Blan: "Qurada PSJni qanchalik omadi kelganini ikki o'yin natijasidan so'ng bilib olamiz"
17 dek 2014 15:15
Yangiliklar


Blan: "Qurada PSJni qanchalik omadi kelganini ikki o'yin natijasidan so'ng bilib olamiz"
PSJ bosh murabbiyi Loran Blan CHempionlar ligasining 1/8 finali qurasidan so'ng, parijliklarning keyingi bosqichdagi raqibi "CHelsi" haqida o'z fikrini bildirib o'tdi.
"Guruhda ikkinchi o'rinni oldik va kuchsizroq jamoa bilan uchrashish imkoniyatini qo'ldan boy berdik. Qanchalik omadimiz kelganini ikki o'yin natijasidan so'ng bilib olamiz. "CHelsi" kuchli klubligiga shubha yo'q. O'tgan mavsumda "ko'klar"ga gol ura olmagandik va o'shandan beri londonliklar ancha kuchayishgan" - deydi Blan.

Fikrlar