Boateng bugun "Lion" o'yinchisiga aylanadi

Alisher
1 sen 2021, 11:16
Himoyachi Jerom Boateng faoliyatini "Lion"da davom ettiradi.

Jurnalist Fabricio Romano xabariga ko'ra, francuz klubi 32 yoshli germaniyalik futbolchi bilan ikki yillik shartnoma bo'yicha kelishuvga erishdi.

Futbolchi kecha Lionga uchib bordi va tibbiy ko'rikdan o'tdi.

Boateng o'tgan mavsum 27ta o'yinda maydonga tushib, 2ta gol va 1ta assist qayd etdi.

O'xshash yangiliklar


AlisherMuallif
Manba: twitter.com/FabrizioRomano