Blatter: "Ronaldu bilan o'rtamizda hech qanday muammo yuq"
09 noy 2013 21:16
Yangiliklar

Blatter: "Ronaldu bilan o'rtamizda hech qanday muammo yuq"
FIFA prezidenti Zepp Blatter tomonidan portugaliyalik yulduzning ustidan kulish ohangidagi so'zlari keltirilgan video lavhaga qaramay, Krishtianu Ronaldu bilan yaxshi munosabatlarini saqlab qolishga umid qilmoqda.
"Ronaldu bilan o'rtamizda hech qanday muammo yuq. "Oltin to'p" taqdirlash marosimida men, uni hech nima bo'lmaganday kutib olaman" - dedi Blatter.
Eslatib o'tamiz, bir necha kun avval Krishtianu Ronaldu "Oltin to'p" taqdirlash marosimiga bormoqchi emasligi haqida xabarlar tarqalgandi. Qiziq, agarda portugaliyalik "zambarak" marosimga bormasa, prezident janoblari uni qanday qilib kutib olar ekanlar?

Fikrlar