Bobir Abdixoliqov bugun yangi klubi uchun tibbiy ko'rikdan o'tadi
19 fev 2021 14:40
Yangiliklar


Bobir Abdixoliqov bugun yangi klubi uchun tibbiy ko'rikdan o'tadi
O'zbekistonlik hujumchi Bobir Abdixoliqov faoliyatini Ukrainada davom ettirishi haqida xabar bergandik.
Championat.asia sayti malumotiga ko'ra, kecha futbolchi Lvov shahriga etib bordi. Uni klub vakillari kutib olishdi hamda Lvov shahridagi besh yulduzli "Grand Hotel Lviv" mehmonxonasiga joylashtirishdi.
Bugun Toshkent vaqti bilan soat 15:00da Bobir Abdixoliqov "Rux" safida tibbiy ko'rikdan o'tadi. Barchasi yaxshi o'tsa, futbolchi shartnomaga qo'l qo'yadi va bugunning o'zida yangi jamoasi safida mashg'ulot o'tkazadi.
O’xshash yangiliklar

Fikrlar