So’nggi yangiliklar

17:34Расман: "Навбаҳор" Усмонов трансферини эълон қилди  0 17:20"Хоразм" мураббийи Сергей Токов: "Жаҳон ва Осиё чемпионатларига мослашиб ишлаш — мураббийларнинг тақдири"  0 16:58Гвардиол: "Бу оғир дам, лекин у мени ҳеч қачон синдира олмайди"  1 16:35Расман: Шуҳрат Муҳаммадиев "Локомотив"га қайтди  2 16:21Инсайд тасдиқланди: Озарбайжон клуби Раҳмоналиевни сотиб олди  1 16:01Расман: "Челси"га янги бош мураббий тайинланди  7 15:31Ўзбекистонлик ҳакамлар U-23 Осиё Кубоги 1-тур ўйинига тайинлов олди  0 15:27Аббос Отахонов: “Иложи борича юқори ўринлар учун курашамиз”  1 15:05"Насаф" легионер футболчиси билан хайрлашди  7 14:49"Хоразм" машғулотлари Championat.asia объективида  0 14:30Равшан Ҳайдаров: "Ёш таркиб билан иштирок этишимизга қарамай, мен жамоамизга ишонаман"  8 14:10"Хоразм" Тошкентда тайёрланмоқда  2 13:42"Манчестер Юнайтед" бош мураббий лавозими учун асосий номзодларни белгилаб олди  9 13:16Расман: "Андижон" ярим ҳимоячиси жамоада қолди  3 12:53"Локомотив"га сербиялик ярим ҳимоячи келади  2

Blogerlar chempionati g'oliblarini taqdirlash marosimi bo'lib o'tdi Yangiliklar

Blogerlar chempionati g'oliblarini taqdirlash marosimi bo'lib o'tdi

Joriy yilning 28 may kuni “Poytaxt” biznes markazidagi “Oltin zal” restoranida Blogerlar chempionatining yakuni bo'yicha g'oliblarni taqdirlash marosimi bo'lib o'tdi.
CHempionat O'zbekiston mustaqil bosma ommaviy axborot vositalari va axborot agentliklarini qo'llab-quvvatlash va rivojlantirish jamoat fondi tomonidan tashkil etilgan bo'lib, tadbirda O'zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasi deputatlari, O'zbekiston Jurnalistlari ijodiy uyushmasi, UzInfoCom DUK, Championat.asia nashri, OAV vakillari hamda chempionatda faol ishtirok etgan blogerlar ishtirok etdi.

Blogerlar chempionatining yakuniy natijalari bilan tanishing:

1-o'rin – Salomov Maqsudxon Sohibxon o'g'li (4 million so'm);
2-o'rin – Qarshiev Aziz Rajabovich (2 million so'm);
3-o'rin – Azizov Nosirjon Ravshanjon o'g'li (1 million so'm)

Nominaciya g'oliblari:

1. “Vatanparvarlik mavzusida yozilgan eng yaxshi ish” nominaciyasi g'olibi – Yo'ldoshev Otabek G'ulomovich (750 ming so'm)

2. “O'zbekistonda yoshlar hayotini yoritgan eng yaxshi bloger” nominaciyasi g'olibi – Rustamov Sanjar Saydazam o'g'li (Sanjar Said) (500 ming so'm)

3. “Ijtimoiy muammolarni noodatiy tarzda yoritgan bloger” nominaciyasi g'olibi – Malikov Akrom Abduhamidovich (O'zbek tilining izohli lug'atining 5 ta tomi)

4. “Sog'lom turmush tarzini targ'ib qilgan eng yaxshi bloger” nominaciyasi g'olibi – Fayziev Davron Ahmedjanovich (500 ming so'm)

5. “IT Blog” nominaciyasi g'oliblari (har biriga 2 yil muddatga 500 mb. xosting):

1-o'rin: Xudayberganov Akmal

2-o'rin: Foziljonov Hamza

3-o'rin: SHakirov Ravshan

6. “O'z ishlarida o'zbek tilining imlo qoidalariga amal qilgan eng yaxshi bloger” nominaciyasi g'olibi – Yusupov Iqboljon Abduqahhorovich (O'zbek tilining izohli lug'atining 5 ta tomi)

Tadbirdan lavhalar:


1-o'rinni qo'lga kiritgan Maqsudxon Salomov hozirda Yaponiyada tahsil olayotganligi sababli mukofotni otasi Sohibxon aka qabul qilib oldilar


2-o'rin sohibi Aziz Qarshiev


3-o'rin sohibi Nosirxon Azizov


Taniqli sport sharhlovichisi Davron Fayziev championat.asia nashri rahbari Nodirxo'ja Yo'ldoshev qo'lidan mukofot qabul qilmoqda


Hakamlar Azamat Abdullaev hamda Visola Qarshiboevalar nominaciya g'olibi Sanjar Saidni taqdirlashmoqda


Hakamlar Nozima Murotova hamda Abror Ismoilov


Jurnalistlar ijodiy uyushmasi raisi Ibrohim Halimbekov 3-o'rin sohibi Nosirxon Azizovni taqdirlamoqda


Taniqli blogerlar Baxtiyor Nasimov hamda Evgeniy Sklyarevskiy


Tadbirga tashrif buyurgan bloger va boshqa mehmonlar
Reyting:    

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика