So’nggi yangiliklar

12:07Пике Ламин Ямалнинг майдондаги хатти-ҳаракатларини эътироф этди   0 11:40Хоселу: "Карвахаль "Олтин тўп"га лойиқ"  0 11:16Яқин ўтмиш юлдузи Хуан Мата "яшил қитъа"га йўл олди  0 10:55Футзал. Бугун дунёнинг энг кучли термасига қарши баҳс олиб борамиз  5 10:27Футзал. Парагвай терма жамоаси Тошкентга етиб келди  1 09:55Жаҳон чемпиони Роналдунинг жамоадошига айланиши мумкин  13 09:26"Реал Мадрид"нинг яна бир асосий таркиб футболчиси ФИФА кунларида жароҳат олди  4 09:10Миллатлар лигаси. Португалия - Хорватия, Роналду терма жамоа сафидаги 131-голини урди  3 08:58Дахшатли нархлар. "Барселона" мухлисларга футболкаларни тарихдаги энг қиммат нархларда сотмоқда   4 08:30ЖЧ саралаши. Аргентина - Чили, Аргентина ўз уйида йирик ғалаба қозонди, Ди Мария терма жамоа билан хайрлашди  4 08:26Машариповнинг голи, Юсуповнинг қаҳрамонлиги. Ўзбекистон - КХДР учрашувидан ГАЛEРEЯ  3 07:59Роналду: "Португалиянинг Евро-2016даги ғалабаси жаҳон чемпионатидаги ғалабага тенг"  32 07:28Миллат қаҳрамонлари! ФИФАнинг энг кучсиз жамоаси тарихида илк бор расмий учрашувида ғалаба қозонди  8 01:47Миллатлар лигаси. Роналду 900-голини урган ўйинда Португалиядан ғалаба ва бошқа натижалар  8 01:10Сенсация! Манчинининг Саудияси Индонезияни мағлуб қила олмади  6

Bizga qanday futbol kerak? (Oxirgi paytlarda yuz berayotgan voqealar tasirida yozilgan maqola) Yangiliklar

Bizga qanday futbol kerak? (Oxirgi paytlarda yuz berayotgan voqealar tasirida yozilgan maqola)

Darhaqiqat, bizga qanday futbol kerak?

Hujumkormi, himoyaviymi, taktikmi, teknikaga asoslanganmi yoki bo'lmasa hammasini bir chetga surib qo'yib mojaroli voqealarga boy futbolmi?

Endi bu har kimning o'ziga bog'liq. Har kimga turlicha futbol yoqadi va bu borada bahslashmagan maqul. Biz yaxshisi, oxirgi paytlarda ro'y berayotgan holatlar bo'yicha fikr yuritamiz. Kecha bo'lib o'tgan Toshkent derbisida "Paxtakor" o'z maydonida "Bunyodkor"ga qarshi bahs olib borib, 1:0 hisobida g'alaba qozondi. Bu o'yin ikkala jamoa uchun ham birdek muhim edi, negaki o'rtaga Osiyo chempionlar ligasi yo'llanmasini beruvchi ikkinchi o'rin uchun kurash tikilgandi. 

Bungacha jamoalarni ikki ochko ajratib turgandi. "Paxtakor"da 47, "Bunyodkor"da 45 ochko bor bo'lib, kechagi g'alabadan so'ng "Paxtakor" ochkolar sonini 50taga etkazib oldi. Endi oradagi farq beshtaga etdi. CHempionat tugashiga to'rtta tur qolganini inobatga olsak, keyingi o'yinlar yanada qiziydi. Ammo kechagi bellashuv ham juda muhim edi.

O'yin bir qator vaziyatlarga boy bo'ldi. Gol 84-daqiqada urilgan bo'lsa, ungacha 63-daqiqada tezkorlik bilan jrima maydonchasi ichiga kirib borgan "Bunyodkor" hujumchisi SHahzod Nurmatov "Paxtakor" darvozaboni Aleksandr Lobanov tomonidan yiqitildi, biroq hakam penalti qo'ymadi. Qaytanga bosh hakam yiqilgan futbolchi simulyaciya ishlatdi deya unga sariq kartochka ko'rsatdi. 

Keyinchalik 67-daqiqada hakam to's-to'polon ichida gol bo'ldi deya yo'q golni hisobladi. Ammo shu zahoti yordamchisi bilan gaplashib olgach, golni bekor qildi. Hisob 0:0 ligicha qoldi. 84-daqiqaga kelib baribir "Paxtakor" gol urdi. Garchi gol "ofsayd"dan kiritilgan bo'lsa-da, hakamlar uni hisoblashdi. Natijada o'yin 1:0 hisobida maydon egalarining g'alabasi bilan tugadi. 

"Paxtakor"ning "Qo'qon-1912" va "Buxoro" bilan bo'lgan uchrashuvlaridagi kabi bu o'yinda ham hakamlar o'yin tizginini qo'ldan chiqarib yuborishdi. Hatto "Qo'qon-1912"bilan kechgan bellashuvdan so'ng to'liq hakamlar brigdasi, qo'shimchasiga hakamlar nazoratchisi ham mavsum oxirigacha chetlatildi. Vaholanki, o'yinda asosan qanot hakami Bahodir Bahromov xatoga yo'l qo'ygandi. 

"Paxtakor" - "Qo'qon-1912" uchrashuvida hakamlarga qo'yilgan bahoni yodga olamiz: 

Hakamlar: Vadim Agishev (Toshkent) – 8,4, Nabi Ro'zimov (Toshkent) – 7,7, Bahodir Bahromov (Toshkent) – 7,6, Asker Najafaliev (Toshkent) – 9.

Nazoratchi: Igor Nexochin. 

Endi "Paxtakor" - "Bunyodkor" bahsida hakamlarga qo'yilgan bahoni keltirib o'tamiz: 

Hakamlar: Aziz Asimov (Toshkent) – 7,8, Aleksandr Sidorov (Toshkent) – 8,0, Doniyor Saylavov (Toshkent) – 4,0, Akobir SHukrullaev (Toshkent) - 8.

Nazoratchi: Farhod Abdullaev.

SHu o'rinda savol tug'iladi: kechagi o'yindan keyin yana butun boshli brigada futboldan chetlatiladimi? Bu haqda hozircha O'FFning qarori chiqqani yo'q. Lekin shunisi aniqki, kecha qanotda hakamlik qilgan Doniyor Saylavov aniq chetlatiladi. CHunki unga ikki baho qo'yilgan. 

"Paxtakor" - "Qo'qon-1912" uchrashuvida qanot hakamining xatosi qolgan hakamlarniyam o'z ortidan tortib ketgandi. Kechagi bahsdayam shunga yaqin holat bo'ldi. Lekin O'FF qarori qanday bo'ladi? Buni kuzatish qiziq albatta. Buxorodagi o'yinda ham hakamlarga yuqori baho qo'yilmadi. Malumot uchun ularning ham bahosini keltirib o'tamiz. 

Hakamlar: SH. Qosimov (Toshkent) - 7,0, T. Galeev (Toshkent) - 6,0, A. Po'latov (Toshkent) - 7,5, I. Ibragimov (Nukus) - 8.

Nazoratchi: R. Serazetdinov (Toshkent).

Buxorodagi o'yinda "Buxoro" darvozasi tomon belgilangan penalti ko'plab tortishuvlarga sabab bo'ldi. Lekin O'FF bu borada hech narsa demaganini hisobga olsak, demak hakamlar o'yinni yaxshi boshqarib, penalti to'g'ri belgilangan. Lekin baribir o'sha uchrashuvdagi hakamlikni alo deb bo'lmaydi. 

O'yin paytida chiqqan xabar 

Kecha derbining ikkinchi bo'limi davom etayotgan bir paytda O'FF saytida Noil Lutfulin ishdan ketgani haqida xabar chiqdi. Noil Lutfulin bungacha Hakamlar boshqarmasi boshlig'i lavozimida ishlab kelayotgandi, boshqacha aytganda har bir tur o'yinlariga hakamlarni qo'yish bilan shug'ullanardi. 

26-tur bahslariga hakamlar belgilanishida Noil Lutfulinning qo'li borligini taxmin qilish qiyin emas. CHunki u kecha ishdan ketdi, hakamlar esa ancha oldin malum bo'lib ulgurgandi. Ammo eng qizig'i shundaki, Lutfulin kechagi derbida komissar vazifasini bajardi. Va ajablanarlisi, komissar bo'lib butun o'yin davomida nima ish qildi hayronmiz. Negaki Lutfulin ikkinchi taymda media-tribunada yuzaga kelgan tartibsizlikni na nazorat qildi, na kelib ko'rdi. Katta ehtimol bilan u kishi bu paytda VIP lojada bo'lgan.

"Paxtakor" hakamlar yordamiga muhtojmi? 

"Paxtakor" shundoq ham kuchli tarkib va Evropadan kelgan murabbiyga ega. Jamoa shundoq ham oliy ligadagi istalgan klubni mag'lub etishi mumkin. Ammo oxirgi o'yinlarda hakamlar "yordami"ni ham inkor eta olmaymiz. To'g'ri, "Paxtakor" chempionlar ligasi uchun harakat qilmoqda va buning uchun qolgan hamma o'yinlarni yutishga majbur. Lekin oxirgi uch uchrashuvdagi g'alaba ko'plab muhokamalarga sabab bo'ldiki, bundan ko'z yumib bo'lmaydi. "Paxtakor"ga ayniqsa Namangandagi mag'lubiyat og'ir botdi va keyingi bellashuvlardan boshlab barcha raqiblarini yuta boshladi. 

Endi savol tug'iladi: nima uchun biz g'alaba qozonayotgan boshqa jamoalarni gapirmayapmiz? Masalan, nima uchun matbuot va ijtimoiy tarmoqlarda "Lokomotiv"ning yoki bo'lmasa "Nasaf"ning g'alabasi muhokama qilinmaydi? "Loko"ni ko'ryapmiz, raqibga umuman imkon qoldirmay shartta gollarni urib tashlayapti. SHuningdek, "Nasaf" ham ikkinchi davrada boshqacha o'yin ko'rsatmoqda. "Bunyodkor" hamon kuchayishga erishish davrini boshdan o'tkazyapti. Lekin nimaga bu klublar gapirilmayapti? 

Nega derbiga Ravshan Ermatov qo'yilmadi?

Noil Lutfulin ishdan ketishini bilgan ekan, nima uchun turning markaziy o'yiniga Ravshan Ermatovni qo'ymadi? Yoki Hakamlar boshqarmasi uchun "Neftchi" - "Qizilqum" bahsi birinchi raqamli bo'lib qoldimi? Savol tug'iladi: Ermatov bu yil hisobidan "Paxtakor"ning birorta o'yinini boshqarganmi? 

Bu borada statiskani ko'rib chiqdik: bitta o'yinni boshqargan ekan. "Dinamo" - "Paxtakor" 0:0. Ravshan Ermatov shu o'yinda 9,0 ball olgan. Unga hech qanday etiroz bo'lmagan. Demak, o'z ishini zo'r bajargan. 

Biz juda yaxshi bilamiz, "Paxtakor" qanday shonli tarixga ega ekani-yu, jamoaning doim kuchlilar qatorida bo'lib kelganini. Faqat oxirgi paytlardagi mojaroli voqealar nima uchundir aynan "Paxtakor" ishtirokidagi o'yinlar bilan bog'liq bo'lib qolayotgani kishini ajablantiradi. O'ylashimizcha, rahbariyat bu borada zudlik bilan majlis o'tkazib, kun tartibiga bir nechta savollarni qo'ygani maqul. Zero, ahvol shu tarzda davom etaversa, klub shaniga dog' tushib qolishi mumkin. 

X.Xoliqov. 


Reyting: -51   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика