So’nggi yangiliklar

12:26ОКМК – "Навбаҳор" беллашуви "Спорт" телеканали орқали намойиш қилинмайди  0 12:09Кучли бешлик чемпионатлари старт олмоқда. Учрашувларни қайси телеканал кўрсатади?  4 11:37"Олтин тўп"га даъвогар футболчи Саудия Арабистонидан тушган йирик таклифни қабул қилмади  3 11:06"Челси" сардори мавсум бошланмасидан жароҳат олди  2 10:40Англиянинг 90 йиллардаги энг яхши футболчилари рўйхати тузилди  1 10:12Саудияликлар Дибалага қанча маош таклиф қилгани маълум  1 09:45Рафаэль Варан "Комо"даги дебют ўйинида жароҳат олди  3 09:17Криштиану Роналду Саудиядаги фаолияти ҳақида гапирди  10 08:49"Adidas" "Реал", "Ювентус", МЮ, "Арсенал" ва "Бавария" афсоналарини жамлаган ҳолда жамоаларнинг учинчи либосларини ретро услубда тақдимот қилди  2 08:21Ўртоқлик учрашуви. "Ал Ваҳда" "Ал Жазира"ни мағлуб этди. Эркиновдан гол+пас  6 07:54"Барселона" клуби яна бир афсонаси билан хайрлашганини эълон қилди  5 07:26Суперлига. Бугун Олмалиқда яна бир супер ўйин бор  5 01:46Команнинг "Барселона"га ўтиши истисно этилмаган, аммо "блауграна"ни вингернинг жароҳатлари ва маоши хавотирга солмоқда  3 01:22"Ливерпуль" ван Дейкка янги шартнома таклиф қилмайди?!  1 00:58Александр Хомяков: "Бугунги ўйинда ҳеч нарса ўхшамади, нима бўлганини тушуна олмаяпман"  12

Biz aldamaymiz, raqamlar ham! Yangiliklar

Biz aldamaymiz, raqamlar ham!

Nihoyat, yurtimizda futbol mavsumi yakunlandi. Uzoq davom etgan oliy liga o'yinlari yakunlangach, tabiiyki OAV turli xil statistik malumotlar bilan tanishtirishni boshlab yuboradi.
Bugun biz ham qiziqarli raqamlardan voqif qilmoqchimiz. Zero, aynan shu faktlarni taqdim qilish uchun yurtimizda futbol mavsumi yakunlanishini kutib turgandik. Boisi, quyida taqdim qiladigan raqamlarimiz orqali ko'p savollarga javob olish mumkin. So'nggi vaqtlarda OAV chempionatimizdagi kelishilgan o'yinlar haqida juda ko'p yozdi. Lekin yozilgan maqolalarning aksarida rasmiylar bizni ayblashdi. SHuning uchun bugun biz raqamlarga to'xtalishni lozim deb topdik. CHunki biz mushtariylarimizni, aniqrog'i, xalqimizni aldamaganimiz kabi, raqamlar ham bizni aldamaydi!

Kelishuvlarning turi ko'p
Odatda jamoalar turli xil usullarda kelishuvga erishishadi. Kelishuvlarning eng qulayi va ommalashgani uchga-uch deyish mumkin. Zero, bunday usuldagi kelishuvdan hech kim xafa bo'lmaydi. Ikkala taraf ham bittadan o'yinda mag'lubiyatga uchraydi, gollar ham kelishuvga asosan o'tkazib yuboriladi. Odatda bunday kelishuvlarni maqsadi yo'q klublar amalga oshirishadi. CHunki tavakkal qilib, yutqazib, homiydan tomonidan ajratiladigan mukofot pullaridan quruq qolgandan ko'ra, raqib bilan kelishib, o'z uyida yutgan, mehmonda yutqazgani maqul. Vaholanki, baribir rahbariyat jamoadan o'z uyidagi bellashuvlardagina g'alaba qozonib, muxlislarni xursand qilishlarini talab qiladi. Yoki kelishilgan holda durang o'ynab qo'ya qolishadi.

Aytgancha, odatda kelishilgan o'yinlar deya gumon ostiga olingan uchrashuvlarning ikkinchisida hisob boshqacharoq ko'rinish oladi. Sababi, jamoalar ikkala o'yinda ham bir xil hisob qayd etilib, hech kimni shubha-yu-gumonlarga solib qo'ymaslik uchun to'plar nisbatidagi farqni o'zgartirmagan holda gollar urishadi. Aynan shu kabi o'yinlarni oliy ligada juda ko'p uchratish mumkin. To'g'ri, quyida keltirilgan faktlar tufayli mazkur o'yinlarni yuz foiz kelishilgan deya olmaymiz. Balki ayrimlari rostakamiga tasodif bo'lish ehtimoli bor. Ayniqsa, durang qayd etilgan bahslar bo'yicha shunday desak bo'ladi. Ammo futbolda durang uchun ham bir ochko beriladi. Agar birinchi davradagi o'yinda mehmon jamoaga durang kerak bo'lsa, albatta javob bahsida “qarzni” qaytarish sharti bilan durangga kelishuv bo'ladi. Biz bugun dunyo futbolida ommalashgan kelishuv usullari bo'yicha bizdagi holatni taqdim qilmoqchimiz.   

Kelishuvlarning yana bir turi haqida gapirish yoddan ko'tarilibdi. Odatda biz yuqorida sanab o'tgan usullarga takidlaganimizdek, maqsadi yo'q klublar amal qilishadi. Medallar uchun kurashayotgan jamoalar hamma bilan ham kelishib o'tirmaydi. SHuning uchun bu kabi o'yinlar avj olgan chempionatlarda 3-4ta bo'lsa-da, haqiqiy futbol bahslari uchrab turadi. Ular asosiy raqiblariga qarshi o'yinlarga qadar o'rtahol yoki autsayderlar bilan bo'ladigan bellashuvni kelishib qo'ya qolishadi. Aniqrog'i, ikkala o'yinda ham yutish sharti bilan nimanidir vada qilishadi. YO moliyaviy mablag' yoki autsayderlarning raqobatchisini mag'lubiyatga uchratib berish sharti. Bunday kelishuvlarda darvozalardan joy oladigan gollar soni unchalik katta ahamiyat kasb etmaydi. Lekin masalaning boshqa tomoni ham borki, etakchilar o'rtahol yoki autsayderlarni o'z kuchi bilan ham mag'lub etib qo'ya qoladi. Bunday usulni o'z kuchiga ishongan jamoalargina qo'llab turishadi.   

Quyidagi statistik raqamlarda biz oliy liga klublarining uch xil yo'nalishda qanday natijalar qayd etganiga to'xtalamiz. Zero, tasodif deganimiz bilan hamma natijalarni tasodif deb bo'lmaydi. Boisi, tasodif bir yoki ikki, ana oling, oshib ketsa uchta o'yinda ro'y beradi.



OLMALIQ
 Ahamiyatlisi, mamlakatimizning har qanday etakchi klubiga jiddiy bosh-og'riq bo'la oladigan Igor SHkvirin boshchiligidagi “Olmaliq” biz tuzib chiqqan kriteriya bo'yicha peshqadamlikni qo'lga kiritdi. SHkvirin shogirdlari 3ta raqibiga qarshi o'tkazilgan olti uchrashuvda bir xil hisobdagi g'alaba va mag'lubiyatga erishgan bo'lsa, to'rt o'yinda to'plar nisbatidagi bir xillik ko'zga ko'rindi. Yana naqd olti bahsda raqiblar bilan turli xil hisobdagi duranglar qayd etildi.

BIR XIL HISOBDAGI G'ALABA VA MAG'LUBIYATLAR
 1.  Metallurg  –  Olmaliq  3:2 (2:0)
 2.  Olmaliq  –  Metallurg  3:2 (1:1)
 3.  Buxoro  –  Olmaliq  2:1 (1:0)
 4.  Olmaliq  –  Buxoro  2:1 (1:0)
 5.  Olmaliq  –  Navbahor  3:1 (1:1)
 6.  Navbahor  –  Olmaliq  3:1 (2:1)

TO'PLAR NISBATI BIR XIL G'ALABA VA MAG'LUBIYATLAR
 1.  Qizilqum  –  Olmaliq  3:2 (0:1)
 2.  Olmaliq  –  Qizilqum  1:0 (1:0)
 3.  Olmaliq  –  Neftchi  1:0 (1:0)
 4.  Neftchi  –  Olmaliq  2:1 (1:0)

DURANGLAR
 1.  Andijon  –  Olmaliq  1:1 (1:1)
 2.  Olmaliq  –  Andijon  0:0
 3.  Olmaliq  –  Mashal  1:1 (1:0)
 4.  Mashal  –  Olmaliq  0:0
 5.  Nasaf  –  Olmaliq  2:2 (2:1)
 6.  Olmaliq  –  Nasaf  1:1 (0:1)

ANDIJON
 Oliy liga bilan xayrlashgan “Andijon” ushbu mavsumda barcha raqiblari bilan ochiqchasiga hisob-kitob qilgan ko'rinadi. Aks holda jamoa bugungi holatga tushib o'tirmagan bo'larmidi? Yana kim biladi deysiz? Xullas, “burgutlar”ning faqatgina “Olmaliq”qa qarshi o'tkazgan ikki o'yinigina bizning kriteriyamizga mos keldi.

BIR XIL HISOBDAGI G'ALABA VA MAG'LUBIYATLAR
 Yo'q

TO'PLAR NISBATI BIR XIL G'ALABA VA MAG'LUBIYATLAR
 Yo'q

DURANGLAR
 1.  Andijon  –  Olmaliq  1:1 (1:1)
 2.  Olmaliq  –  Andijon  0:0

BUNYODKOR
 Rosti, “Bunyodkor” hisobida bizning kriteriyamizga mos keladigan uchrashuvlar topilmasa kerak deb o'ylagandim, ammo chuchvarani xom sanagan ekanman. Malum bo'lishicha, “qaldirg'ochlar” “Neftchi”ga qarshi ikkala o'yinda ham durang qayd etishibdi. Albatta bu bilan “Bunyodkor” kelishuvchilar kompaniyasi azosi bo'lib qolmaydi. CHunki yuqorida takidlaganimizdek, duranglar odatda tasodifiy natija ham bo'lishi mumkin, lekin bo'lmaslik ehtimoli ham bor.

BIR XIL HISOBDAGI G'ALABA VA MAG'LUBIYATLAR
 Yo'q

TO'PLAR NISBATI BIR XIL G'ALABA VA MAG'LUBIYATLAR
 Yo'q

DURANGLAR
 1.  Neftchi  –  Bunyodkor  0:0
 2.  Bunyodkor  –  Neftchi  1:1 (0:0)



DINAMO
 “Dinamo”da ham bitta o'yin bizning kriteriyamizga mos tushdi. So'nggi turlarga qadar oliy ligada qolish uchun harakat qilib, yakunda o'z niyatiga etgan “Buxoro” samarqandliklar bilan har ikkala uchrashuvda ham durang o'ynagan. Farqi shundaki, bitta o'yin golli, bitta uchrashuvda golsiz durang qayd etilgan.

BIR XIL HISOBDAGI G'ALABA VA MAG'LUBIYATLAR
 Yo'q

TO'PLAR NISBATI BIR XIL G'ALABA VA MAG'LUBIYATLAR
 Yo'q

DURANGLAR
 1.  Dinamo  –  Buxoro  0:0
 2.  Buxoro  –  Dinamo  1:1 (1:1)



BUXORO
 Bir amallab oliy ligadagi o'rnini saqlab qolgan “Buxoro” bu yo'lda katta mehnat qilishga majbur bo'ldi. Yuqorida takidlaganimizdek, “Dinamo” bilan duranglar qayd etildi. “Metallurg” bilan to'plar nisbati bir xil bo'lgan g'alaba va mag'lubiyatga erishildi. “Olmaliq”, “Neftchi”ga qarshi bellashuvlarda esa, kishini shubhaga soluvchi natijalarga erishishdi.  

BIR XIL HISOBDAGI G'ALABA VA MAG'LUBIYATLAR
 1.  Buxoro  –  Olmaliq  2:1 (1:0)
 2.  Olmaliq  –  Buxoro  2:1 (1:0)
 3.  Neftchi  –  Buxoro  1:0 (0:0)
 4.  Buxoro  –  Neftchi  1:0 (1:0)

TO'PLAR NISBATI BIR XIL G'ALABA VA MAG'LUBIYATLAR
 1.  Metallurg  –  Buxoro  4:3 (2:0)
 2.  Buxoro  –  Metallurg  2:1 (0:0)

DURANGLAR
 1.  Dinamo  –  Buxoro  0:0
 2.  Buxoro  –  Dinamo  1:1 (1:1)

QIZILQUM
 Mamlakatimizning o'rtahol klublari qatoriga kiruvchi “Qizilqum” ham biz tuzib chiqqan ro'yxatdan joy oldi. “Oltin izlovchilar”ning hisobida 8ta uchrashuv bor. “So'g'diyona”ga qarshi bahslarda bir xil hisoblar qayd etilgan bo'lsa, “Olmaliq” va “Navbahor” bilan bo'lgan bellashuvlarda mezbonlar to'plar nisbatidagi farq bir xil bo'lgan hisoblarda g'alaba qozonishdi. “Metallurg” “Qizilqum” bilan durang o'ynab qo'ya qoldi.

BIR XIL HISOBDAGI G'ALABA VA MAG'LUBIYATLAR
 1.  So'g'diyona  –  Qizilqum  1:0 (0:0)
 2.  Qizilqum  –  So'g'diyona  1:0 (1:0)

TO'PLAR NISBATI BIR XIL G'ALABA VA MAG'LUBIYATLAR
 1.  Qizilqum  –  Olmaliq  3:2 (0:1)
 2.  Olmaliq  –  Qizilqum  1:0 (1:0)
 3.  Navbahor  –  Qizilqum  2:0 (0:0)
 4.  Qizilqum  –  Navbahor  3:1 (1:0)

DURANGLAR
 1.  Qizilqum  –  Metallurg  0:0
 2.  Metallurg  –  Qizilqum  1:1 (0:0)



MASH'AL
 Aleksandr Xomyakov murabbiyligidagi “Mashal”da bizning kriteriyamizga to'g'ri keladigan to'rtta bellashuv bor. Ahamiyatlisi, yana poytaxt viloyati klublari raqib. “Metallurg” bilan bo'lgan uchrashuvlarda mezbonlar g'alaba qozongan bo'lsa, “Olmaliq” bilan durang o'ynalgan.

BIR XIL HISOBDAGI G'ALABA VA MAG'LUBIYATLAR
 Yo'q

TO'PLAR NISBATI BIR XIL G'ALABA VA MAG'LUBIYATLAR
 1.  Metallurg  –  Mashal  4:2 (2:2)
 2.  Mashal  –  Metallurg  3:1 (1:0)

DURANGLAR
 1.  Olmaliq  –  Mashal  1:1 (1:0)
 2.  Mashal  –  Olmaliq  0:0

METALLURG
 Endi eng ko'p shubha-yu – gumonlar ostida qoladigan “Metallurg”ning statistikasi haqida. Poytaxt viloyatining ikki klubi ham o'z uyidagi bellashuvlarda muxlislarini xafa qilishmagan. “Neftchi”ga qarshi bahslarda ham maydon egalari ishqibozlari jamoalarining g'alabasidan mamnun bo'lishgan. Bundan tashqari, “Mashal”, “Buxoro” hamda “Navbahor” bilan bo'lgan o'yinlarda ham mezbon jamoa uch ochko sohibiga aylangan. “Metallurg” faqatgina “Qizilqum” bilan murosa ko'chasini tanlagan. Etiborlisi, “metalsozlar” bizning jadvalda 12ta uchrashuv bilan “Olmaliq”dan keyin joy olishmoqda. Bundan ko'rinib turibdiki, poytaxt viloyati jamoalari anchagina o'zgarishibdi.

BIR XIL HISOBDAGI G'ALABA VA MAG'LUBIYATLAR
 1.  Metallurg  –  Olmaliq  3:2 (2:0)
 2.  Olmaliq  –  Metallurg  3:2 (1:1)
 3.  Neftchi  –  Metallurg  2:1 (1:1)
 4.  Metallurg  –  Neftchi  2:1 (1:1)

TO'PLAR NISBATI BIR XIL G'ALABA VA MAG'LUBIYATLAR
 1.  Metallurg  –  Buxoro  4:3 (2:0)
 2.  Buxoro  –  Metallurg  2:1 (0:0)
 3.  Metallurg  –  Mashal  4:2 (2:2)
 4.  Mashal  –  Metallurg  3:1 (1:0)
 5.  Navbahor  –  Metallurg  4:2 (2:1)
 6.  Metallurg  –  Navbahor  2:0 (1:0)

DURANGLAR
 1.  Qizilqum  –  Metallurg  0:0
 2.  Metallurg  –  Qizilqum  1:1 (0:0)



NAVBAHOR
 Baxtiyor Ashurmatov murabbiyligidagi “Navbahor” bir jamoa bilan ikki marta durang o'ynamagan, lekin “Nasaf”, “Olmaliq”qa qarshi o'yinlarda hisobi o'zgarmagan natijalar qayd etilgan. “Qizilqum” va “Metallurg” bilan esa, to'plar nisbatidagi farq o'zgarmagan.

BIR XIL HISOBDAGI G'ALABA VA MAG'LUBIYATLAR
 1.  Olmaliq  –  Navbahor  3:1 (1:1)
 2.  Navbahor  –  Olmaliq  3:1 (2:1)
 3.  Nasaf  –  Navbahor  1:0 (0:0)
 4.  Navbahor  –  Nasaf  1:0 (1:0)

TO'PLAR NISBATI BIR XIL G'ALABA VA MAG'LUBIYATLAR
 1.  Navbahor  –  Qizilqum  2:0 (0:0)
 2.  Qizilqum  –  Navbahor  3:1 (1:0)
 3.  Navbahor  –  Metallurg  4:2 (2:1)
 4.  Metallurg  –  Navbahor  2:0 (1:0)

DURANGLAR
 Yo'q

NASAF
 Ochig'i, bu ro'yxatga “Nasaf” tushgani ajablanarli bo'ldi. So'nggi yillarda mamlakatimizning eng barqaror klubiga aylangan Ro'ziqul Berdiev shogirdlari “Navbahor”ga qarshi bahslarga bir xil hisoblardagi natijalarni qayd etishgan bo'lsa, “Olmaliq” bila murosa ko'chasini tanlashdi.

BIR XIL HISOBDAGI G'ALABA VA MAG'LUBIYATLAR
 1.  Nasaf  –  Navbahor  1:0 (0:0)
 2.  Navbahor  –  Nasaf  1:0 (1:0)

TO'PLAR NISBATI BIR XIL G'ALABA VA MAG'LUBIYATLAR
 Yo'q

DURANGLAR
 1.  Nasaf  –  Olmaliq  2:2 (2:1)
 2.  Olmaliq  –  Nasaf  1:1 (0:1)



NEFTCHI
 “Neftchi” “Bunyodkor” bilan “Jar” stadionida durang o'ynagani ko'pchilikni ajablantirgandi. O'shanda Murod Ismoilovning yosh bolalarcha xursandchiligini ko'rgandik. Garchi “qaldirg'ochlar”dan Toshkentda ochko olingan bo'lsa-da, Farg'onada ochko taqdim qilindi. “Olmaliq” bilan ko'rinishi bir-biridan farq qiladigan, lekin to'plar nisbati farqi bir xil bo'lgan kichik hisoblar qayd etildi. “Metallurg” va “Buxoro” bilan esa, yil boshida uncha-buncha mutaxassis taxmin qilmaydigan bir xil natijalarga erishildi.  

BIR XIL HISOBDAGI G'ALABA VA MAG'LUBIYATLAR
 1.  Neftchi  –  Buxoro  1:0 (0:0)
 2.  Buxoro  –  Neftchi  1:0 (1:0)
 3.  Neftchi  –  Metallurg  2:1 (1:1)
 4.  Metallurg  –  Neftchi  2:1 (1:1)

TO'PLAR NISBATI BIR XIL G'ALABA VA MAG'LUBIYATLAR
 1.  Olmaliq  –  Neftchi  1:0 (1:0)
 2.  Neftchi  –  Olmaliq  2:1 (1:0)

DURANGLAR
 1.  Neftchi  –  Bunyodkor  0:0
 2.  Bunyodkor  –  Neftchi  1:1 (0:0)

SO'G'DIYONA
 Oliy liga bilan xayrlashgan “So'g'diyona” faqat bitta o'yini bilan bizning ro'yxatdan joy oldi. Davron Fayziev jamoasi “Qizilqum” bilan bo'lgan har ikkala bellashuvda ham 1:0; 0:1 hisoblarini qayd etishdi.

BIR XIL HISOBDAGI G'ALABA VA MAG'LUBIYATLAR
 1.  So'g'diyona  –  Qizilqum  1:0 (0:0)
 2.  Qizilqum  –  So'g'diyona  1:0 (1:0)

TO'PLAR NISBATI BIR XIL G'ALABA VA MAG'LUBIYATLAR
 Yo'q

DURANGLAR
 Yo'q

LOKOMOTIV va PAXTAKOR
 O'zaro o'yinga qadar chempionlik uchun kurashgan mazkur ikki jamoaning yil davomida qayd etgan natijalari bizning kriteriyalarimizga to'g'ri kelgani yo'q. Maqolamiz avvalida takidlaganimizdek, odatda o'rtahol va maqsadsiz klublar kelishuvlarni amalga oshiradi. Poytaxtning mazkur ikki jamoasi so'nggi pallaga qadar chempionlik uchun kurashdi, yakunda omad “sherlar”ga kulib boqqanidan xabaringiz bor.

BIR XIL HISOBDAGI G'ALABA VA MAG'LUBIYATLAR
 Yo'q

TO'PLAR NISBATI BIR XIL G'ALABA VA MAG'LUBIYATLAR
 Yo'q

DURANGLAR
 Yo'q


Furqatbek NISHONOV
Reyting:    

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика