So’nggi yangiliklar

07:59МЛСда трансфер ойнаси қачон ёпилади? "Атланта"нинг Шомуродовни қўлга киритиш учун жуда кам вақти қолди  0 07:30Саудия Суперкубоги. "Ал Ҳилол" камбек қилиб финалга йўл олди. Финалдаги рақиб бугун аниқланади  2 01:16Моуринью бошчилигидаги "Фенербаҳче" ЕЧЛ саралашидан чиқиб кетди  4 01:05"Манчестер Юнайтед" расман Нуссаир Мазрауи трансферини эълон қилди  1 00:44Расман: Маттейс де Лигт – "Манчестер Юнайтед" футболчиси!  6 00:25Футзал. Ўзбекистон терма жамоаси ўртоқлик ўйинида Анголага йирик ҳисобда ютқазди  8 23:58Анчелотти Винисиусга берилган миллиард евролик таклиф ҳақида гапирди  3 23:30Элит лига гуруҳ босқичининг сўнгги иштирокчиси ҳам аниқланди!  6 23:06Футзал. ЖЧ-2012. Илк ўзбек ҳаками, кетма-кет иккинчи марта финалга чиққан Ўзбекистон мураббийи, фалаж ҳолатда қаҳрамонга айланган Фалькао ва либосидаги юлдузлардан маҳрум этилган Бразилия ҳақида ҳикоя қиламиз  0 22:14Қизлар ўртасидаги ЎФА U-17 чемпионатида 29:0 ҳисоби қайд этилди  8 21:51Яна 9 йил? "Челси" асосий футболчиси билан 2033 йилга қадар келишув имзолайди  0 21:26"Ювентус" асосий дарвозабони билан шартномани бекор қиладими?  0 20:55"Навбаҳор", "Локомотив" ва "Металлург"нинг ғалабасиз серияси қачон тугайди? — Суперлиганинг 15-тури ҳақида  4 20:44Расман: "Барса" Араухони АПЛ клубига сотди  5 20:21"Челси" португалиялик "омадсиз" учун 65 млн евро таклиф қилди  2

Blind "Manchester Yunayted"ni mag'lubiyatdan qutqarib qoldi Yangiliklar

Blind "Manchester Yunayted"ni mag'lubiyatdan qutqarib qoldi

Angliya chempionatining 8-turidan o'rin olgan "Vest Bromvich" - "Manchester Yunayted" uchrashuvi tafsilotlari bilan ushbu sahifa orqali tanishib borishingiz mumkin.
APL, 8-tur.

"Vest Bromvich" - "Manchester Yunayted" 2:2

Bosh hakam
: Mayk Din.

Gollar
: Sessegnon (8), Fellayni (48), Beraxino (65), Blind (87).

"Vest Bromvich"
: Mayxill, Visdum, Leskott, Dauson, Pokonogli, Morrison, Dorrans, Gardner, Brunt, Sessegnon (Mulumbu, 86), Beraxino.

"Manchester Yunayted"
: De Xea, Rafael, Jons, Roxo, SHou, Blind, Errera (Fellayni, 46), Yanuzay, Mata (Falkao, 72), Di Mariya (Yang, 76), van Persi.

Ogohlantirishlar
: Morrison (39), Blind (84), Roxo (90).


                                   MATNLI TRANSLYACIYA
                                               YANGILASH



"Vest Bromvich" - "Manchester Yunayted" (2:2) o'yinidan olib borgan reportajimizni yakunlaymiz. Doimo sog' va salomat bo'ling, Aziz futbol muxlislari! Keyingi o'yinlarda saytimiz orqali ko'rishguncha! Etiboringiz uchun tashakkur!


UCHRASHUV YAKUNLANDI!


90` Roxo qo'pol o'ynadi. Ogohlantirish.


90` Fellayni, Falkao, Yanuzay......


90` Blind!!!!!!!!!!!!!!! Zarbaaaa!!! Himoyachi to'p yo'liga to'g'anoq bo'lmoqda....


90` Blind!!!
Burchak to'pidan keyin raqib himoyachilari to'pni qaytarishdi, Blind esa qaytgan to'pga zarba berdi. Bu safar noaniq.


90`
Uchrashuvning asosiy vaqtiga 4 daqiqa qo'shib berildi.


90`
Burchak to'pi. MYU uchun imkoniyat!


88`
Jarima maydonchasi oldidan Blind to'pni darvozaga joylab qo'ymoqda, 2:2! CHiroyli gol! Ajoyib ijro!


87` GOOOOOOOOOOOOOOOOOOOOOOOOOOL! BLIND! 2:2!


87` "Vest Bromvich"da o'zgarish. 
Sassegnon o'rniga Mulumbu tushirildi.


86`
Fellayni o'yinan tashqari holatda qolib ketdi...


85`
MYU bor etiborini hujumga qaratishga majbur. Vaqt o'tib bormoqda...


84`
Blind qo'pol o'ynadi va raqib hujumini to'xtatib qoldi. Ogohlantirish.


83`
Blind bugun maydon markazidagi o'z xatolari bilan ko'zga ko'rinmoqda.


81`
Lyuk SHou! Nihoyat ushbu futbolchi foydali ishga qo'l urgandi. Qanotdan yorib kirib to'pni Robin van Persiga tashlab bergan vaziyatda raqib himoyachisi aniq harakat qildi va o'z vaqtida xavfni qaytardi.


80`
Radamel Falkao maydonga tushgan. Lekin ko'rinmayapti.


79`
"Manchester Yunayted" navbatdagi hujumni tayyorlayapti. Lekin raqib himoyasini yorib o'tish oson kechmayapti.


77`
De Xea darvozasi tomon zarba. Noaniq.


76` Di Mariya maydonni tark etmoqda. Eshli Yang o'yinni davom ettiradi.


75` ROBIN VAN PERSI!!!!!!!!!!! Darvoza ustuni!!!!!!
"Manchester Yunayted" hisobni tenglashtirishga yaqin kelgandi. Qaytgan to'pga zarba bergan Yanuzay esa mo'ljalda adashdi.


73` Xuan Mata o'z o'rnini Radamel Falkaoga bo'shatib bermoqda.


72`
Maydon egalari endi shoshilmasdan to'pni bir-birlariga uzatib o'tishibdi. Bunga haqlari ham bor...


70`
Bugun "Manchester Yunayted" himoyachilariga ko'p ham ish topilmayapti. O'zi ikki bor aniq hujum uyushtirildi va o'sha ikkala hujumda ham "qizil iblislar" himoyachilari hech qanday chora ko'ra olishmadi.


69`
Lui van Gal yana o'zgarishga qo'l uradigan ko'rinadi. Bu safar Radamel Falkaoni yordami zarur?


67`
Fil Jons va Rafael bu vaziyatda Beraxinoni ko'zdan qochirishgan edi...


66`
Mana senga hujum va gol! "Manchester Yunayted" himoyasi "uxlab" qoldi. Beraxino maydon markazi oldidan darvozabon bilan yakkama-yakka chiqib bordi va darvozani osonlik bilan ishg'ol qildi, 2:1.


65` GOOOOOOOOOOOOOOOOOOOOOOOOL! BERAXINO!


65`
Robin van Persi jamoasi foydasi uchun ishladi. Ishlab olingan burchak to'pidan esa "qizil iblislar" unumli foydalana olishmadi.


64`
Maydon egalarining hujumi uzilib qoldi. Beraxino bu vaziyatda to'pni oldirib qo'ydi.


63`
"Vest Bromvich" to'p nazoratini o'z qo'liga olib, vaziyatni yumshatmoqchi bo'lmoqda.


61`
Di Mariyaning jarimadan etkazib bergan to'pini himoyachilar bartaraf etishdi.


60`
De Xea ikkinchi bo'limda hali ishga kirishgani yo'q.


58`
Di Mariyaning burchak to'pidan tepgan to'pi to'g'ri darvozaga borayotgandi. Mayxill bu vaziyatda xatoga yo'l qo'ymadi.


57` XAVFLI VAZIYAT!!!
"Manchester Yunayted"! Rafaelning qanotdan uyushtirgan "reyd"ini yakunlab qo'yadigan futbolchi topilmadi.


55`
Fellayni maydon markazini o'z qo'liga olgan. Birinchi bo'limda etishmagan etakchi futbolchi ikkinchi bo'limda paydo bo'ldi. Buni Lui van Gal his eta oldi.


54`
"Manchester Yunayted" o'z hujumlari bilan raqibni "bug'ib" qo'ymoqda! Mata! Xuan Mataning yo'llagan zarbasi biroz kuchsiz va noaniq chiqdi.


53`
Maruan Fellaynining maydonga tushishi "Manchester Yunayted" o'yinini kuchaytira oldi.


51` Fellayni!!!!!!!!!
Belgiyalik futbolchi hozir jamoasini hisobda oldinga olib chiqishi mumkin edi...


49`
Hozirgina zaxiradan maydonga tushgan Fellayni "qizillar"ni xursand qilmoqda. Jarima maydonchasi oldida to'pni qabul qilib olgan belgiyalik futbolchi bir urinishda himoyachini ortda qoldirdi va ikkinchi urinishda kuchli zarba bilan darvozani ishg'ol etdi, 1:1. Bu vaziyatda raqib posboni imkonsiz edi...


48` GOOOOOOOOOOOOOOOOOOOOOOOOL! FELLAYNI!



48`
"Manchester Yunayted" ikkinchi bo'limni hujumkorlik bilan boshladi. Burchak to'pi.


46`
"Manchester Yunayted" safida o'zgarish. Errera o'rniga Fellayni maydonga tushdi.


46` Ikkinchi bo'lim boshlandi!


45` Birinchi bo'lim tugadi. TANAFFUS!


44`
Maydon egalari o'yinni o'z jarima maydonchasi oldidan uzoqlashtirishdi.


43`
Leskott! Jarima zarbasidan etkazib berilgan to'pga boshi bilan zarba berdi. Noaniq.


43`
Fil Jons jarima maydonchasi oldida qoidani buzdi. Jarima zarbasi.


42`
"Manchester Yunayted"da o'yinni o'z qo'liga oladigan futbolchi ko'rinmayapti.


40`
Mata jarima zarbasini o'zi amalga oshirmoqchi bo'ldi va uning tepgan to'pi juda noaniq chiqdi.


39`
"Manchester Yunayted" uchun qulay imkoniyat. Xavfli nuqtadan jarima to'pi.


38`
"Bromvich" futbolchilari o'z jarima maydonchalari oldida juda zich joylashib olishgan.


37`
Birinchi bo'lim ham asta-sekin yakunlanib qolmoqda. Hozircha mehmonlar javob to'pini kirita olishganicha yo'q.


35`
De Xea ancha vaqtdan buyon ishsiz qoldi. O'yin asosan mezbonlar jarima maydonchasi atrofida kechmoqda.


33`
Maydonda teng kurash kechmoqda. Mezbonlar hozircha yaxshi himoyalanishmoqda. Lui van Gal jamoasida esa vaziyatga nuqta qo'yadigan futbolchi topilmayapti.


31` Anxel Di Mariya!!!!!!!! Ajoyib zarba! Mayxill!!!!
Argentinalik futbolchi jarima maydonchasi atrofidan kuchli va aniq zarba yo'lladi. Lekin "Vest Bromvich" posboni bu vaziyatda jamoasi joniga oro kirdi. 


30`
"Manchester Yunayted"ning tashkil etgan hujumi besamar yakunlandi. Robin van Persining jarima maydonchasiga etkazib bergan to'piga Mata zarba bera olmadi. Keyinchalik Yanuzay hujumni rivojlantirmoqchi bo'ldi. Lekin bu ham samara keltirmadi.


29`
Mezbonlar o'yin tempini tushirishmoqchi. To'pni ko'proq o'zlarida saqlab qolgancha raqib futbolchilarini "sovutishmoqda".


27`
Maydon egalarining har bir oldinga borishi xavfliroq chiqmoqda. "Yunayted" esa ko'p vaqtni raqi jarima maydonchasi oldida o'tkazmoqda. Ammo aytarli golli vaziyatlar yaratishda esa raqibidan ortda qolmoqda. Hisob ham shunga yarasha, 1:0.


25`
Ueyn Runining yo'qligi sezilmoqda desak mubolag'a bo'lmaydi. Jamoani o'z ortidan ergashtira oldigan futbolchi ko'rinmayapti. Di Mariya faol, yaxshi o'ynamoqda. Lekin u hali jamoa etakchisi bo'lib ulgurmagan. Robin van Persi ko'rinmapti.  Xuan Mata ham o'zidan kutilgan faollikni namoyish etayotgani yo'q.


24`
UHHHHH! "Vest Bromvich"!!!! Beraxino to'pga zarba berishga biroz kech qoldi. Sal bo'lmasa hisob ikkiyu-nolga etishi mumkin edi....


23`
Robin van Persi hozircha hech nimasi bilan esda qolmayapti. Gollandiya terma jamoasi sardori bugun uncha faol emas.


22`
Rafaelning qanotdan jarima maydonchasiga oshirib bergan to'pini Mayxill ushlab oldi va xavfni bartaraf etdi.


21`
"Vest Bromvich" to'pni o'z nazoratiga oldi. "Yunayted" futbolchilari esa pressing uyushtirishmoqda.


19` Di Mariya!!!!! 
Argentinalik futbolchining darvoza tomon tepgan kuchli zarbasini Mayxill ushlab oldi.


19`
"Manchester Yunayted"ning ashaddiy raqibi "Manchester Siti"ning sobiq himoyachisi Leskott himoyada ishonchli harakat qilmoqda.


18`
Burchak to'pi tepgan mehmonlar ushbu standart vaziyatini o'z foydalariga yakunlay olishmadi.


17`
"Manchester Yunated"ning hujumi! Di Mariya to'pni xavfli tarzda jarima maydonchasi ichiga oshirib berdi. Bu vaziyatda raqib himoyachisi to'pni maydon tashqarisiga chiqarib yubordi.


16` Beraxino!!!
"Manchester Yunayted" himoyasida muammo emas, juda katta muammolar bor! Lyuk SHouning xatosi hozir jamoasiga qimmatga tushishi mumkin edi...


15`
Yanuzay o'ng qanotda to'pni yo'qotdi. Bu safar Adnan Yanuzay jamoasi hujumini rivojlantira olmadi.


13`
O'tkazib yuborilgan golda Di Mariya va mehmonlar himoyachilarining aybi katta bo'ldi. Raqib osonlik bilan to'sig'ni yorib o'tdi va o'z niyatiga erishdi. CHamasi 17 metrlardan berilgan zarbani De Xea qaytirishga ojizlik qildi.


11`
"Manchester Yunayted" burchak to'pini amalga oshirdi. Lekin ushbu standart vaziyati samar keltirmadi. Di Mariyaning jarima maydonchasi tomon oshirib bergan to'piga hech kim zarba bera olmadi.


10`
O'tkazib yuborilgan goldan so'ng qoni qaynagan mehmonlar tezda hujumga o'tishdi.


9`
Di Mariya oddiy vaziyatda to'pni yo'qotdi. "Vest Bromvich" jamoasi yon chiziqdan to'pni o'yinga kiritdi va o'ng qanotdan rivojlantirilgan hujumni Sessegnon o'zining aniq va kuchli zarbasi bilan samarali yakunladi, 1:0.


8` GOOOOOOOOOOOOOOOOOOOOOOL! SESSEGNON! 1:0!


8`
Di Mariya oddiy vaziyatda to'p oshirishda xatoga yo'l qo'ymoqda.


7`
"Manchester Yunayted" to'pni raqibdan olib qo'yishga erishdi. Asta-sekinlik bilan ular raqib jarima maydonchasi oldiga yaqinlashishmoqda.


5`
Lui van Gal jamoasi hozircha bor etiborini himoyaga qaratishga majbur bo'lmoqda.


4`
O'tgan vaqt ichida ustunlik mezbonlar tarafida bo'ldi. O'ng qanot bo'ylab uyushtirilgan hujumlarni "Manchester Yunayted" himoyachilari bartaraf etishdi.


3`
To'p maydon egalarida. Ular o'z jarima maydonchalari oldida bir-birlariga to'pni oshirib, yangi hujumga tayyorgarlik ko'rishmoqda.


2`
Ajoyib start! Tezlik yuqori! "Vest Bromvich" o'yinni hujum bilan boshlamoqda" Sessegnonning faolligi mehmonlar himoyasini tashvishga soldi.


1` UCHRASHUV BOSHLANDI! Har ikkala jamoaga ham omad tilab qolamiz...



-
Uchrashuv boshlanishiga deyarli barcha narsa tayyor. Faqatgina hakamning xushtagi qoldi...


-
Jamoalar maydonga chiqib kelishmoqda...


-
Tunni tun deb uxlamayotgan muxlislar haqqi-hurmati "qizillar" bugun o'z muxlislariga g'alabani taqdim etishiga tilkdoshmiz. "Vest Bromvich"ga esa omad tilab, uchrashuvni yanada qiziqarliroq bo'lishiga o'z hissasini qo'shadi deb umid qilamiz.


-
"Manchester Yunayted" jamoasi muxlislariga bir savol bilan bog'lanamiz. Bugungi o'yindagi dastlabki golni kim kiritadi, sizningcha? Qani kim zukkoroq ekan...


- "SHaharda qizillar" degandek, saytda faqat "qizillar"ku, a?


- Uchrashuv boshlanishiga sanoqli daqiqalar qolmoqda...


-
Assalomu alaykum qadrli futbol ishqibozlari! Angliya futbol ishqibozlari va xususan "Manchester Yunayted" muxlislarini saytimizga chorlab qolamiz. "Vest Bromvich" - "Manchester Yunayted" uchrashuvidan matnli onlayn reportajimizni boshlaymiz. Uchrashuvni Siz bilan birga kamina SHahboz Beg'amov kuzatib boradi va o'yindagi eng qaynoq vaziyatlarni klaviaturalarni shaqillatgan holda yozib boradi.

- Uchrashuv soat 23:55da boshlanadi.


Reyting:    

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика