Boateng PSJ va "Yuventus" bilan muzokara o'tkazyapti

Alisher
1 iyun 2019, 17:01
"Bavariya" himoyachisi Jerom Boateng shu yozda jamoasini o'zgartirishi mumkin.

30 yoshli futbolchi PSJ va "Yuventus" jamoalari bilan muzokara o'tkazmoqda. Uning myunxenliklar bilan tuzgan shartnomasi yakuniga yetishiga yana 1 yil vaqt qolgan. "Bavariya" esa 8 mavsum jamoada o'ynagan futbolchining ketishiga ruxsat bergan.

Futbolchi joriy mavsum barcha turnirlarda 36ta o'yinda maydonga tushib, 2ta assistga erishgan.

O'xshash yangiliklar


AlisherMuallif
Manba: The Sun