So’nggi yangiliklar

11:50"Атлетико" Бундеслигадан футболчи харид қилишга яқин турибди  0 11:20"Бавария" Диасни "Ливерпул"дан катта маблағ эвазига сотиб олишга яқин турибди  0 11:15"Бухоро"нинг тайёргарлиги, янги футболчилар, ёшлар ёхуд Улуғбек Бакаев иккинчи даврада юқорилашга умид қилмоқда   0 10:42"Челси" футболчиси "Ал Насср"га ўтишга яқин  1 10:05Виктор Гёкереш нима учун "Арсенал"ни танлаганини тушунтириб берди  3 09:37Шоҳруз Норхонов иккинчи даврани қайси жамоада бошлаши маълум  6 09:02"Бунёдкор" Качоррининг ўрнига Черногория U-21 терма жамоаси аъзоси билан шартнома имзолайди  5 08:26Файзуллаевнинг "Истанбул Башакшехир"даги маоши маълум  12 07:45ОКМК "Андижон"ни йирик ҳисобда мағлуб этди  13 00:49Шахзод Азмиддинов "Пахтакор" билан хайрлашди  12 00:15Ўзбекистон U-17 терма жамоаси "Чертаново" билан дуранг ўйнади  7 23:57"Реал" Конатени нишонга олди  2 23:28"Пахтакор" бугун Камолиддин Тожиевни бош мураббий этиб тайинлади, аммо унда Про лицензияси йўқ  7 23:14Расман: "Арсенал" Гёкерешни 63,5+10 млн еврога сотиб олди  10 22:58Гёкереш тиббий кўрикдан ўтди ва "Арсенал" билан шартнома имзолади (Фабрицио Романо)  3

Bizga Jahongir Usmonov davridagi futzal kerak! Yangiliklar

Bizga Jahongir Usmonov davridagi futzal kerak!

Teglar :  FutzalAGMK
Iltimos, bu hech qanaqasiga kimgadir "paxta" qo'yish emas! Lekin klublar o'rtasidagi Osiyo chempionatida O'zbekiston klubi hech qachon bunchalik sharmanda bo'lmagandi. Futzal bo'yicha milliy chempionatimiz esa bugungidek ko'zdan panaga tushib qolmagandi.

AGMK qayd etgan natijalarni qarang. Tojikiston klubini mag'lub eta olmadik-a. Yaqin-yaqingacha bizda futzalning o'z "egasi" bor edi. Futzalga o'z farzandidek qarardi. Bir qator o'zgarishlar tufayli futzal associaciyasi yopildi. Balki eski rahbariyatning ishidan yangilar qoniqish hosil qilmagandir. Lekin bugunga kelib, hech kim futzaldan qoniqmayapti.

Futzal xuddi somonga tushgan igna kabi yo'qoldi. Osiyo chempionlar ligasida alamli tovushini eshitdik va o'ngrab yig'layotganini ko'rdik. Eng yomoni, O'FAning (O'zbekiston futzal Associaciyasi) bironta xodimi hozirgi O'FAda futzal bilan band emas. Hozirgi futzalda bilishimizcha faqat Jahongir Rahmatullaev qolgan, lekin uning bugungi kundagi vazifasi PFLda komissarlik qilishdan iborat bo'lib qolgandek. Futzalni rivojlantirish bo'yicha dasturga javobgar masul yo'q. Aslida dastur bormi o'zi degan savol ham yuzaga keladi. Terma jamoa bizda bormi-yo'qmi, buni ham bilmaymiz. 

CHempionatni uy-safar tizimi yo'lga qo'yilgani yaxshi bo'ldi, ammo futzalning "F" harfini tushunmaydigan klublarni zo'rlash oqibatida sifat yo'qoldi. "Ardus", "Do'stlik-A", "Kogon" kabi futzalni ushlab turgan klublar yo'q bo'ldi. Menimcha, "Ardus" nomining o'chgan sanasi futzal binosi darz ketishiga sabab kun bo'ldi. 

O'zbekiston futzalda nimaga erishgan bo'lsa, "Ardus" va uning do'stlari tufayli bo'ldi. Bu xuddi Ispaniya chempionatidan "Real" va "Barselona" olib tashlangandek gap. Aynan "Ardus" yoshlarni saralash va boshqa klublarga uchirma qilish bilan shug'ullanardi. AGMKni ham shu kungacha erishgan yutuqlari "Ardus" bilan chambarchas bog'liq aslida.

Ayni paytda O'FA va PFLda bo'layotgan o'zgarishlardan kelib chiqsak, O'FAning o'zida mutaxassislar tanqisligini ko'ramiz. Bu narsa ayniqsa futzalda yaqqol ko'zga tashlanyapti. Kechagi mag'lubiyat faqat AGMKNing mag'lubiyati emas, bu butun O'zbekiston futzalining bugungi ahvolini ko'rsatib berdi. SHunday ekan, O'FA rahbariyatidan futzalga ham jiddiy etibor qaratishlarini kutib qolamiz. Zero kattalar o'rtasidagi yagona quvonchni JCHga chiqib aynan shular bizga tuhfa etgandi.

X.Xoliqov.

Reyting: +34   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика