So’nggi yangiliklar

13:50Энрике: "Ҳайратланарли томоша кўргингиз келса "Дю Солей Цирки"га боринг"  0 13:426+4+3. Кузги имтиҳондан яхши ўтдик  0 13:16Родри Пеп ва Симеоне ўртасидаги фарқни айтди  0 12:11"Реал" 11 ойдан бери "Бернабеу"да 15 млн. евро даромад келтириши кутилаётган бар-ресторанни очолмаяпти  0 11:39Пети: "Анчелотти ва яна бир неча футболчилар Мбаппе "Реал"га ўтишини хоҳламаганига ишончим комил"  14 10:54Аморимнинг МЮдаги илк трансфери бразилиялик футболчи бўлиши мумкин  1 10:20Кейн Холландга тегишли бўлган Бундеслига рекордини янгилади  2 09:47Лунин А Серияга кўчиб ўтиши мумкин  1 09:11Goal мундиал фаворитлари рўйхатини янгилади. ТОП-10да ўзгаришлар бор  6 08:45Аморим «Манчестер Юнайтед»да нималарни ўзгартириш кераклигини айтди  1 08:18Sofascore. «Ал Ваҳда» дуранг ўйнади. Ҳожимат Эркиновнинг ҳаракатлари неча баҳога лойиқ кўрилди?  3 07:46Суперлига. Бугун турнинг қизиқарли баҳсига гувоҳ бўламиз  5 03:00Франция. ПСЖ "Тулуза" дарвозасига 3та гол урди  0 03:00Бундеслига. "Бавария" йирик ғалабага эришди, Кейндан хет-трик  1 01:47Арне Слот: "Гвардиоланинг қолишидан хурсанд бўлдим"  0

Blatter va Platini mojaro girdobida Yangiliklar

Blatter va Platini mojaro girdobida

Yuz bergan hodisa haqida.


Seshanba kuni Cyurixda shu holat yuzasidan FIFA ijroiya qo'mitasi yig'ilishi o'tkazildi. Unda yuzaga kelgan mojarolar sababli tashkilot uchun prezidentlik saylovini 26 fevraldan oldinroqqa surish masalasi ko'rib chiqildi. UEFAda o'tgan hafta bo'lib o'tgan yig'ilishda shov-shuvli biror voqea yuz bermadi. Futbol federaciyalar rahbarlari Platinini aybsizligini isbotlash uchun kurashda qo'llashlarini malum qilishdi.

FIFA etika qo'mitasi Platini futboldagi har qanday faoliyatdan 90 kunga chetlashtirish haqida qaror qabul qilgan. Platini olgan pullar 2011 yil uning Blatterga prezidentlik saylovlarida ko'rsatgan yordami uchun berilgani haqida shubhalar bor.

“Aftidan, men FIFA prezidentlik saylovlarida kurashishda davom etaman. Bu balchiqqa aloqador bo'lish sharmandalik. Meni hammasidan ko'ra biz xuddi bir iflos olamda ekanimiz asabiylashtirmoqda. Mojaro sababli ko'p ovozlarni yo'qotdim deb o'ylamayman. Meni yaxshi biladigan insonlar oynaga xotirjam boqishimni yaxshi bilishadi. Mag'lubiyatga uchrashni yoqtirmayman. Ayniqsa, mavjud bo'lmagan qandaydir mojaro tufayli”, - deb takidlagan Platini.

Blatterning maslahatchisi va “Goal” loyihasida FIFA vakili bo'lib faoliyat yuritgan Platini JCH-1998 tashkiliy qo'mitasida tekinga ishlagani va ungacha “Real”dan tushgan taklifni rad etgani to'g'risida malumot bergan. Madridliklar o'shanda unga bo'sh chekni yuborishgan va maoshini o'zi yozib olishi mumkinligi haqida aytishgan. Mishel bu gaplarni u pulga muhtoj bo'lmaganini isbotlash uchun aytib o'tgan. Qolaversa, Blatter ish taklif etganda maoshni qaysi valyutada to'lashni Yozefning o'ziga qoldirgan.

SHartnoma yozma tuzilmagan, lekin kelishuv og'zaki tarzda tuzilgan. O'shanda Platinining uzoqroq vaqt muzokara olib borish uchun agenti yoki huquqshunosi bo'lmagan. U Blatter bilan jentlmenlik kelishuviga rozi bo'lgan. Qolaversa, SHveycariya qonunchiligida og'zaki va yozma kelishuvlar teng kuchga ega ekani to'g'risida bilgan.

Lekin Platini o'sha vaqtda yiliga 300 ming frank olgan holda keyinchalik qarz miqdorini 2 millionga teng deb bilgan. U esa o'sha vaqtda yiliga o'zini 500 ming frank maosh olgan deb o'ylab, FIFAga 2 million frank uchun to'lov qog'ozini yuborgan. 10 kun ichida hisob raqamiga pul kelib tushgach, Mishel o'sha puldan soliqlarni to'lagan. Aynan shu holat unga asqotishi mumkin. CHunki noqonuniy pullarni odatda ko'pchilik yashirishga harakat qiladi.

Platini shuncha mojarolarga qaramay, Blatter bilan birga ishlagan davri haqida yorqin xotiralarni eslashini takidlagan.

“U meni siyosiy tomondan o'ldirishni istayotgan bo'lsa ham birga ishlagan davrimizdan yorqin xotiralar qolgan. Hozir FIFAga futbol uyi mavqeini qaytarishga qodir yagona insonman. Biroq har safar unga yaqinlashgan sari xuddi Ikar quyoshga yaqin borgandek bor vujudim kuyib ketadi”.

O'z navbatida Yozef Blatterning yaqin do'stlaridan biri bo'lgan Kristian Konstanten Franciyaning “Ekip” nashri muxbiri bilan suhbatlashishga rozi bo'ldi. Unda SHveycariyaning “Son” futbol klubi rahbari bo'lgan Konstanten FIFAga uzoq muddatdan buyon boshchilik qilib kelayotgan Blatterning sirlarini ochib tashlab, jahon futbol tashkiloti aqldan ozgani xususida malumot berdi. Intervyuda juda qiziqarli fikrlar keltirilgan.


Kristian KONSTANTEN: “IKKI MILLION FRANK – PLATININING XASISLIGI VA BLATTERNING AXMOQLIGI HAQIDA HIKOYA”

- Hozir Blatter qanday kayfiyatda yuribdi?

- U bilan o'tgan hafta muloqot qildim. Hozir FIFAda barcha narsa qulamoqda. Zepp uchun bu hokimiyatining tugashini bildiradi. Lekin u hali hammasi tugamagan deb o'ylayapti. Uning rejasi federaciyalarga tasir ko'rsatish orqali saylovgacha Platinidan boshqa nomzodni qoldirmaslik edi. Keyin esa Mishelning o'zini etika qo'mitasidan foydalangan holda tamom qilishi lozim bo'lgandi. SHunday qilib, Platini nomzod bo'la olmagach, saylovlar va bu ishlar tamom bo'lardi. Zepp bu xaosda yashab ketgan yagona odamga aylanardi.

- Demak, uning g'oyasi shunday ediki, Platinini turli malumotlar yordamida chetga chiqarish edi, masalan, uning hisobiga o'tkazilgan 2 million frank singari, shundaymi?

- Aslida g'oyaga ko'ra, Platini, SHampan va boshqa nomzodlar saylovlarda etik jihatlar tufayli qatnasha olmasligi lozim edi. SHuning uchun shunday xabarlar chiqib kelishi ko'zda tutilgandi. Misol uchun, FIFAdan 2 million frankning chiqib ketishi. Bu tashkilotni amerikalik huquqshunoslar jazolash uchun jiddiy tekshirib yotishibdi. CHunki AQSH jahon chempionati o'tkazish huquqini olmadi va ular Qatarga ovoz berganlar bilan hisoblashishni xohlashadi. Platini ham bu ro'yxatda bor. Blatter mundial 2018 yil Rossiya, 2022 yil AQSHda o'tishini xohlagandi. Bunda u ushbu musobaqalarni futbol xalqaro holatga ijobiy tasir ko'rsatishi uchun rejalashtirgandi. Buning uchun Isroil va Falastin o'rtasida o'rtoqlik uchrashuvlari tashkil etish mo'ljallangandi. Uning orzusi – Nobel mukofoti sohibiga aylanish! U rostdan ham o'zini salkam Rim Papasi kabi hisoblaydi. U allaqachon bulutlarda uchib yuribdi. Hal qiluvchi vaziyat birato'la ikki chempionat uchun mezbonlikning tanlanishi bo'ldi. Platini AQSHga ovoz berishga vada bergandi. Biroq Qatar Evropa uchun mazaliroq oziqqa aylandi.

- Blatter o'zini qulash kutayotganini taxmin qila olmasdi, shundaymi?

- Bugun hammasi xuddi “Titanik”da bo'lgandek. Lekin Zepp hamon o'ziga hisob bermayapti. U o'zini oqlashlari va unda barchasi o'xshashi haqida o'ylayapti. U hamon o'z rejalariga etibor qaratgan: qolganlarni yo'q qilish va hokimiyatda bir o'zi qolish. Zepp ham Mishel singari aqldan ozgan.

- Uning qizi Korinna uni reallikka qaytarishga urinmayaptimi?

- Ha, albatta, Korinna uni himoya qilishga intilmoqda. Dam olish kunlari Cyurixga kelib, Zeppni yolg'iz qoldirmaslikka harakat qilyapti. U otasi bilan do'stlardek gaplashmoqda, men ham shunday qilaman. Biroq eshitishni istamaydiganlar bilan gaplashish qiyin. SHu bilan birga unga qolishi kerakligi haqida gapiradigan doira mavjud. Futbol faoliyatidan chetlashtirilgan kunning ertasiga u bilan bir stakandan viski ichdik. Unga aytdim: “Zepp, senga idoradan ketish kerak bo'ladi”. U shunday javob berdi: “Ular menga ishlashni taqiqlashyapti. Demak, kofe ichib, televizor ko'raman, lekin o'z xonamda qolaman”.

- Undan xavotirdamisiz?

- Ha. Ayniqsa, barchasi boshlangan may oyida. Uni himoya qilish uchun nimadir qilishga urindim. Bunday hokimiyat darajasida odamlar faqat o'z miyalari bilan o'ylashmaydi. Bunday yuqori lavozimli shaxslar bir vaqtning o'zida bola va tegib bo'lmaydigan insonlardir. 2011 yil FIFA jinoyatchilar tashkiloti ekani haqida gapirgandim. Unda futbolni tushunmaydigan, yaxshilik va yomonlik o'rtasida farq ko'rmaydigan odamlar ishlashadi. O'shanda Platinisha o'tkazilgan 2 million frank – bir insonning xasisligi va boshqasining axmoqligi haqida voqeadir. Mishelga kelsak, uning uchun FIFA prezidenti kreslosi unga juda buyuklik qiladi.

- Blatter oxirgi kunlarda nimalar bilan band?

- Bir necha kun oldin unga bu tizim bilan barchasi tugagani, futbol uchun o'zini himoya qilishi, biroq ketishi kerakligini aytdim. Biroq bu inson shu ish uchun hayotini qurbon qildi. Barchasi qulasa va u yashaydigan shaharda gazetalar “Blatter tamom” sarlavhasi ostida maqolalar chop etsa, unga juda og'riqli bo'ladi. Qayg'uli, axir bu inson hayotining botishidir. Platiniga bag'ishlab, “Frans Futbol” chop etgan sarlavhalarni ko'rganda ham shuni his qildim. Biroq bu haqiqat. Umuman olganda, Mishel va Zepp insoniylik tarafdan bir xil – aybsizlik va o'sishni istashi bo'yicha. Biroq ularning ikkalasi ham g'oyib bo'lishdi.


Behzod NAZAROV tayyorladi.

Reyting:    

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика