Boateng PSJ va "Yuventus" bilan muzokara o'tkazyapti
01 iyu 2019 17:01
Yangiliklar


Boateng PSJ va "Yuventus" bilan muzokara o'tkazyapti
"Bavariya" himoyachisi Jerom Boateng shu yozda jamoasini o'zgartirishi mumkin.
30 yoshli futbolchi PSJ va "Yuventus" jamoalari bilan muzokara o'tkazmoqda. Uning myunxenliklar bilan tuzgan shartnomasi yakuniga etishiga yana 1 yil vaqt qolgan. "Bavariya" esa 8 mavsum jamoada o'ynagan futbolchining ketishiga ruxsat bergan.
Futbolchi joriy mavsum barcha turnirlarda 36ta o'yinda maydonga tushib, 2ta assistga erishgan.
O’xshash yangiliklar

Fikrlar