So’nggi yangiliklar

19:04Одилжон Ҳамробеков: "Ушбу учрашувлар қанчалик катта аҳамиятга эга эканлигини барча тушуниб турибди"  0 18:31"Лестер" судда ютиб чиқди ва очколарини сақлаб қолди  0 18:03Моуринью "Челси" юлдузини "Фенербахче"да кўрмоқчи  0 17:39ЖЧ-2014 қаҳрамони Португалия чемпионатига ўтди  0 17:10"Винисиуснинг ёнида Мбаппенинг техник имкониятлари чеклангани сезилиб қолмоқда"  4 16:39Айвен Тоуни "Ал Аҳли"да "Брентфорд"дагидан 10 баробар кўпроқ маош олади  2 16:11Ўзбекистон U-20 терма жамоаси Хитойдаги халқаро турнирда Малайзияни мағлуб этди  6 15:54Тожикистон "Мердека кубоги"да Ливанга ютқазиб қўйди  13 15:12"Челси" собиқ футболчиси Санчо ҳақида: "Пул учун бўлмаса, нима учун?"  3 14:18Винисиус: "Вазият ўзгармаса, ЖЧ-2030ни Испаниядан олиб қўйиш керак"  20 13:45Сречко Катанец: "Бу ерда ким хўжайин эканлигини эртага кўрсатишимиз керак" (тўлиқ)  23 13:17Элит ОЧЛ. "Пахтакор" – "Ал Васл" учрашувини япониялик ҳакамлар бошқаради  8 12:30КХДР бош мураббийи: "Нейтрал майдонда ўйнаш қўшимча устунлик бермайди"  17 12:16Сречко Катанец: "КХДР билан фарқимиз биз ҳеч қандай ўртоқлик учрашувларисиз тайёрландик"  17 11:39"Реал" кейинги ёзда "Манчестер Сити" етакчисини сотиб олиш учун барча имкониятни ишга солади  8

Bitta tarkib ikkita o'yin, ikkita tarkib ikkita o'yin: kim yutadi? Yangiliklar

Bitta tarkib ikkita o'yin, ikkita tarkib ikkita o'yin: kim yutadi?

Teglar :  O'zbekiston MTJIroq
SHu kunlarda Iroq terma jamoasi yurtimizda mehmon bo'lib turibdi. Bu jamoa 17 iyul kuni Toshkentga etib keldi va hozircha "Jar" stadionida mashg'ulot o'tkazmoqda.

SHuni aytish lozim, Iroq ham xuddi biz kabi JCH-2018 saralash bosqichining hal qiluvchi raundiga tayyorgarlik ko'rmoqda va ular 1 sentyabr kuni safarda Avstraliya mehmoni bo'lishadi. Terma jamoa bosh murabbiyi Toshkent yig'iniga 20 nafar futbolchi bilan kelishni maqul topdi. Ular bir haftalik yig'in davomida ikkita o'rtoqlik uchrashuvida maydonga tushib qaytishadi.

Iroq termasi dastlabki bellashuvni 21 iyul kuni, ikkinchi nazorat bahsini esa 24 iyulda o'tkazadi. O'FF rasmiy saytidagi xabarga ko'ra, ilk o'rtoqlik uchrashuvi O'zbekiston U-23 terma jamoasiga qarshi kechadi va "Jar" stadionida bo'lib o'tadigan o'yin 18:00da boshlanadi. Ikkinchi o'yin esa O'zbekiston milliy terma jamoasiga qarshi o'tkaziladi va mazkur bahs 19:00da "Bunyodkor" stadionida start oladi.

Ana endi biroz mulohaza yuritib ko'ramiz.  Bizda O'zbekiston U-23 olimpiya terma jamoasi hali tuzilgani yo'q. SHu bois 21 iyul kuni maydonga tushadigan jamoani U-23 deya olmaymiz. Negaki tarkibda 23 yoshdan kattalar ham bor, masalan, "SHo'rtan"dan chaqirilgan Zafar Polvonov alllaqachon 31ni urib qo'ygan. SHuningdek, Eldor Suyunov, Sardor Mirzaev kabi futbolchilarning ham yoshi 23dan katta.



Malumot uchun, kelajakda bo'lajak olimpiya terma jamoamiz 2018 yilgi Osiyo chempionatida ishtirok etadi. Lekin ungacha hali vaqt bor va o'sha paytga kelib terma jamoa asosini 1995 yilda tug'ilgan futbolchilar tashkil etadi. Xabaringiz bor, shu kunlarda milliy terma jamoa Avstriyada yig'in o'tkazmoqda va ular 22 iyul kuni Toshkentga qaytib kelishadi. Avstriyaga olib ketilgan tarkibdan uch nafar futbolchi allaqachon qaytib kelgan bo'lishi kerak, bular - Eldor Suyunov, Jamshid Boltaboev va Doston Hamdamov, negaki ular 21 iyuldagi o'yinga chaqirilgan.

Milliy terma jamoamiz safida ikki nafar darvozabon Avstriyaga yo'l olgandi: Ignatiy Nesterov bilan Eldor Suyunov. Agar Suyunov qaytib kelgan bo'lsa, unda darvozabonlar murabbiyi faqat Nesterov bilan ishlayotgan bo'lib chiqadi. Terma jamoa 22 iyulda qaytib kelganidan so'ng shu kuni yigitlarga dam berilishi aniq. Odatda ikki haftalik yig'in o'tkazib qaytgan jamoa ertasi kuni ham dam oladi. Ammo biz bunday qila olmaymiz. CHunki 23 iyul kuni o'yinoldi mashg'ulotni o'tkazishimiz lozim bo'ladi, 24-da esa o'yin bor.

Milliy terma jamoa Avstriya yig'inidan qaytib kelgach, Iroq bilan o'ynaydi. Ungacha Ravshan Haydarov jamoasi bu raqib bilan bellashib ko'rgan bo'ladi. Lekin shu o'rinda yana mulohaza yuritadigan bo'lsak, mana shu ikkita o'yindan biz emas, Iroq yutadigan bo'lib chiqmayaptimi? Nima uchun? Bu savollarga quyida javob izlab ko'ramiz.

Iroq terma jamoasining rejasi qanday? Jamoa faqat o'z milliy chempionatida o'ynaydigan futbolchilar bilan Toshkentga tashrif buyurgan. Ularning tarkibida 20 nafar futbolchi bor. Iroq bir haftalik yig'in davomida ikkita o'rtoqlik uchrashuvida maydonga tushadi va tarkibida 20ta futbolchi borligiga qaraganda katta ehtimol bilan ikkita o'yinda ham deyarli bir xil tarkibni sinab ko'radi va shu orqali ularning murabbiyi asosiy tarkibni shakllantirib oladi.

Bizda esa vaziyat sal boshqacha. Biz ham Iroqqa qarshi ikkita o'yinda bahs olib boramiz, faqat bizda futbolchi ko'p. Milliy terma jamoaga 22 futbolchi chaqirilgan, Ravshan Haydarov ham bitta o'yinga 22 futbolchini taklif etgan. Biz Iroqqa qarshi dastlab boshqa tarkib, keyin boshqa tarkib bilan o'ynaymiz. Hali sentyabrda boshlanadigan rasmiy o'yinlarda esa umuman boshqa tarkibni ko'ramiz. Xullas, futbolchi ko'p, lekin tarkib tayyormas.



Iroq termasi uchun farqi yo'q, ular ikkita o'yin o'tkazish uchun kelishgan, bironta terma jamoa bo'ladimi yo klubmi, o'ynab ketaveradi. Lekin biz-chi? Avvalo U-23 termasiga hali ancha qovun pishig'i bor va hozircha ularni milliy jamoaga umuman yaqin yo'latmagan maqul. Bu futbolchilarning bir aylanib terma jamoa azo bo'lib qolishlariga qarshiman. Buning uchun eh-he qanchadan qancha mehnat kerak. SHu bois 21 iyul kungi o'yin Ravshan Haydarov va uning jamoasiga nimadir berishiga ishonmayman.

Xo'sh, unda 24 iyul kungi bahs nima beradi? SHundog'am ikki haftalik yig'indan zerikib qaytgan futbolchilar yana bir kunga yig'ilib maydonga tushishadi. Jamoa 22 iyulda qaytadi, ertasi kuni yana yig'iladi va indiniga o'yin o'tkazadi. Agar Avstriyada yig'in tashkil etmasdan, futbolchilarni shu erning o'zida yig'ib, murabbiy ularni Iroqqa qarshi tayyorlaganida boshqa gap edi. Lekin charchab kelgan jamoani yana bir joyga to'plab futbol o'ynatish nimadir naf beradimi? SHu o'yinda futbolchi hozir maydonga tushib maza qilib to'p tepaman dermikin?   

Mana shulardan kelib chiqqan holda 21 va 24 iyul kunlari o'tkaziladigan o'yinlardan ko'proq Iroq terma jamoasi yutib ketadigan ko'rinyapti. Yoki bizning murabbiylarning ham o'ylab qo'ygan biron rejasi bormikin?

X.Xoliqov.

Reyting: +20   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика