Biz bilan o'ynashni xohlagan Yaponiya o'ziga boshqa raqib topdi
11 mar 2021 12:34
Yangiliklar
![](https://championat.asia/upload/storage/624846_original.jpg)
![](/upload/storage/624846_220.jpg)
Biz bilan o'ynashni xohlagan Yaponiya o'ziga boshqa raqib topdi
Mart oyida O'zbekiston terma jamoasi safarda Yaponiya bilan o'ynashi mumkin edi.
JCH-2022 saralash bosqichida Yaponiya terma jamoasi joy olgan guruhda Tojikiston bilan Qirg'iziston bor. SHu bois yaponiyaliklar hududiy jihatdan bu ikki davlatga yaqin jamoa bilan o'rtoqlik uchrashuvi o'tkazishni maqsad qilgandi.
Natijada ular O'zbekistonga taklif bilan chiqishdi va o'yin shu oyda Tokioda bo'lib o'tishi kerak edi. Biroq bizga etib kelgan malumotlarga ko'ra, Vadim Abramov Yaponiyaga borishni rad qilgan. SHu bois katta ehtimol bilan FIFA kunlarida Toshkentda Iroq terma jamoasiga qarshi o'rtoqlik uchrashuvi o'tkazamiz.
Yaponiya esa o'ziga boshqa raqib topdi. Ular 25 mart kuni Janubiy Koreya bilan o'ynaydigan bo'lishdi. Uchrashuv "Yokogama" stadionida bo'lib o'tishi ko'zda tutilgan.
Eshitdik-da! O'zbekiston terma jamoasi mart oyida Yaponiya emas, Iroq bilan o'ynaydi
O’xshash yangiliklar
![AMP Logo](https://championat.asia/image/logo-amp.png)
Fikrlar