Bobir Abdixoliqov: "Jamoamiz xarakter ko'rsatdi"
04 sen 2022 12:30
Yangiliklar
Bobir Abdixoliqov: "Jamoamiz xarakter ko'rsatdi"
Kecha "Energetik-BGU" Belarus Olyi ligasi 20-turi doirasida "Isloch"ga qarshi bahs olib bordi.
Unda hujumchi Bobir Abdixoliqov dubl qayd etib, jamoasiga g'alabani tortiq etdi.
Uchrashuvdan so'ng "bo'rilar" g'alaba goli muallifi o'z taassurotlari bilan o'rtoqlashdi.
"O'sha paytda meni his-tuyg'ular chulg'ab olgandi. Jamoamiz g'olibning xarakterini ko'rsatdi. Men bundan keyin ham samarali harakatlar bilan ajralib turishni va jamoa cho'qqiga ko'tarilishiga yordam berishni xohlayman", – dedi 25 yoshli forvard.
Malumot o'rnida, Bobir Abdixoliqov joriy mavsum 19 ta gol urib, 5 ta golga assistentlik qildi.
Belarus futbolida tarixni o'zgartirish uchun yana 7ta gol kerak!
Fikrlar