So’nggi yangiliklar

12:56Милан Митрович: “Футбол ҳаётга ўхшайди — ҳамма нарса режадагидек кетавермайди”  0 12:50Симоне Инзаги: "Пеп Гвардиола - энг зўри"  0 12:22Исломбек Исмоилов: "Нефтчи"га вилоят ҳокимининг таклифи билан келдим"  3 12:12Рафинья Нико Уильямс ҳақида: "Юқори сифатли футболчи"  1 11:44"Астон Вилла" "Челси" ва "Арсенал" қизиқаётган футболчиси учун 100 млн фунт талаб қилмоқда  0 11:16"CAFA Nations Cup" мусобақасида 8 терма жамоа иштирок этади  4 10:50Винисиуснинг талаблари маълум. Унинг талабларини “Реал“ қабул қилишга тайёр эмас  10 10:20“Рома“ ҳужумчисига Россиядан таклиф бор  0 09:51“Ньюкасл“ Жанубий Корея терма жамоаси аъзоси билан шартнома тузмоқчи  0 09:22“Бавария“га “Ливерпул“нинг икки нафар футболчиси керак  1 08:52Пролига. Бугун Тошкент дербиси бўлиб ўтади  1 08:24Суперлига. Бугун 2 та учрашув бор  9 07:54“Насаф“ етакчисига Қатар ва БААдан таклиф бор  9 07:25Жоэль Кожо фаолиятини Ўзбекистонда давом эттириши мумкин  9 01:47Ансу Фати янги жамоаси учун тиббий кўрикдан ўтди  2

BMB Trade Group va So'g'diyona PFK o'rtasida homiylik to'g'risidagi bitim imzolandi Yangiliklar

BMB Trade Group va So'g'diyona PFK o'rtasida homiylik to'g'risidagi bitim imzolandi

Teglar :  So'g'diyona
Malumki, yurtimizda istiqbolli va iqtidorli futbolchilarni tanlash hamda tayyorlashning samarali tizimini yaratish, milliy terma jamoalar va professional futbol klublari uchun sifatli sport zaxirasini shakllantirish, xalqaro talab va standartlar asosida futbol bo'yicha trener va hakamlarni tayyorlash, qayta tayyorlash va malakasini oshirish masalasiga alohida etibor qaratilmoqda.

Bunda O'zbekiston Respublikasi Prezidentining 2018 yil 16 martdagi «Futbolni yanada rivojlantirish chora-tadbirlari to'g'risida»gi qarori muhim dasturilamal bo'lib kelyapti.

Mazkur qaror ijrosini taminlashda O'zbekiston Respublikasi Turizm va sport vazirligi, Milliy olimpiya qo'mitasi, O'zbekiston futbol associaciyasi, mahalliy hokimliklar bilan bir qatorda mamlakatimizda faoliyat yuritayotgan yirik kompaniyalar, tadbirkorlar ham faol ishtirok etib kelmoqda. Bu futbolimiz rivojiga ijobiy tasir ko'rsatayotgan muhim tendenciyadir.

12 may kuni Jizzax shahrida BMB Trade Group kompaniyasi «So'g'diyona» PFK o'rtasida titul homiyligi to'g'risidagi bitim imzolangani ham shundan dalolat beradi. Ushbu mablag'lar «So'g'diyona» futbol klubining moddiy-texnika va ilmiy-metodik bazasini mustahkamlash, o'quv-mashg'ulotlari jarayonlari sifatini taminlash, bolalar futbolini rivojlantirish, shuningdek, aholining keng qatlamlari orasida futbolni faol targ'ib qilish hamda ommalashtirishga yo'naltiriladi.

Takidlash joizki, bugungi kunda «So'g'diyona» futbol klubi professionallik sari dadil qadam odimlamoqda. Buni klub futbol bo'yicha O'zbekiston superligasida peshqadamlar qatorida borayotgani ham tasdiqlaydi. Klub tomonidan futbolchilar va murabbiylar uchun zarur sharoitlar yaratishga alohida etibor qaratilyapti.

«So'g'diyona» PFK qoshida akademiya, futzal, ayollar klubi mavjud bo'lib, klub o'z bazasida yosh futbolchilarni tarbiyalash, futzal va ayollar futbolini rivojlantirish bo'yicha qator ishlarni amalga oshirib kelmoqda.

Klub katta miqdordagi mablag'lar evaziga xorijdan legionerlarni sotib olgandan ko'ra, o'z akademiyasida mahalliy futbolchilarni tarbiyalab, O'zbekiston terma jamoalariga ham mahoratli charm to'p ustalarini etkazib berishni maqsad qilgan. Zero, Jizzax futbol maktabi Davron Fayziev, Jasur Hasanov, Sardor Rashidov, Aziz G'aniev, SHarof Muhiddinov, Bahodir Pardaev kabi istedod egalarini tarbiyalab bergan.

BMB Trade Group bilan homiylik to'g'risidagi bitim esa klubning ana shu salohiyatini keng yuzaga chiqarishga, Jizzax futboli maktabi imkoniyatlarini kengaytirishga, hududda bolalar futbolini jadal rivojlantirishga xizmat qiladi.





Reyting: +7   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика