So’nggi yangiliklar

00:49"Интер" Депайга таклиф юборди  3 00:22Дуглас Коста "Флуминенсе"ни тарк этди  2 23:45Куртуа — жирафа, Рюдигер — псих, Менди — генерал. "Реал Мадрид" футболчилари бир-бирларини қандай чақиришади?  4 23:28"Барселона" Фликни бош мураббий сифатида таништирди  12 23:01Ўзбекистонлик ўсмирлар Японияни тор-мор этди  8 22:44Париж-2024. Ўзбекистон ОТЖ легионери терма жамоа ихтиёрини вақтинчалик тарк этди  17 22:22Ўртоқлик ўйини. Бразилиялик футболчини кўрикдан ўтказаётган "Динамо" "Бунёдкор"ни мағлуб этди  6 22:05"Ювентус" ўз футболчисини "Борнмут"га 18 миллион еврога сотади  1 21:48"Реал" Кепа эвазига Лунинни "Челси"га қўйиб юборишга тайёр  2 21:31Гвардиола "Реал Мадрид" футболчилари "Олтин тўп"га фаворит эканлигини айтди  20 21:14Франциянинг 6 карра чемпиони профессионал клуб мақомидан маҳрум қилинди  5 20:57УEФА Евро-2024 ўйинларида мухлисларни ирқчилик ва камситувчи хатти-ҳаракатлари учун етти давлатни жаримага тортди  3 20:30Назорат учрашуви. Ўзбекистон U-21 терма жамоаси Суперлига клубига ютқазди  2 20:13Париж-2024. Рақиб футбол жамоаси машғулот майдонига дрон учирган мамлакат ходимлари турнирдан четлатилди  0 19:55Азмун БАА клубига ўтади  13

Biznes yakun Yangiliklar

Biznes yakun

Teglar :  Transfer
1,38 MLRD. EVRO QANDAY SARFLANDI? Yozgi transferlar kampaniyasining biznes yakuni.

Evropa futbolining bu galgi transferlar jarayoni bir qator etiborga molik natijalarni taqdim etdi. Xaridlar masalasida ayniqsa, Angliya premer-ligasi klublari alohida ajralib turishdi. Doimgidek. Etibor qarating, ingliz jamoalari transferlar uchun jami 1,38 mlrd. evro sarflashdi. Bu APL uchun yangi rekorddir. Avvalgi yuqori ko'rsatkich atigi 1,027 mlrd. evroga teng edi. Aytish joiz, Britaniyaning boyvachcha klublari bu rekordni muddatidan oldin yangilab qo'ya qolishdi. Yani yozgi savdolar birjasi yopilishiga 6 kun qolgan vaqt yangi rekord o'rnatildi. Xaridlar bobida bunday hotamtoylik qilingani sababi barchaga ayon - APL klublari yangi TV-shartnoma tufayli misli ko'rilmagan darajada boyib ketishdi. Axir ular yaqin 3 yil ichida deyarli 5 mlrd. funt olishadi. SHunday bo'lgach, xaridlarga tortinmay qo'l uraverishadi-da. Qarang, APL klublari bozorda A seriyasi (700 mln. evro) va bundesliga (538 mln. evro) vakillarining umumiy xarajatlaridan ham ko'proq mablag' sarflashdi. Primero jamoalari esa inglizlarga nisbat olib aytganda, yangi futbolchilar xaridi uchun arzimas chaqa ajratishdi - 463 mln. evro.

13 - APLda ishtirok etuvchi shuncha klub o'zining transfer rekordini yangiladi. MYU, Tottenxem, Vest Xem, Lester, Bernli, Sautgempton, Sanderlend, Bornmut, Suonsi, Vest Bromvich, Kristal Pelas, Xall Siti, Uotford - bu jamoalar o'z tarixlaridagi eng yirik xaridga qo'l urishdi.

105  - Manchester Yunayted Pol Pogba uchun aynan 105 million evro sarfladi. Natijada francuz yigiti jahon futboli tarixidagi eng qimmatbaho o'yinchi maqomini oldi. Bungacha Garet Beyl transferi uchun 103 mln. evro (ayrim manbalar malumotiga ko'ra, bu summa biroz kamroq) to'lagan Real mutlaq rekordchi bo'lib turgandi. Qolaversa, ikkinchi yirik xarid ham Qirollik klubiga tegishli edi - Krishtia­nu Ronaldu uchun 94 limon to'langan. Aytgancha, Pogbaning bozordagi narxi aslida 70 mln. evroni tashkil qilardi. Biroq Yuventus rahbariyati MYUning ancha ko'p to'lashga qodirligini tushunib, narxni sezilarli darajada ko'tarib oldi.

213 - Manchester Siti transferlar uchun naq 213 million evro ajratdi. SHuncha mablag' hisobiga Jon Stouns, Leroy Sane, Ilkay Gyundogan, Gabriel Jezus, Nolito, Klaudio Bravo, Marlos Moreno, Xeronimo Rulli, Aleksandr Zinchenko va Pablo Mari sotib olindi. Xullas, oxirgi transferlar kampaniyasida aynan shaharliklar bosh xaridor rolini bajarishdi. Yani hech bir klub Manchester Sitichalik ko'p pul sarflamadi.

31 -  Mino Rayola yozgi transferlar mavsumida naq 31 mln. evro topdi. Birinchi raqamli futbol agenti nomiga davogar Mino Manchester Yunaytedning 3ta yirik kelishuvi (Pol Pogba, Genrix Mxitaryan va Zlatan Ibragimovich)ga bosh sababchi o'laroq, shuncha ulush oldi. Aniqroq aytsak, agentga Pol Pogbaning 105 mln. evroli transferidan 20 limon tegdi. Genrix Mxi-taryanning Dortmund Borussiyasidan o'tish operaciyasi esa agentni 8 mln. evroga boyitdi. U shuningdek, erkin agent sanalgan Zlatan Ibragimovichning qizil iblislar safiga qo'shilgani uchun klubdan 3 mln. evro miqdorida komission ulush undirdi.
 
90 - Yuventus hujumchi Gonsalo Iguain uchun Napoliga 90 million evro to'ladi. SHu tariqa argentinalik Italiya chempionati tarixidagi eng qimmatbaho futbolchiga aylandi. Bungacha reytingni Parmadan Lacioga 55 million evro evaziga o'tgan argentinalik yana bir hujumchi Ernan Krespo boshqarib turgandi.

95 - Rossiya premer-ligasi vakillari transferlar davrida jami 95 mln. evro sarflashdi. Aksariyat jamoalar erkin agentlar bilan kelishuvga erishib, ancha mablag'ni tejab qolishdi. Qizig'i, Rubin kutilmaganda, eng ko'p xarajat qilgan jamoa bo'ldi. Qozonliklar Maksim Lestenn va boshqalar uchun 40 mln. evro to'lashdi. Xaridlar masalasida ikkinchi o'ringa joylashgan Zenit 20,5 mln. evroli xarajat bilan cheklandi. Piterliklar shuning barobarida  80 mln. evroga futbolchi sotishdi. Yani Xalk (56 mln.), Esekel Garay (20 mln.) va Kristian Ansaldi (4 mln.) transferi uchun shuncha olishdi.

16077 - Germaniyada aynan 16077ta transfer amalga oshirildi. Tabiiyki, bu birgina bundesliga emas, barcha professional ligalarning umumiy ko'rsatkichi. Transferlar soni bo'yicha ikkinchi yuqori natija italyanlarga tegishli - 5696ta kelishuv. Avstriya jamoalari esa 3721ta transferga qo'l urib, uchinchi yuqori ko'rsatkichni qayd etishdi.

678 - Italiya A seriyasi ishtirokchilari umumiy hisobda 678 million evroga futbolchi sotishdi. Bu Evropa milliy chempionatlari uchun eng yuqori natijadir. Taqqoslaydigan bo'lsak, Rossiya oliy divizionida ishtirok etuvchi 16ta jamoa yozgi transferlar chog'i savdolardan 130 mln. evro oldi. Boz ustiga, bu mablag'ning naq 80 millioni bitta klub - Zenitga tegishli.
 
12356 - yozgi transferlardan naq 12356tasi bir kun - 1 iyulda rasmiylashtirildi. Transferlar bozorining oxirgi sanasi 31 avgustda esa  937ta kelishuv amalga oshirildi.

A.AHMEDOV tayyorladi

Reyting: +6   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика