradi. SHuning uchun bugungi o'yinga ko'p narsa bog'liq. Lekin birinchi liga jamoalariga qarshi o'ynash doimo qiyin bo'lib kelgan. Agar bugun murabbiylarni ko'rsatmalarini maydonda xatosiz bajarsak o'ylaymanki o'z maqsadimizga erishamiz – deydi Bobur Akbarov.
O’xshash yangiliklar
championat.asia
Ла Лига. "Барселона" меҳмонда "Вильярреал" устидан ишончли ғалабага эришди, мезбонлар ўйинчиси 39-дақиқада майдондан четлатилди
"Реал" Абдуқодир Ҳусановни ўз сафига қўшиб олмоқчи
Breaking! Ўзбекистоннинг ЖЧдаги рақиби Португалия Эрон билан ўйнайди
Элит ОЧЛ. "Насаф" "Ал Иттиҳод"га кичик ҳисобда ютқазиб, плей-оффга чиқиш имкониятини йўқотди
Fikrlar