Blan: "PSJ" bu mavsumda 4ta sovrinni qo'lga kiritganidan faxrlanaman"
31 may 2015 18:45
Yangiliklar


Blan: "PSJ" bu mavsumda 4ta sovrinni qo'lga kiritganidan faxrlanaman"
PSJ bosh murabbiyi Loran Blan parijliklar Franciya Kubogini qo'lga kiritganidan mamnun.
PSJ bu mavsumda Franciya Kubok va Superkubogi, mamlakat chempionati va Franciya liga Kubogida g'alaba qozondi.
"Franciya Kubogi finalida nimani eslab qoldim? PSJ g'alaba qozonganini. Yomon emas, to'g'rimi? O'yinni tahlil qilishni istamayman. Asosiysi - biz sovrinni qo'lga kiritdik. O'yinni yaxshi o'tkazgan "Oser"ni ham tabriklayman.
PSJ bir mavsumda 4ta sovrin qo'lga kiritganidan faxrlanaman. Ammo juda qiyin bo'ldi" - deydi Blan.

Fikrlar