

Tarkibda "Bavariya" himoyachisi Jerom Boatengga joy topilmadi. Futbolchi murabbiylar shtabi bilan suhbatdan so'ng, dam olishni maqsad qildi. Qaydnomada "Barselona" posboni Mark-Andre ter Shtegen ham yo'q. U elkasidagi jarohatni davolamoqda.
Germaniya terma jamoasi qaydnomasi
Darvozabonlar: Manuel Noyer (Bavariya), Bernd Leno (Arsenal), Kevin Trapp (Pari Sen-Jermen);
Himoyachilar: Mattias Ginter (Borussiya M), Yonas Xektor (Kyoln), Mats Xummels, Niklas Zyule (ikkisi – Bavariya), Tilo Kerer (PSJ), Antonio Ryudiger (Chelsi), Niko Shulc (Xoffenxaym), Yonatan Ta (Bayer);
Yarim himoyachi va hujumchilar: Yulian Brandt, Kay Xavec (ikkisi – Bayer), Yulian Draksler (PSJ), Serj Gnabri, Leon Gorecka, Yozua Kimmix, Tomas Myuller (hammasi – Bavariya), Toni Kroos (Real), Marko Roys (Borussiya D), Sebastyan Rudi, Mark Ut (ikkisi – Shalke), Leroy Zane (Manchester Siti), Timo Verner (RB Leyptsig).




