Boateng yo'l transport hodisasiga uchradi
31 mar 2020 22:43
Yangiliklar
Boateng yo'l transport hodisasiga uchradi
"Bavariya" futbolchisi Jerom Boateng o'zining "Mercedes"ida yo'l transport hodisasiga uchradi.
"TV Oberfranken" malumotiga ko'ra, futbolchi Leypcigga o'g'lini oldiga ketayotgan bo'lgan. Myunxen yaqinida u yo'l chekkasidagi to'siqning ustiga chiqib ketgan. Qayd etish kerak, uning mashinasida yozgi shinalar taqilgan va bu bilan qorli havoda yurib bo'lmasdi. Boatengga hech qanday jarohat etmagan. Biroq avariya 25 ming evro zarar keltirgan.

31 yoshli himoyachi ushbu mavsumda "Bavariya" tarkibida barcha turnirlarda 24 o'yinda qatnashdi va 1 golga assistentlik qildi. Uning klub bilan shartnomasi 2021 yilga qadar davom etadi.
O’xshash yangiliklar
championat.asia
Breaking! Бозоров, Алибоев, Рўзиев ва Холмуродов терма жамоадан чақирув олди
Манба: Абдуқодир Ҳусанов — Осиёнинг 2025 йилдаги энг яхши ёш футболчиси!
АПЛ. Дуранглар оқшоми: байрамдан кейин жамоалар ғолиб бўлишни исташмади
Расман: "Челси" ва Энцо Мареска ўзаро келишув асосида ҳамкорликни тўхтатди
Fikrlar